Proceedings of Global Technovation
2
nd
International Multidisciplinary Scientific Conference
Hosted from London, U.K.
https://conferencepublication.com
December 28
th
, 2020
165
“TASVIRIY SAN’AT JANRLARI”
Paxriddinova Dilshoda Farhod qizi.
Chirchiq davlat pedagogika insitituti 2-bosqich talabasi
Ahmatqulova Nigora Adham qizi.
Chirchiq davlat pedagogika insitituti 2-bosqich talabasi
Tel: 94 4166846
PaxriddinovaDilshoda@gmail.com
Annotatsiya:
Siz ushbu maqolada tasviriy san’at, uning jozibadorligi va uning janrlari,kelib
chiqishi,qo’llanilishi,turlari
Tasviriy san’at
asarlari mavzusi,mazmuni,ishlanish uslubi kabi ma’lumotlarga
ega bo’lishingiz mumkin.
Kalit so’zlar:
Janrlar,grafika,obraz,
avtoportret, natyurmort, botal janr , animalistic.
Tasviriy san’at asarlari mavzusi,mazmuni,ishlanish uslubiga ko’ra turli janrlarga
bo’linadi.
Tasviriy sanʼat - rangtasvir,
haykaltaroshlik, grafikani birlashtirgan nafis sanʼat turi; voqelikni uning
osongina ilgʻab olinadigan fazoviy shakllarda koʻrgazmali obrazlarda aks ettiradi. Tasviriy sanʼat turlari oʻz
xususiyatlariga qarab real borliqni obʼyektiv mavjud sifatlari — hajm, rang , fazo, shuningdek, predmetning
moddiy shakli va nurhavo muhiti, harakat va oʻzgarishlari xissini yaratadi, bunda tasvirning hissiy
konkretliligidan illyuzionizmga. oʻtish mumkin. Tasviriy sanʼat faqat koʻrish mumkin boʻlgan
narsalarnigina
tasvirlab qolmay, balki asarlarida hodisalarning vaqtinchalik rivoji, uning u yoki bu qismi (fabula), erkin
hikoyanavislik, dinamik harakatlarni ham aks ettirib, dunyoni gʻoyaviy oʻzlashtirish imkoniyatlarini
kengaytiradi.
Tasviriy san'at
deyilganda, grafika, rangtasvir, haykaltaroshlik san'ati tushuniladi.
Grafika. Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san'atidir. Tasviriy san'atning bu
turiga oddiy qora qalamda chizilgan surat, mavzulik kompozitsiyalar, kitobning ichki va tashqi tomoniga
ishlangan
turli rasm, illustratsiya, plakat, karikatura, sharj, etiketka, marka, ekslibris va boshqalar kiradi.
Grafika san'ati asarlari hajm jihatdan uncha katta bo'lmay, ko'p hollarda qog'ozga ishlanadi. Grafikaning
xarakterli tomonlaridan biri, uning seriyali qilib ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir.
Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri bilan bog'liq bo'lib, ma'lum bir mazmunni ochib beradi.
Grafika
san'ati hozirjavob san'atdir.
Rangtasvir. Tasviriy san'atning ikkinchi bir turi rangtasvir san'nlidir. Devorlarga ishlangan turli rasmlar,
polotnolarga chizilgan surat, kino va teatr dekoratsiyalari shu san'at turiga kiradi. Rangiasvirda rang muhim
o'rinni egallaydi. Agar grafika san'atida rang shunchaki yordamchi vazifani o'tasa, rangtasvirni esa rangsiz
tasavvur qilib bo'lmaydi. Rassom rang orqali borliqni ko'rinarli obrazlarda tasvirlaydi, makonning
cheksizligini, undagi
narsalarning rang-barangligini, moddiyligini, hajmini ko'rsatadi. Rangtasvir asarlari
yana o'zining vazifasi va ishlanish uslubiga ko'ra monumental, dastgoh va dekorativ turlarga bo'linadi.
Monumental rangtasvir me'morlik bilan chambarchas bog'liq bo'lib, bu turdagi asarlar mustaqil mazmuniga
ega hamda ularda jamiyat hayotidan olingan muhim voqealar aks ettiriladi. Dekorativ rangtasvir
me'morchilik va amaliy san'at bilan bog'liq bo'lib, asosan bezash vazifasini o'taydi.
O'zbekistonda rassomchilikning bu turi asosan XIX asrning ikkinchi
yarmidan boshlab paydo
bo'lgan. Hozirgi kunda u o'zbek tasviriy san'atida yetakchi o'rinlardan birini egallaydi.