Proceedings of Global Technovation 3 rd



Yüklə 425,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix17.06.2023
ölçüsü425,19 Kb.
#131804
  1   2   3
555-Article Text-2057-1-10-20210122



Proceedings of Global Technovation 
3
rd
 International Multidisciplinary Scientific Conference 
Hosted from Granada, Spain 
https://conferencepublication.com 
 
January 30
th
, 2021 
54 
CHOʻLPON NASRIDA METAFORA 
 
Xusanova Mohlarxon Odil qizi 
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO`TAU talabasi 
Ilmiy rahbar- H.Ahmedov f.f.n, dotsent 
Anatatsiya:
Ushbu maqolada o`zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulhamid Sulaymon o`g`li 
Cho`lponning nasriy asarlarida, xususan ―Kecha va kunduz‖ romanida foydalanilgan ―metafora‖, uning asar 
mohiyati, qahramonlar harakteri va psixologiyasidagi va asarning badiiy jozibasidagi o`rni haqida fikr 
yuritiladi.
Kalit so`zlar:
Cho`lpon, ―Kecha va kunduz‖ romani, metafora, Razzoq so`fi o`xshatish, Zebi, Dovud payg`ambar, 
Akbarali
Badiiy adabiyotda tasvirlanayotgan predmet yoki hodisani anniq tasavvur qilish uchun uni boshqa 
tanish bo`lgan predmet, hodisaga solishtirish tasvirlanayotgan predmet yoki hodisani yanada 
yorqinlashtiradi, obrazni yaqqolroq tasavvur qildiradi.
O`xshatishlar asar g`oyasidan kelib chiqqan holda turli tuman bo`ladi. Asl san‘atkorlar kamdan-kam 
hollarda an‘anaviy o`xshatishlarga murojaat qilishadi. Ular, asosan, o`xshatishlari orginal (oʻziga xos) 
bo`lishiga intilishadi. Muallif nutqidagi bu o`xshatishlar qancha orginal bo`lsa, asar ta‘sirchanligi, personaj 
harakterini ochib berish shuncha oson bo`ladi.
Muallif asar hikoyachisi bo`lganligi sabab, u asarda ―qomondonlik‖ vazifasini bajaradi: har bir 
predmet o`rni, o`y kechinmalari, fikr mulohazalari, harakatlantiruvchi muhitning shart- sharoiti, muomila 
munosabatini ko`rsatish orqali hammasini bir maqsadga- asarda ifodalaniyotgan g`oyani ro`yobga chiqarish 
uchun harakatga keltiradi. Bu harakatning zarur ikir chikirlarigacha tasvirlaydi. Ayni paytda
tasvirlanayotgan hamma narsa (obraz, muhit, tafsilot, detal)ga bilvosita munosabatini bildiradi. [1. Hotam 
Umurov, Adabiyotshunoslik nazariyasi, 61-bet]
Adib Abdulhamid Cho`lpon ijodida ham o`ziga hos, takrorlanmas, orginal o`xshatishlarni ko`plab 
uchratamiz. Birgina ―Kecha va kunduz‖ romanini olaylik. Asardagi tekinxo`r kimsa va munofiq dindor 
sifatida gavdalangan Razzoq so`fi obrazini eshitganda personajlar ruhiyatidagi o`zgarishga e‘tibor 
qarataylik:
- Hamma jim qoldi. Har kim o`z oldida bir narsa topib shunga ko`z tikkan va u narsada Zebi- o`z 
otasini, Qurvonbibi- o`z erini, Salti- qovog`idan doim qor yog`ib turgan sovuq so`fini ko`rardi. [2. 
Choʻlpon. ―Kecha va kunduz‖, 8-bet] 
Qovog`idan qor yoqqan, sovuq metaforalari orqali Razzoq so`fining harakteri, doim qovog`ini uyib 
yurishi va odamlar uni o`ylaganda faqat negative fikrga borishini tushunish mumkin.
Cho`lpon asarlarida qahramonlarini ―sirtdan‖ emas ―ichdan‖ tanishtirish yo`lini tanlaydi. Bu usulni, 
albatta, ko`pgina asarlarda uchratish mumkin. Biroq, ―Kecha‖ da buning alohida g`oyaviy-badiiy funksiyasi 
mavjud. Gap shundaki, qahramonlar fe‘lidagi salbiy xususiyatlar ularning ijtimoiy ahvoli bilan ham bog`liq 
bo`lib, ularga zamona talabicha g`oyaviy- hissiy baho beriladi. Boz ustiga, adibning salbiy fikri qahramonga 
ham ―yuqtiriladi‖.[3. Dilmurod Quronov. Choʻlpon nasri poetikasi. 154-bet]. 
Razzoq so`fi obrazini yanada chuqur ochib berish uchun quyidagi o`xshatishdan ham foydalanadi:
“Ikki qo`li orqasida, dam ichkariga kirib, dam tashqariga chiqib, dam hovliga o`tib, lablarini ari 

Yüklə 425,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin