Mavzu: Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari
Reja:
1.Kasbiy nutq tushunchasi.
2. Nutqning ilmiyligi, to‘gʻriligi, aniqligi, mantiqiyligi va sofligi.
3.Zamonaviy nutqda uchraydigan xatolar.
O‘zbek millatining ko‘pming yillik tarixida keyingi o‘n
yillikda erishgan
yutuqlarimiz alohida o‘rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy
ma’naviy
-
ma’rifiy merosimizni nafaqat o‘rganish, balki uni davr talablari asosida
qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga
qo‘ydi. Boy tajribalarimiz negizida milliy istiqlol
mafkurasining yangicha
tamoyillari yaratildi. Davr barcha ziyolilar qatori tilshunoslar oldiga ham yangi va
ulkan vazifalarni qo‘ydi. Bu vazifalarni lo‘nda qilib, bir
tomondan, tilshunoslikning
nazariy masalalarini jahon andozalari darajasida tadqiq etish, ikkinchi tomondan,
uning amaliy jihatlari, aniqrog‘i, nutqiy madaniyat masalalari bilan shug‘ullanish
tarzida tushunish to‘g‘ri bo‘ladi.
Darhaqiqat, tilining barcha qatlamlaridagi birliklarni tartibga keltirish, ya’ni
adabiy tilimizning qat’iy me’yorlarini belgilash, ularni
imlo va talaffuz qoidalari
asosida yozish va so‘zlashni xalqimiz orasida ommalashtirish,
bu qoidalarni
lug‘atlar shaklida mustahkamlash bugunning dolzarb vazifalaridan hisoblanadi.
Bular orasida xalqimizning nutq madaniyatini yuksaltirish muhim bo‘lib qoladi.
Chunki milliy istiqlol g‘oyasi yurtdoshlarimizni ma’naviy yangilanish va islohotlar
jarayonining faol ishtirokchisiga aylantirish, yoshlarimizni
esa erkin, shu bilan
birga
,
odatdagi, an’anaviy usullardan
voz kechib, yangicha fikrlashga o‘rgatishni
maqsad qilib qo‘yar ekan, bunga til madaniyatisiz erishib bo‘lmaydi.
To‘g‘ri, nutq madaniyati muammosi insoniyat sivilizatsiyasining barcha
bosqichlarida o‘rtaga qo‘yib kelinganligi ham sir emas. U ta’limot sifatida qadimgi
Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, shunga
qadar Misr va Assuriyada,
Hindiston va Xitoyda mavjud bo‘lganligi notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Gap
shundaki, u paytlarda davlat arboblarining obro‘-e’tibori va yuqori lavozimlarga
ko‘tarilishi ularning notiqlik mahoratiga ham bog‘liq bo‘lgan. Yunon notig‘i