Mavzu: Mutaxassis nutqining kommunikativ xususiyatlari Reja



Yüklə 289,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.10.2023
ölçüsü289,51 Kb.
#153964
1   2   3   4
 
Demosfen 
(eramizdan oldingi 384-322) va Rim notig‘i 
Sitseron
(eramizgacha 106-
43) larning hayoti bunga misol bo‘la oladi. 
O‘rta Osiyo madaniyati tarixida ham nutq madaniyati bilan shug‘ullanish 
o‘ziga xos mavqega ega bo‘lgan. Ulug‘ turkolog olimlar Mahmud Koshg‘ariyning 
«Devonu lug‘otit turk», Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» asarlari bu 
masalaning juda qadimdan o‘rtaga qo‘yib kelinganligidan dalolat beradi. U 
paytlar «nutq odobi» deb yuritilgan sodda va o‘rinli gapirish, qisqa va mazmundor 
so‘zlash, ezmalik va laqmalikni qoralash, keksalar va ustozlar oldida gapirganda 
odob saqlash, to‘g‘ri, rost va dadil gapirish, yolg‘onchilik va tilyog‘lamalikni 


qoralash singari bir qator qoida va ko‘rsatmalar bugun biz «nutq madaniyati» deb 
atab kelayotgan tushunchaning aynan o‘zidir

Mahmud Koshg‘ariyning «Devon»ida nutq odobi uchun ahamiyatli bo‘lgan 
til ma’lumotlari bilan birgalikda nutq, nutq madaniyati, nutqiy go‘zallikka oid 
qimmatli ma’lumotlar mavjud. Birgina misol: Ko‘p sukutga qush qo‘nar, Ko‘rkluk 
kishiga so‘z kelar, ya’ni, shoxi ko‘p, shoxlari o‘ralib ketgan daraxtga qush qo‘nadi, 
yaxshi kishiga so‘z (maqtov) keladi. Yana: Ardam boshi til, ya’ni odob va 
fazilatning boshi tildir. 
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» dostonida ham «Til fazilatlari, foyda 
va zararlari haqida», «Til ardami» deb nomlangan maxsus boblar bo‘lib, ular 
so‘zlash madaniyatiga bag‘ishlangan. Ayrim namunalar keltiramiz. 
So‘zingni ko‘dazgil boshing bormasin, 
Tilingni ko‘dazgil tishing sinmasin... 
(So‘zingga ehtiyot bo‘l, boshing ketmasin, 
Tilingga ehtiyot bo‘l, tishing sinmasin...) 
Esanlik tilasa saning bu o‘zung, 
Tilingda chiqarma yarog‘siz so‘zung. 
(Sening o‘zing esonlik tilasang, 
Tilingdagi yarog‘siz so‘zingni chiqarma). 
Bilib so‘zla so‘z biligka sonur
,
Biligsiz so‘z o‘z boshini yeyur. 
(Bilib so‘zlasa, so‘z donolik sanaladi, 
Nodonning so‘zi o‘z boshini yeydi). 
Bu o‘rinda biz ulug‘ shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning nomini alohida 
ehtirom bilan tilga olamiz. O‘z ijodi bilan so‘z qudrati va notiqlik san’atini yuksak 
darajaga ko‘targan alloma nutq madaniyati nazariyasi bilan ham jiddiy 
shug‘ullangan. U «Mahbub-ul qulub» asarining 24-bobini voizlikka (notiqlik 
san’atiga) bag‘ishlagan, «Muhokamat-ul lug‘atayn» va «Majolis-un nafois» asarlari 
esa bevosita tilshunoslikning nazariy muammolarini hal qilishga, turkiy (o‘zbek) 
tilining boshqa tillar orasidagi o‘rnini belgilab berishga hamda nutq madaniyatini 
o‘rganishga qaratilgan edi. 
«Xamsa» ning har bir dostonida so‘zga bo‘lgan ehtiromini alohida qayd 
qiladi. Quyida dostonlarning nasriy bayonidan ayrim parchalarni keltiramiz. 
«Hayratul abror»dan: So‘z gavharining sharafi shunchalik yuksakki, gavhardek 
qimmat
-
baho narsa horn unga sadaf bo‘la olmaydi. 
So‘z jon bo‘lib, ruh uning qolipidir. Tanida ruhi bor odam unga ehtiyoj sezadi. 
So‘z dunyodagi barcha ko‘ngillarning qutisidagi javhar, hammaning og‘iz qutisidagi 
qimmatbaho gavhardir. Agar til bamisoli bir po‘lat zanjir bo‘lsa, so‘z unga qadalgan 
injulardir. Til shu chamanning ochilgan bo‘lsa, so‘z durlari unga qo‘ngan 


shabnamlardir. So‘z odamning tanasiga роk ruh bag‘ishlaydi. So‘zdan tandagi tirik 
ruh halok bo‘lishi mumkin. 
Yaxshi so‘z bilan o‘lganni tiriltirib olgani uchun Iso payg‘ambar o‘zini 
«Jonbaxsh» deb atagan. So‘z tufayli Xalil o‘zini o‘tga tashlagan. Jabroil ham so‘z 
yukiga hammol bo‘lgan. Tangri insonni sirlar xazinasi darajasiga ko‘tarib, uni 
so‘zlash qobiliyatiga ega etib, shu sabab hayvonlardan yuksak qilib yaratdi. 
Agar, qo‘l bilan berib xayr qilish iloji bo‘lmasa, til bilan ham naf yetkazish 
mumkin. Odamni bir og‘iz yaxshi so‘z bilan xursand qilish kerak bo‘lgan vaqtda 
unga xazina bersang ham, и qaramaydi. So‘z, bilan el o‘limdan najot topadi, so‘z 
bilan o‘lik tan qayta tiriladi. So‘z bilan dinsizlar musulmon bo‘ladi, so‘z bilan 
hayvon deganing insonga aylanishi mumkin. Bir so‘z bilan qancha balolar daf 
bo‘ladi, qancha boylik sochsang ham bunday nafga yetishmaydi. Insonga xos 
konning gavhari, bu – so‘zdir, odamzot gulshanining mevasi ham shu so‘zdir. 
Nutqning madaniyligini ta’min etadigan tо‘g‘rilik, aniqlik, mantiqiylik, 
ifodalilik, boylik, soflik, jо‘yalilik kabi bir qator kommunikativ sifatlar mavjud. Ana 
shu kommunikativ sifatlarning barchasini о‘zida mujassamlashtirgan nutq madaniy 
hisoblanadi. Har qanday nutqning asosiy maqsadi muayyan axborotni tinglovchiga 
yetkazish, shu yо‘l bilan unga ta’sir qilishdan iborat bо‘lib, mazkur sifatlarning jami 
nutqning ta’sirchanligini yuzaga keltiradi. 

Yüklə 289,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin