nutq tuzish uchun fikrni har tomonlama mazmunli, ifodali qiluvchi sо‘z va sо‘z
variantlarini topa bilish, ularni о‘z о‘rnida ishlata olish muhimdir. Sо‘zning lug‘aviy
ma’nosini tushunmaslik uni xato qо‘llashga olib keladi. Masalan:
G‘ofir
Solihboyning qiroli edi
.
Sinonimlar nutqni ta’sirchan qilish
bilan birga, turli qaytariqlarning oldini
olib, uni ravon qiladi. Nutqda sinonimlardan ularning ma’no va uslubiy
nozikliklarini tо‘la anglagan holda foydalanish lozim aks holda nutqiy g‘alizlik
vujudga keladi. Masalan:
ozg‘in, oriq
.
Tо‘g‘ri nutqqa qо‘yiladigan talablardan biri uning grammatik jihatdan tо‘g‘ri
shakllanishidir. Jumladan, qaratqich kelishigining belgili va belgisiz qо‘llash
muammolar bor. Gapning ma’nosi, mazmuniga putur yetmasa, qaratqich kelishigi
tushirib qoldiriladi. Ba’zi hollarda qaratqich kelishigi qо‘shimchasining tushirib
qoldirilishi axborotni xiralashtiradi, fikrni chalg‘itadi:
Askar otasi
deb
yozganda,
matnni о‘qib chiqmasdan turib, gap kim haqida boryotganligini bilib bо‘lmaydi: gap
askarning otasi haqidami, yoki askar birovning otasimi?
Unda fakultetlarning
ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha dekan о‘rinbosarlari qatnashdi. -
Fakultet dekanining ma’naviyat va ma’rifat masalalari bо‘yicha о‘rinbosarlari
qatnashdi.
Nutqning aniqligi. Qadimgi yunon donishmandi Aristotel о‘zining “Ritorika”
kitobida nutqning asosiy fazilati uning aniqligida ekanligini aytib, “agar nutq aniq
bо‘lmasa, u о‘z maqsadiga erisha olmaydi” deb ta’kidlaydi. Nutqning aniqligi –bu
aytilayotgan sо‘z yoki iboraning о‘zi ifodalayotgan voqelikka mos va muvofiq
kelishidir. Shuning uchun sо‘zlovchi kim yoki nima haqida gapirayotganini har
tomonlama chuqur tushungan bо‘lishi kerak, aks holda nutq aniq bо‘lmaydi. Fikriy
noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida:
Tarbiyachi bolalarga
tushunarli bо‘lishi uchun kitobni olib, xontaxta tortmasiga qо‘yadi. (xontaxtaning
tortmasi bо‘lmaydi).
2. Paronimlar ma’nosini bilmaslik natijasida: Sutxо‘rning о‘limi asarini о‘qidi.
3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida: Korxonaga yangi zamonaviy texnologiya о‘rnatildi (ishlab
chiqarish jarayonlari va usullari haqidagi bilimlarning jami, shuning uchun moddiy
bо‘lmagan narsa о‘rnatilmaydi, balki joriy etiladi yoki texnika sо‘zi bilan
almashtirish kerak).
4. Nutqda sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik, gap tartibining buzilishi
natijasida: Yaqindagina nashriyotdan chiqqan adibimizning yangi asarlar tо‘plami
keng jamoatchilikka manzur bо‘ldi.
5. Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida: Rejissyor bir qator umidli sahna ustalarini
kashf
etdi.
6. Bir sinonimik qatorni tashkil qilgan sо‘zlarning barchasi ham boshqa sо‘zlar bilan
sintagmatik munosabat tashkil qilolmaydi. Puxta, pishiq,
mustahkam sinonimlari
bino sо‘zi bilan sintagmatik munosabat tashkil qiladi, yigit sо‘zi esa pishiq va
chidamli sо‘zlari bilan sintagmatik aloqaga kirishadi
2. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bо‘lgan tushuncha ifodalovchi sо‘zlarni yonma-
yon ishlatish natijasida.
1.Sо‘z ma’nosiga yetarli e’tibor bermaslik natijasida
2.Nutqda biror sо‘zni о‘z о‘rniga qо‘yib gap tuzolmaslik.
3.Sо‘zning noо‘rin tanlanishi natijasida.
Aniqlik sifati badiiy nutqda о‘ziga xos tarzda namoyon bо‘ladi, chunki badiiy
asar badiiy tafakkur mahsulidir. Badiiy nutqda obrazlilik birinchi planda bо‘lganligi
uchun sо‘z ma’nosidagi siljishlar, kо‘chishlar kо‘p kuzatiladi. Sо‘z va u ifodalagan
predmet о‘rtasidagi mutanosiblik badiiy nutqda kо‘pincha ochiq va tо‘g‘ridan-
tо‘g‘ri bо‘lmaydi. Badiiy nutq о‘zining ta’sir etishdan iborat asosiy maqsadiga
erishish uchun sо‘zning turlicha qо‘llanishi,
tovlanishi, turlanishi, xilma-xil
ma’nolarni ustiga olishiga keng imkoniyat yaratadi. Badiiy nutqda sо‘zlar о‘z va
hatto kо‘chma ma’nolaridan tashqari о‘ziga xos yangidan-yangi ma’no qirralarini
kashf etishi va shu tarzda badiiy tasvirning yanada aniqligini ta’minlashi mumkin:
Miryoqub g‘ururining kaltaklanishidan kelgan bir zaharxanda bilan kuldi, injener
esa burungi kular yuzini ham nо‘qtalab oldi. Bu gapdagi g‘ururining kaltaklanishi
va kular yuzini nо‘qtalamoq birikmalaridagi ajratilgan sо‘zlar kasb etgan ma’no
nozikliklari bilan matnga aniqlik, ta’sirchanlik baxsh etgan (g‘ururni azobli darajada
poymol qilish, keskin va tamoman tо‘xtatmoq). Demak, nutqning aniqligi sо‘zning
tildagi ma’nosiga tamomila muvofiq tarzda qо‘llanishi, sо‘zning voqelikdagi о‘zi
ifodalayotgan narsa-hodisa bilan qat’iy mosligi asosida yuzaga keladigan
kommunikativ sifatdir.
Hurmatli byuro a’zolari! Men Bashirjon akani uzoq yillardan beri bilaman. U
kishi juda g‘alati, о‘ziga xos odam. Adabiyotchilar tili bilan aytsak, о‘ziga xos bir
tip. Bashirjon о‘tirgan yerida qimirlab qо‘ydi. U tip sо‘zini tif deb tushunib:
Yolg‘on! Umrimda tif bilan og‘rigan emasman!-deb qichqirmoqchi ham bо‘ldi.
(N.Aminov. Yelvizak)
Kompost-
kompot
paronimiyasidagi
kompost
gо‘ngdan
achitib
tayyorlanadigan о‘g‘itni, kompot esa mevalarni qaynatib tayyorlanadigan ichimlikni
ifodalovchi sо‘zlar bо‘lib, quyidagi parchada ular asosida juda chiroyli kulgu
chiqarilgan:
Marhamat,-dedim-da, u yoq-bu yoqqa qarab olgach, leksiya о‘qishga
tushib ketdim, -о‘rtoqlar, kompost juda foydali ichimlik, uni asosan mevadan
tayyorlashadi. Mevalarning xili qancha kо‘p bо‘lsa, u shuncha shirin bо‘ladi.
Bizning Farg‘ona tomonlarda kompostni о‘rik, shaftoli qoqi va olchaning
qurug‘idan tayyorlashadi. Xullas, kompost ichmabsiz, dunyoga kelmabsiz...
Gapimni
tugatmasimdan
о‘tirgan
odamlar
sharaqlab
kulib
yuborishdi.(X.Tо‘xtaboyev,
Sariq
devni
minib).
Gippokrat kasal kо‘rayotganda, undan: “Siz kim tomondasiz? Men tomondami yoki
kasal tomondami?”-deb sо‘rarkan. Shunda kasal:”Albatta, siz tomondaman-da”
desa, Gippokrat unga qarab: “Men tomon bо‘lsangiz, biz ikkovlon kasalni yengamiz.
Agar kasal tomonda bо‘lsangiz, men yakkalanib qolaman-da”, der ekan.
Demak, aniq nutq malakasining shakllanishida tavsiflanayotgan voqelikni bilish,
tildagi sо‘z ma’nolari
sistemasini yaxshi anglash, nutq mazmuniga e’tibor bilan
qarash hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. Ana shunda ifoda uchun eng uyg‘un va
almashtirib bо‘lmaydigan aniq sо‘zni topish mumkin.
Nutqiy xatolar uch turga ajratiladi:
Dostları ilə paylaş: