Nutqiy mavzu: “O‘zbek tili – Davlat tili”
Gram. mavzu: Orfoepiya qoidalari. Orfoepiya(talaffuz). Orfografiya (imlo). O‘zbek tilining imlo qoidalari.
Reja: 1. O‘zbek tili – Davlat tili
2. O‘zbek tilining imlo qoidalari.
Xulosa
Foydalangan adabiyotlar
O‘ZBEK TILI – DAVLAT TILI O‘zbek tili XI asrdan boshlab mustaqil til sifatida shakllana boshladi va XIV asrga kelib mustaqil o‘zbek adabiy tili darajasiga ko‘tarildi. Faqat ushbu davrda turkiy til yoki turk tili kabi nomlar bilan atalib kelingangan. Hozir turkiy tillarda so‘zlashuvchi turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman, tatar, uyg‘ur, qoraqalpoq, chuvash, yoqut, no‘g‘ay, gagauz va boshqa xalqlar, shu jumladan, o‘zbeklarning ajdodlari XI asrgacha qadimgi turkiy tilda gaplashgan. Qadimgi turk tilida yaratilgan O‘rxun-Enasoy yodgorliklari, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul haqoyiq” kabi asarlari bizgacha yetib kelgan.
O‘zbek tili asrlar davomida jamiyat hayoti bilan chambarchas bog‘liq holda rivojlanib keldi. Bu tilda juda ko‘p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar yaratildi.
O‘zbek adabiy tilining rivojlanishida buyuki shoir, mutafakkir olim Alisher Navoiyning xizmatlari juda katta. Alisher Navoiy o‘zining badiiy va ilmiy asarlari bilan o‘zbek tilining dunyodagi boy tillardan biri ekanligini nazariy isbotlab, amaliy jihatdan asoslab berdi. Alisher Navoiygacha Ahmad Yassaviy, Xorazmiy, Qutb, Sayfi Saroiy, Durbek, Haydar Xorazmiy, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy kabi mashhur so‘z ustalari o‘zbek tilida ijod etishgan bo‘lsa, undan so‘ng bu tilda ijod etuvchilarning soni yanada ortib bordi. O‘zbek adabiy tilining rivojida Zahiriddin Muhammad Bobur, Nodira, Furqat, Muqimiy, Zavqiy, Ogahiy, Komil Xorazmiy, Avaz O‘tar, Usmon Nosir, Cho‘lpon, Qodiriy, Oybek, G‘.G‘ulom, A.Qahhor va boshqa ko‘plab shoir, yozuvchilarning xizmati kattadir.
1989-yil 21-oktabrda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilindi. O‘zbek tiliga O‘zbekiston Respublikasining davlat tili huquqi berildi. Har yili o‘zbek tiliga davlat tili huquqi berilgan 21-oktabr sanasi o‘zbek tili kuni sifatida keng nishonlanib kelinadi. O‘zbekistonning 1991-yil 1-sentabrdan mustaqil davlat deb e’lon qilinishi bilan mazkur Qonunning davrdan ortda qolayotgan ayrim moddalarini qayta tahrir qilishga to‘g‘ri keldi. 1995-yil 21-dekabrda “Davlat tili haqidagi” Qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Mazkur Qonun 24 moddadan iborat. Uning 1-moddasida O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tili ekanligi ta’kidlangan.
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilindi. Mazkur qonunlarga binoan O‘zbekiston Respublikasidagi barsha o‘rta umumta`im maktablari, litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlarida 2005-yil 1-sentabrdan davlat tilida yangi alifboda o‘qish-o‘qitish ishlari va ish qog‘ozlari yuritishga to‘liq o‘tildi.
Mazkur Qonunlarga binoan respublikamizdagi maktablar, litseylar, kollejlar, oliy o‘quv yurtlarining boshqa tillarda ta’lim-tarbiya olib boriladigan guruhlari o‘quvchilari va talabalariga ham o‘zbek tili chuqur o‘rgatilmoqda. Korxonalarda ham ish yuritish davlat tilida lotin yozuviga asoslangan yangi alifboda olib borishga bosqichma-bosqich o‘tilmoqda.