Etiologiyasi, patogenezi



Yüklə 19,57 Kb.
tarix05.12.2023
ölçüsü19,57 Kb.
#174251
Документ Microsoft Word


PLEVRITLAR
Plevrit – plevraning yallig‘lanish kasalligi bo‘lib, uning yuzasida fibrinozli qarashma yoki bo‘shlig‘ida suyuqlik xosil qilish bilan ifodalanadi. Doim ikkilamchi, ko‘plab kasalliklarning asorati yoki sindromi xisoblanadi, ammo ma’lum bir davrda klinik manzaralanishda oldingi ustuvor o‘ringa chiqib olish va asosiy kasallikni niqoblab qo‘yishi mumkin.
10-XKK: J90
Etiologiyasi, patogenezi
Plevritning eng ko‘p uchraydigan sababchisi – o‘pka sili, shu bois xar bir plevritda, eng avvalo, mazkur kasallik haqida o‘ylash kerak. Plevra silining og‘ir shakllarida uni silli to‘qmoqchalar bilan qoplanishi/urug‘lanishi sodir bo‘ladi. Ko‘pincha o‘pka sili yoki bronxial bezlar siliga allergik reaksiya sifatida ekssudativ (suyuqlikli) plevrit rivojlanadi. Revmatizmda plevrani yallig‘lanishi xam boshqa serozli qoplamlarni yallig‘lanishlari kabi, allergik kelib chiqishga ega bo‘ladi. Kam xollarda plevrit pnevmokokklar bilan (o‘pka yallig‘lanishida) yana streptokokklar va stafilokokklar bilan (aksariyat bular yiringli plevritni sababchisi bo‘lishadi)chaqiriladi. O‘pka raki ham plevrit bilan asoratlanishi mumkin. Jarohatlanishda va og‘ir lat yeyishda xam travmatik plevrit kelib chiqish mumkin. Og‘ir kasalliklardan keyin, ovqatlanish buzilib silla qurilishida, kuchli charchoqda yoki sovuqda qolish tufayli kelib chiqqan organizmning bardoshchanligini xar qanday kamayishlari plevrit kelib chiqishi uchun moyillik yaratadi. Infeksion tabiatli plevritlarni kelib chiqishi spetsifik (sil mikobakteriyasi, oq treponema) va nospetsifik (pnevmokokklar, stafilokokklar, ichak tayoqchasi, viruslar, zamburug‘lar va b.q.) infeksiyalarning chaqiruvchilarini ta’sirlarisiz ro‘y beradi; chaqiruvchilar plevraga aloqalanish yo‘li bilan limfogenli, gematogenli kiradilar (plevra yuo‘shlig‘i buzilishida). Plevrit kelib chiqishining sababi bo‘lib ko‘pincha biriktiruvchi to‘qimaning tizimli kasalliklari (revmatizm, tizimli qizil volchanka va b.q), o‘smalar, o‘pka arteriyasini trombozi va tromboemboliyalari xam xisoblanishadi.
Patologik anatomiyasi
Plevritlar quruq, yoki fibrinozli, va suyuqlikli yoki ekssudativli bo‘ladilar. Plevrani quruq yallig‘lanishida yoki quruq plevritda, qon tomir devorlarining o‘tkazuvchanligi ortib ketishi bois unchalik qo‘l bo‘lmagan suyuqlik sizib chiqadi va ular bilan shimilgan plevra shishadi; plevra yuzasida suyuqliklar ivishishlari ro‘y beradi va bu yerda fibrinozli yopilma-xosilalar xosil bo‘ladi; bundan plevra qalinlashadi, notekislanadi va g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Agarda suyuqlik katta miqdorda ajralsa, unda ekssudativ plevrit kelib chiqadi. Serozli suyuqlik – bu oksilga boy tiniq sariqsimon suyuqlik. Ekssudat gohida plevra bo‘shlig‘ini butunligiga to‘ldiradi va o‘pkani xamda atrofdagi a’zolarni bosadi. Ekssudativ suyuqlik bilan birga katta yoki kichik miqdorda oq qon va qizil qon tanachalari ajraladilar. Agarda ekssudatda eritrotsitlar ko‘p bo‘lsa, unda u qizil rangga kiradi. Bunday plevrit qonli, yoki gemorragik plevrit deb ataladi. Uning sababi ko‘pincha silli infeksiya bo‘ladi. Gemorragik ekssudativ yana o‘pka rakida (uning plevraga o‘sib kirish oqibati bo‘lib) xam kuzatiladi. Ekssudatda leykotsitlar ko‘p bo‘lsa, unda u loyqali, seroz-yiringli tus oladi. Yiringli plevritda empiemada – plevra bo‘shlg‘ida yiring paydo bo‘ladi.
Tasnifi (N.V.tutov, 1984)
I. Etiologiyasi bo‘yicha: infeksionli, aseptik.
II. Ekssudat xarakteri bo‘yicha: fibrinozli seroz-fibrinozli, serozli, yiringli, yiringli-chirishli, gemorragik, eozinofilli, xolesterinli, xilezli.
III. KKKechish fazasi bo‘yicha: o‘tkir, nimo‘tkir, surunkali.
IV. Tarqalishi bo‘yicha:
1. Diffuzli,
2. O‘ralgan: a) apikal, b) parakostal, v) kostodiafragmal, g) diafragmal (bazalli), d) paramediastinal, ye) bo‘laklararo (interlobar)

Dilshoda Murodullayeva, [27.10.2022 13:24]


Quriq yoki fibrinozli, plevrit. Asosiy simptomi-yonboshda og‘riq, u nafas olishda, yo‘talda kuchayadi. Zararlangan tomonda yonboshlab yotish og‘riqni kamaytiradi. Ko‘krak qafasining muvofiq tomonida sezilarli tarzda nafas xarakatlari chegaralanadi: perkutor tovush o‘zgarmagan xolda xastalangan tomonni bemor tomonidan extiyotlanishi oqibatida susaygan nafas eshitiladi, plevrani oqibatida susaygan nafas eshitiladi, plevrani ishqalanish shovqini aniqlanadi. Tana xarorati ko‘pincha subfebril, bezgak tutish, tungi terlash, behollik bo‘lishliliklari mumkin. Diafragmal quriq plevritni tashxislash qiyin kechadi. Ushbu tabiatli plevritlar uchun xarakterli belgilar quyidagilardan iborat bo‘ladi: ko‘krak qafasida, qoburg‘a yoyi ostida va quyi qoburg‘alar xududida bo‘ladigan og‘riqlar, xiqichoq, qorin og‘rig‘i, meteorizm, qorin mushaklarini taranglashuvi, yutinishdagi og‘riq. Ko‘krak tipidagi nafas va unda faqat ko‘krak qafasining yuqori qismlarigina ishtirok etishi kuzatiladi. Chuqur nafas olishda ko‘krak qafasining pastki qismlarida og‘riq kuchayadi. Og‘riq nuqtalari aniqlanadi: ko‘krak – o‘mrov- o‘simtasimon mushaklar oyoqchalari orasida, birinchi qoburg‘alar orasi-to‘sh yaqinida, qoburg‘alarga diafragmani birlashgan joyida, bo‘yin umurtqasini birinchi o‘simtasmi xududida. Diafragmal plevritlarni aniqlashda rentgenologik tekshiruv yordam beradi, unda diafragmaning funksional buzilishlarini bilvositali simptomlari aniqlanadilar: ko‘tarilib baland joylashishi, kasallik tomonida uning xarakatlanishini cheklanishi (Vilyats simptomi). Kechish yaxshi sifatli, kasallikni davomiyligi 10-14 kun, lekin kelgusida sog‘ayib ketish bilan o‘tuvchi (bir necha xafta davomida) quruq plevritni retsidivlari bo‘lishliliklari mumkin.
Suyuqlikli yoki ekssudativ plevrit. Plevral ekssudatsiyani boshida yonboshda og‘riq, ko‘krak qafasining xastalangan tomonida nafas xarakatlarini chegaralanishi, plevrani ishqalanish shovqini kuzatiladilar. Ko‘pincha reflektor tabiatli quruq tinkani qurituvchi azobli yo‘tal kelib chiqadi. Suyuqlik to‘planishni tobora ortib borishi bilan yonboshdagi og‘riq tnadi, og‘irlikni xis qilish paydo bo‘ladi, kukyayib boruvchi nafas qisish/xansirash, o‘rtacha jadalli sianoz, kasallik tomonida birmuncha bo‘rtish va qoburg‘alararo sohalarning yassilanishi kuzatiladi. Perkussiyada ekssudat ustida bo‘g‘iq tovush aniqlanadi; ovoz dirillashi va bronxofoniya susayishgan, nafas eshitilmaydi yoki kuchli sustlashgan; bo‘g‘iqlikdan yuqorida-perkutor tovushning timpanik oxanglanishi, nafasni bronxial ahangi va kichik pufakchali xirrilashlar. Perkussiyada va rentgenologik tekshiruvda suyuqlikning yuqori chegarasini ifodali konturi aniqlanishi mumkin. Katta miqdordagi suyuqlik ko‘ksning sog‘lom tomonga siljishini chaqiradi va nafas mexanikasini buzilishi xisobiga tashqi nafas funksiyasini kuchli ifodalangan buzilishi kelib chiqadi: nafas chuqurligi kamayadi, u tezlashadi; funksional tashxisiy usullar bilan tashqi nafas ko‘rsatqichlarini pasayishi aniqlanadi (o‘pkaning xayotiy sig‘imi, ventilyatsiyani zaxiralari va b.q).
Solishtirma tashxisotda eng avvalo plevral ekssudatni o‘pka to‘qimasining atelektazi yoki infiltratsiyasidan ajratish kerak, sababi – ularning xar ikkilalari o‘hshash fizikal simptomlarcha ega bo‘lishadi (ko‘krak qafasining yarmini xarakatlarini chegaralarini, perkutor tovushni bog‘iqlashuvi, nafasning susayishi va rentgenda aniqlanadigan qorong‘ilashuv). Ammo lekin ko‘lamli o‘pka infiltratsiyasi mazkur xududda jarangli xirrilashlarni paydo bo‘lishiga olib keladi. Atelektazda ko‘ks bo‘shlig‘i a’zolarini siljuvi xastalangan tomonga, plevritda bo‘lsa- sog‘lom tomonga bo‘ladi. Plevral punksiyani o‘tkazish yordam beradi. Bunda ekssudatga xo s va uni transudatdan tafovutlab beruvchi quyidagilar tasdiqlab beriladi: yuqori nisbiy og‘riqlik, oqsil miqdorini ko‘pligi (3% dan ortiq) va Rivalt reaksiyasini ijobiy bo‘lishi (ekssudatli probirkacha uksus kislotasi aralashtirilganda, uning ta’siri bilan bulutsimon loyqani probirka tubiga o‘tirishi).

Dilshoda Murodullayeva, [27.10.2022 13:24]


Transudatning ekssudatdan farqi u – sirkulyatorli buzilishlarda (perikardit, yurak poroklari, jigar sirrozi, gipoalbuminemiya va gipoonkiya-nefrotik sindromda) suyuqlikni plevra bo‘shlig‘iga, plevraning yallig‘lanishisiz, sizib chiqishi oqibatida kelib chiqadi.
Ekssudatni gemorragik xarakterga ega bo‘lishi va uning mikroskopiyasida katta miqdorda eritrotsitlarni topilishi quyidagi kasalliklar orasida qiysiy tashxisot o‘tkazishni taqozo qiladi: bronxogen rak, o‘pka kanseromatozi, mezotemioma, plevrani sil bilan urug‘lanishi, allergik va silli yoki virusli plevrani yallig‘lanishi.
Plevrani silli xastalanishi uchun bemorni nisbatan yoshligi, anamnezda silli bemorlar bilan muloqoda- aloqada bo‘lganlik, ntoksikatsiyani kuchli ifodalanishi va davomli isitmalash reaksiyasi, ijobiy tuberkulinli sinamalar, o‘pka to‘qimasida va ildizosti limfa tugunlarida silga shubxa tug‘diruvchi rentgenologik o‘zgarishlarni toplishi kabilar xos bo‘ladi.
Revmatik plevrit odatda revmatik xurujning avjida yosh odamlarda kelib chiqadi, va plevritni etiologiyasini aniqlash takroriy revmakarditda va yurak poroki mavjudligida qiynchilik tug‘dirmaydi.
Tizimli qiliz vonchankada –ekssudat plevrit ushbu kasallikning eng ertaki simptomlaridan biridir. Aksariyat ikki tomonlama jarayon kelib chiqadi va ekssudat perikardit bilan qo‘shilishib uchraydi (poliserozit). Tashxisda terini zararlanishi, leykopeniya fonida EChTni ortishi, qonda yoki plevral punktatda qiliz volchanka xujayralarini aniqlanishi yordam beradi.
Plevra bo‘shlig‘iga suyuqlikni tushishi postinfaktli sindrom bilan bemorlarda, o‘pka arteriyasining shoxlarini trombozida, poddiafragmal abssessda bo‘lishi mumkin. Shu bois, plevrit oldindan bo‘lib o‘tgan klinik ko‘rinishlarga e’tiborni qaratish lozim. Chunonchi, yurak og‘riqlarini, yurak ritmi buzilishlari paroksizmlarini, sababsiz yurak-tomir demokmpensatsiyaisni kelib chiqishlari – miokard infaktini va unga qo‘shilib ketgan Dressler sindromini, konstruktiv perikarditni istisno qilishni taqozo etadi. Plevritdan ilgari boldir mushaklarida bo‘lib o‘tgan og‘riqlar yoki tromboflebitlarni aniqlanishi, qon tupirishni bo‘lganligi – o‘pka arteriyasini shoxlari trombozi va infaktli pnevmoniyadan shodlik berishlari mumkin. Dispeptik buzilishlarga, qorin sohasi og‘riqlariga, kasallikning debyutida qaltirash bilan bo‘lgan yuqori isitmalarga ko‘rsatish – jigar portal berishlari mumkin.
Ushbu xolatlarda qiyosiy tashxisot yutug‘ini ta’minlaydigan omil bo‘lib sinchkovlik bilan o‘tkazilgan kompleks tekshiruv xisoblanadi. U o‘z ichida muvofiq laborator – instrumental sinamalarni aks etdirgan bo‘lishi kerak: elektrokardiografiyani yoki elektrokimografiyani, venozli bosimni o‘lchashni, zardobli fermentlarni va oqsil-qoldiqli sinamalarni, gepatografiyani yoki jigarni skanirlashni.
Davolash
Davolash kompleksli, o‘z tarkibiga asosiy kasallikka faol ta’sir etishni va plevritni barvaqt dadil davolashni kiritadi, ekssudativli plevritni davolash shifoxona sharoitida o‘tkaziladi. Davolash quyidagi komponentlardan tashkil topadi.
1. Infeksion-allergik plevritlarda antibakterial terapiya va etiologiyasi boshqa bo‘lgan plevritlarda maqsadli ximioterapiya (masalan, o‘smali kelib chiqqan plevritlarda); antibiotiklar va ximiopreparatlar parenteral yo‘l bilan, ko‘rsatmalar bo‘yicha – plevra ichiga yuboriladilar.
2. Plevra bo‘shlig‘ini ekssudatni evakuatsiya qilish yo‘li bilan tozalash (sanatsiya qilish), zaruriyatga ko‘ra – antiseptik eritmalar bilan yuvish. Zudlik bilan evakuatsiya qilishga ko‘rsatmalar: yurak va yirik tomirlarni sog‘lom tomonga siljuvi va yurak funksiyasini kuchli buzilishlari, o‘pka kolapsi (og‘ir xansirash, sianoz, plevritni cho‘zilib kechishi, ekssudatni so‘rilib ketish tendensiyasini yo‘qligi.
3. Desensibilizatsiyalovchi va yallig‘lanishga qarshi vositalarni buyurish (natriy salitsialt va salitsil kislotalarning boshqa preparatlari, butadion yoki fenilbutazon, amidopirin, kalsiy xlorid). Silli va revmatik plevritlarda prednizolonni sutkalik 15-20 mg miqdorda qo‘llash samarali bo‘ladi.
Yüklə 19,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin