Jigar odam organizmidagi eng katta parenximatoz organ bo‘lib, 300 mlrd jigar hujayralaridan (gepatotsitlardan) tashkil topgan, bu hujayralarda 2000 turdagi fermentlar joylashgan bo‘lib, ular organizmdagi hamma bioximik reaksiyalarda vositachi bo‘lib organizmdagi hayotiy jarayonlarda ishtirok etadi.Shuning uchun jigarni «organizmning kompleksli kimyo fabrikasi» deb atashadi. Jigar organizmni dezintoksikatsiyada, moddalar almashinuvini boshqarishda, o‘t ishlab chiqarish va ajratishda katta rol o‘ynaydi, qonni ivishini boshqaradi, immunitetni ushlab turadi.
Metabolik funksiyasi Jigar qand, oqsil, yog‘ almashinuvida ishtirok etadi. O‘t ishlab chiqarish va ajratish. Gepatotsitlar o‘t ishlab chiqaradi va ajratadi, so‘ng o‘t yo‘li orqali konsentratsiyasi bo‘ladigan joyga, ya’ni o‘t pufagiga o‘tadi. Har kuni jigar 800 – 1000 mg o‘t ishlab chiqaradi. O‘t ingichka ichakda yog‘larni hazm bo‘lishida yordam beradi.
Jigar biokimyosi. Jigarning moddalar almashinuvidagi boshqaruvchiligi. Jigar organizmning modda almashinuvida ishtirok etuvchi markaziy a’zolaridan biri. Oshqozon-ichak yo`lida hazm bo`lgan moddalarni jigar qopqa venasi orqali qabul qilib, umumiy qon aylanish doirasiga o`tkazib beriladi
Jigar qatnashadigan organizmning asosiy biokimyoviy jarayonlari quyidagilar: -Uglevodlar almashinuvi. -Oqsillar almashinuvi va uning oxirgi mahsuloti bo`lgan siydikchil sintezi. -Yog`lar almashinuvi, ularning hazm bo`lishida zarur omil bo`lgan o`t kislotalari sintezi, o`t hosil bo`lishi. -Boshqa a’zolarga zarur bo`lgan moddalar sintezi; glyukoza, keton tanachalar va qon plazmasi oqsillarining sintezlanishi.
Organizmda modda almashinuvida hosil bo`ladigan va tashqi muhitdan organizmga tushgan zaharli moddalarni zararsizlantirishi. -Metabolizm natijasida hosil bo`lgan ayrim moddalar (xolesterin, o`t kislotalari, o`t pigmentlari va boshqa moddalar)ni ichakka ajratib turish. -Qon aylanishini boshqarishda; qopqa vena sistemasini umumiy qon aylanish sistemasi bilan bog`lashi.
Qon yaratuvchi markaziy a’zo (embrionlarda). Qon ivishini fibrinogen, protrombin va geparin ishlab chiqarish bilan boshqarishi. Provitaminlarni vitaminlarga aylantirishi. Temir tashuvchi - transferrin, ferritinlar sintezi va boshqa vazifalarni bajarishda ishtirok etishi.
Jigar oziqa moddalari - uglevodlar, lipidlar, oqsillar, vitaminlar va qisman suv-mineral moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Uglevodlar almashinuvining boshqarilishi – jigar hattoki ochlik vaqtida ham qonda glyukoza miqdorini doimiy saqlab turuvchi yagona organ hisoblanadi.
Jigarda glikogenoliz va glyukoneogenez jarayonlarida ishlangan glyukoza qonga o`tkaziladi va avvalo nerv to`qimasi faoliyati uchun sarflanadi. Jigarga keragidan ortiq miqdorda tushgan glyukoza glikogen holatida to`planadi.
Lipidlar almashinuvining boshqarilishi jigarda turli xil lipidlar (xolesterin, triatsilglitserin, fosfoglitserid, sfingomiyelin va boshqalar) biosintezi bilan bog`liq bo`lib, ular qon orqali boshqa to`qimalarga taqsimlanadi. Jigarda xolesterin miqdori ovqat bilan birga tushadiganiga nisbatan ko`proq sintezlanadi:
-o`rta hisobda odam organizmi har kuni ovqat bilan birga 0,3-0,5 g xolesterin iste’mol qilsa, jigarda sutkasiga 2-4 g xolesterin sintezlanadi. Lipidlarning organ va to`qimalarga taqsimlanishi jigar orqali amalga oshiriladi. Bundan tashqari jigarda yog` kislotalarini parchalanishidan keton tanachalari hosil bo`lib, ular jigardan bo`lak organlarda energiya manbai sifatida foydalaniladi
Oqsillar almashinuvining boshqarilishi jigarda oqsillarni jadal biosintezi va aminokislotalar oksidlanishi hisobiga amalga oshadi. Odam organizmida bir sutkada 80-100 g oqsil hosil bo`lib, shundan yarmi jigar faoliyatiga tog`ri keladi. Albumin, fibrinogen, protrombin, xolinesteraza, transport oqsillari – ferritin, serulloplazmin, transkortin kabilar jigarda sintezlanadi.
Aminokislotalar almashinuvi jigarda ayniqsa faol kechadi. Bunga aminokislotalar oksidlanishidan ammiakni hosil bo`lishi misol bo`la oladi. Ochlik davrida jigar o`zining rezerv oqsillarini boshqa to`qimalarni aminokislotalar bilan ta’minlashga sarflaydi. Bunda jigardagi oqsilni yo`qotish 20% ni tashkil etadi, ayni vaqtda boshqa to`qimalardagi yo`qotish 4% dan oshmaydi.
Jigarning vitaminlar almashinuvidagi ishtiroki asosan yog`da eruvchan vitaminlarni to`planishi, ayrim vitaminlar (nikotin kislota) va kofermentlarning sintezi, kaltsiferollarni 25-gidroksikaltsiferollarga aylanishidan iborat. Suv-mineral almashinuvida jigar suv-tuz muvozanatini saqlab, buyrak faoliyatini to`ldirib turadi va organizmning ichki filtri hisoblanadi.
Jigar disfunksiyasining namoyon bo‘lishi Jigar kasallanishi organizmdagi ko‘pgina sistemalar ishining buzilishiga olib keladi. Misol uchun, jigar zararlanganda normal hazm qilish uchun kerak bo‘lgan o‘t ishlab chiqarish buziladi. Bu esa ishtaha pasayishi, ko‘ngil aynishi, qusish va boshqalarga olib keladi. Agar jigar hujayralari zararlangan bo‘lsa, zardob aminotrasferaza oshishiga, xolinolipaza kamayishi kuzatilib, bu kuchsizlik, tez charchash, uyquchanlikka olib keladi.
O‘t pigmentini almashinuvi buzilganda sariqlik kuzatiladi, qand almashinuvi buzilganda qondagi lipid miqdori o‘zgradi, xolesterin hosil bo‘lishi va esterifikatsion funksiyaning pasayishiga olib keladi. Yog‘ almashinuvi buzilganda jigar semirishiga olib keladi
Vitamin almashinuvi buzilganda paxilos, shabko‘rlik, shish, osteoparozga olib keladi. Qon ivuvchanlik buzilganda milk va burindan qon ketish kuzatiladi. Garmon almashinuvi buzilishi, jinsiy faoliyatni susayishi, hayz siklining buzilishi, teri arteriolalarining kengayishiga olib keladi.