O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127
Psixologiya

Ustanovka nazariyasi - ta‟sirga tayyorlik, oldindan ko‟ra bilish nazariyasi. Bu 
nazariyani Rossiyada L.Lange (1858-1921) Germaniyada G.Myuller, T.Shumen, N.Ax 
(1871-16-946), Gruziyada D.N.Uznadze (1886-1950) asoslab berdilar. 
Madaniy tarixiy jarayonlarning kelib chiqishi haqida N.S.Vigotskiy (1896-
1934) nazariyasini yaratdi. 
Tafakkur nazariyasini S.L.Rubinshteyn (1889-1960) yaratib, muammoga 
faoliyatli yondashuvni taklif qildi. 
Psixologiyada shakllanib bo‟lgan uch asosiy oqim - psixoanaliz, bixeviorizm va 
geshtaltpsixologiya ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni kichik guruhlar doirasida 
o‟rganish tendentsiyasi paydo bo‟ldi. Bunda asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda 
turlicha eksperimentlar o‟tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo‟lganligi 
ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o‟ynadi. 
Geshtaltpsixologiya 
yo‟nalishi 
negizida 
maxsus 
ijtimoiy-psixologik 
yo‟nalishlarning – interaktsionizm va kognitivizmning paydo bo‟lganligi esa bu 
fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi. 
Psixoanaliz doirasida esa ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar E.Fromm va J.Salliven 
ishlari bilan bog‟liq bixevioristlardan farqli o‟laroq bu erda eksperimentlar ikki kishi 
emas, balki ko‟pchilik ishtirokida o‟tkazila boshladi. Ularning izdoshlari V.Bayon, 
V.Bennis, G.Sheparde, V.Shutklarning o‟tkazgan tadqiqotlari tufayli hozirgi kunda 
ham katta qiziqish bilan o‟rganilayotgan kichik “T” guruhlar psixologiyasi yaratildi. 
Unda guruh sharoitida bir odamning boshqalarga ta‟siri, guruhning ayrim individlar 
fikrlariga ta‟siri kabi masalalar ishlab chiqildi va ijtimoiy-psixologik treninglar 
o‟tkazishga asos solindi.
Kognitivizm - K.Levin nazariyasi asosida paydo bo‟lgan psixologik yo‟nalish
bo‟lib, undagi o‟rganish obekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish 
jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo‟lgan kognetiv holatlar bo‟ldi. Kognitizm doirasida 
shunday mukammal, boshqalarga o‟xshamas nazariyalar yaratildiki, ular hozirgi kunda 
ham o‟z ahamiyatini yo‟qotgani yo‟q. Masalan, F.Xayderning balanslashtirilgan 
tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning 
kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy 
g‟oya shundan iboratki, shaxs o‟ziga o‟xshash shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, 
doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik tenglik bo‟lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan 
chiqishga harakat qiladi. Maqsad turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining 


19 
psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish uchun yo‟l-yo‟riqlar 
ishlab chiqishdan iborat. Hozirgi davrda ham taniqli ijtimoiy psixologlar G.Olport, 
A.Maslou, K.Rodjers va ularning safdoshlari gumanistik psixologiya doirasida bu 
ishlarni faol davom ettirmoqdalar. 
Yuqorida ta‟kidlangan strukturalizm, funksionalizm, bixeviorizm, freydizm 
oqimlari jahon psixologiya ilmining shakllanishiga asos bo‟lgan bo‟lsa, ular ta‟sirida 
shaklangan boshqa o‟nlab: assotsiativ psixologiya, geshtaltpsixologiya, gumanistik 
psixologiya, ekzistensial psixologiya, kognitivizm, ramziy interaktsionizm kabi 
yo‟nalishlar uning qator masalalarini hal qilishga o‟z hissasini qo‟sha oldi. Eng muhimi 
– XX asrga kelib, psixologiyaning tadbiqiy sohalari paydo bo‟ldi-ki, endi qo‟lga 
kiritilgan yutuqlar bevosita ta‟lim, tarbiya, sanoat, biznes, marketing xizmatlari, 
boshqaruv, sog‟liqni saqlash, huquqbuzarlikni oldini olish sohalarga dadil joriy etila 
boshlandi.
6-shakl 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin