1. Ishonch va ishonchsizlik krizisi 1 yoshgacha davrdagi vaqt
2. Uyat va shubhaning aksi avtonomlashishi 2 – 3 yoshda
3. Shaxsning yo’naltirilganligi. Shakllanish usuli – tarbiya dunyoqarashlari, e‟tiqodlari, ideallari, intilishlari,
qiziqishlari, istaklari
4. Shaxs tajribasi. Shakllanish usuli - ta’lim bilim, malaka, ko‟nikma, odatlar
5. Psixik protsesslarning xususiyatlari. Shakllanish formasi – mashqlar diqqat, sezgi, idrok, xotira, taffakur, xayol,
hissiyot iroda
6. Biolopsixik xususiyatlar. Shakllanish formasi – trenirovka oliy
nerv
faoliyatining
tipi,
temperament,
layoqatlar jinsiy farq
Z.Freyd tomonidan ishlab chiqilgan «psixoanaliz» nazariyasini psixodinamik,
noeksperimental nazariyalarga kiritish mumkin. Bu nazariyada shaxsning butun hayoti
olinib, shaxs sifatida uni ta‟riflash uchun uni ehtiyoj va motivlari ko‟rib chiqiladi.
Gumanistik nazariya namoyondalari (A.Maslou, K.Rodjers) shaxs bo‟lib
shakllanayotgan insonga shaxsni mukammalashishining asosi o‟z-o‟zi aktivlashtirishga
intilish asosiy xususiyat deb hisoblaydilar.
A.N.Montev konsepsiyasida esa shaxsning tuzilishi va rivojlantirishda asosiy
o‟rin faoliyatiga ajratiladi.
Shaxs individual taraqqiyotining muhim omillaridan yana biri uning yoshiga
bog‟liq bo‟lgan xususiyatlardir. Chunki taraqqiyotning har yosh bosqichi o‟zining
rivojlanish omillariga, qonuniyatlariga, yangiliklari va o‟zgarishlariga ega bo‟lib, ular
shaxsning xarakteri, temperamenti, iqtidori, bilish jarayonlariga bevosita ta‟sirini
o‟tkazadi.
Hozirgi zamon psixologiyasining taniqli vakili A.V.Petrovskiy inson
taraqqiyotiga shaxsni tarkib toptirishning sotsial-psixologik nuqtai nazardan yondashib,
o‟ziga xos original klassifikatsiyasini yaratadi. Ushbu nazariya negizida yuksalish,
yetuklikka intilish g‟oyasi mavjudligi sababli bolalik, o‟smirlik, o‟spirinlik davrlari
yotadi, xolos. A.V.Petrovskiygacha psixologlar taraqqiyotning bir tekis jihatini olib
o‟rgangan bo‟lsalar, bundan farqli o‟laroq u shaxs shakllanishining prosotsial va
32
asotsial bosqichlari mavjud bo‟lishi mumkinligini dalillab berishga harakat qiladi.
A.V.Petrovskiy shaxsning shakllanishini quyidagi bosqichlardan iborat bo‟lishini
ta‟kidlab o‟tadi.
1. Ilk bolalik (maktabgacha yoshidan oldingi davr) - tug’ilgandan to 3