O„zbekiston Respublikasi Sog„liqni Saqlash Vazirligi Toshkent farmatsevtika instituti Psixologiya


yoshgacha.  2. Bog‟cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/127
tarix18.04.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#100116
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127
Psixologiya

yoshgacha. 
2. Bog‟cha yoshi davri - 3 yoshdan to 7 yoshgacha. 
3. Kichik maktab yoshidagi o‟quvchi davri - 7 yoshdan to 11 yoshgacha. 
4. O‟rta sinf o‟quvchisi (o‟smirlik) davri - 11 yoshdan to 15 yoshgacha. 
5. Yuqori sinf o‟quvchisi (ilk o‟spirinlik) davri - 15 yoshdan to 17 yoshgacha. 
Fransuz psixologi E.Dyurkgeym o‟sish - kishilarning his-tuyg‟usini o‟zlashtirish 
ekanini, shu tufayli, idrok qilingan tashqi fikrlar va emotsiyalar bolaning ruhiy 
faoliyatini ifodalanishini, bola tajriba, an‟ana, urf-odatlarni taqlid orqali egallashini
biologiyada irsiyat qanchalik ahamiyatli bo‟lsa, taqlid ham jamiyatda shunday o‟rin 
tutishini uqtiradi. 
Inson - ijtimoiy mavjudotdir. U tug‟ilgan kunidan boshlab o‟ziga o‟xshash 
insonlar qurshovida bo‟ladi va uning butun ruhiy imkoniyatlari ana shu ijtimoiy 
muhitda namoyon bo‟ladi. Odam o‟zining birinchi ijtimoiy tajribasini gapirmasdan
oldin egallaydi. Bu tajriba ijtimoiy ta‟sir natijasida subyektiv ravishda egallanadi va u 
shaxsning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash, hayot va faoliyat 
jarayonida uni faol o‟zlashtirish jarayonidir. Boshqacha qilib aytganda, ijtimoiylashuv 
har bir shaxsning jamiyatga qo‟shilishi, uning normalari, talablari, kutishlari va ta‟sirini 
qabul qilgan holda, har bir harakati va muomalasida namoyon etishidir.
Demak, ijtimoiylashuv jarayoni odamlarning muloqoti va ularning birgalikdagi 
faoliyati bilan ajralmas bog‟liqdir. Bu tajribani egallash subyektivdir. Bir xil ijtimoiy 
vaziyat har xil shaxslar tomonidan turlicha idrok qilinadi va har xil ta‟sir ko‟rsatadi. 
Shuning uchun turli shaxslar bir xil obyektiv ijtimoiy vaziyatda har xil ijtimoiy 
tajriba orttiradilar. Bu holat bir vaqtning o‟zida ikkita qarama-qarshi va bir xil jarayon 
- ijtimoiylashuv va individuallik jarayoni asosida yotadi. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   127




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin