Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi: 1. RIP va EIGRP marshrutlashtirish protokollarini qo’llash bilan tarmoq ishlashining birgalikdagi tekshiruvini o’tkazish.
2. Turli tipdagi marshrutlashtirishlarning o’ziga xosliklarini aniqlash.
3. Marshrutlashtirish protokollarini baxolash.
Ishning bajarilish tartibi Boshlong‘ich ma’lumotlarni olish.
Mavzu bо‘yicha nazariy va umumiy ma’lumotlar bilan tanishish.
Berilgan ma’lumotlarni kompyuterga kiritish.
Xisob ishlarini bajarish.
Tegishli xulosa chiqarish.
Kerakli jixozlar 1. Kompyuter.
2. Cisco Packet Tracer dasturi.
Umumiy ma’lumotlar EIGRP protokoli (shlyuzlarni marshrutlashtirmajg’ulotini zamonaviylashtirilgan ichki protokoli) shlyuzlarning ichki protokoli hisoblanadi, hamda turli topologiya va muxitlarda foydalanish uchun to’g’ri keladi. Yaxshi loyixalangan tarmoqda EIGRP yaxshi mashtablanadi va minimal tarmoq trafigida konvergensiyaning kichik vaqtini ta’minlash imkonini beradi.
EIGRPning ishlash prinspi(tavsifi) EIGRP ning asosiy afzalliklari quidagilar hisoblanadi:
Normal ekspluatatsiya rejimida (stabil tarmoq sharoitida faqat “hello” paketlari uzatiladi) tarmoq resurslarining xom sarfi.
Tarmoqda o’zgarishlar yuz berganda butun jadval emas, balki marshrut jadvalida bo’lgan o’zgarishlargina jo’natiladi; bu marshrutlashtirish tarmog’ini xosil qiluvchi tarmoqda bo’lgan yuklanishni kamaytirish imkonini beradi.
Tarmoq topologiyasida o’zgarishlar roy berganida konvergensiyaning kichik vaqti (aloxida xollarda mos kelishi deyarli birdaniga ta’minlanadi).
EIGRP protokoli oxirgi adresgacha bo’lgan yo’lni hisoblash uchun diffuz algoritm yangilanishi ( Diffused Update Algorithm – DUAL) dan foydalanadigan distension – vektorli marshrutlashtirmajg’ulotini zamonaviy protokoli hisoblanadi.