7 – laboratoriya mashg’uloti mavzu: rip va eigrp protokollarining birgalikdagi ishlashini tekshirish (o’rganish). (4 soat) Laboratoriya mashg’ulotining maqsadi



Yüklə 95,39 Kb.
səhifə4/5
tarix19.05.2023
ölçüsü95,39 Kb.
#117429
1   2   3   4   5
7-таж КТ

Eslatma:
EIGRP ikkilamchi adreslardan foydalanish bilan birrangli aloqalarni hosil qilmaydi. Butun EIGRP trafigining manbai – interfeysning asosiy adresidir.
Ko’p kirishli (ko’pnuqtali ulanish va boshqalar). Frame Relay tarmog’i boyicha EIGRPni sozlashda framerelay map operatorlarida broadcast da kalit so’zini sozlash kerak bo’ladi. Ikki EIGRP marshrutizatorlarning chegaradoshligi broadcost kalit so’zisiz hosil qilinmaydi. “Frame relay”ni sozlash va nosozliklarni bartaraf etish bo’limida yanada aniqroq berilgan.
EIGRP qo’llovchi qo’shni tugunlar soni chegaralanmagan. Qo’shni tugunlarning qo’llovchi xaqiqiy miqdori qurilma xarakteristikasiga (tavsifiga) bog’liq:

  1. xotira hajmi

  2. hisoblash quvvati

  3. uzatilayotgan axborot xajmi (masalan, uzatilayotgan marshrutlar soni)

  4. topologiyaning murakkablik darajasi

  5. tarmoq turg’unligi

Topologiya jadvalining tuzilishi
Endi biz marshrutizatorlar bir – birlari bilan o’zaro qanday aloqa qilishlarini bilib oldik. Lekin ular nima haqida gaplashishadi? Albatta topologiya jadvallari haqida. RIP va IGRP protokollarida farqli ravishda EIGRP uning ishlashi uchun zarur bo’ladigan barcha ma’lumotlarni saqlaydigan marshrutlashtirish jadvalidan (yoki qayta yo’naltirishdan) foydalanmaydi. Buning o’rniga EIGRP ikkinchi jadvalni (topologiyalar jadvali) shakllantiradi. Uning asosida marshrutlashtirish jadvaliga marshrutlar o’rnatiladi.
Topologiya jadvalining asosiy formatini bilib olish uchun EIGRP marshrutizatorida show ip eigrp topology buyrug’ini amalga oshiring. Topologiyalar jadvalida har bir erishib bo’ladigan tarmoq uchun oraliqlar va vektorlar to’plamini tuzish uchun zaruriy malumotlar bo’ladi, bulardan tashqari:



  • mazkur tarmoqqa keluvchi marshrutdagi kichik o’tkazuvchanlik qobilyati (ma’lumot) chiquvchi qo’shni tomonidan beriladi).

  • kechikishlar summasi;

  • marshrutning ishonchliligi;

  • marshrutning yuklanishi;

  • uzatilayotgan ma’lumotlar blokining (MTU) maksimal o’lchamdagi minimal yo’li;

  • mumkin bo’lgan oraliq;

  • e’lon qilingan oraliq;

  • marshrut manbai (tashqi tugunlar markerlanadi);



Xulosa
EIGRP protokolining ikkita asosiy versiyasi mavjud – 0 va 1 versiyalari. Cisco IOS ta’minot dasturining boshlang’ich versiyalarining (10.3 (11) 11.0(8) va 11.1(3) versiyalarigacha) EIGRP protokolining eng boshlang’ich versiyalaridan foydalaniladi (shu sababdan mazkur xujjat tarkibidagi ba’zi bir tushuntirishlar bu versiyalar uchun to’g’ri kelmasligi mumkun). Biz EIGRPning oxirgi versiyasidan foydalanishni tavsiya etamiz, sababi bu versiya turg’unlik va ishlab chiqaruvchanlik boyicha ko’pgina afzalliklarga ega.



Yüklə 95,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin