Protokolning asosiy versiyalari EIGRP protokolining ikkita asosiy versiyasi mavjud – 0 va 1 versiyalari. Cisco IOS ta’minot dasturining boshlang’ich versiyalarining (10.3 (11) 11.0(8) va 11.1(3) versiyalarigacha) EIGRP protokolining eng boshlang’ich versiyalaridan foydalaniladi (shu sababdan mazkur xujjat tarkibidagi ba’zi bir tushuntirishlar bu versiyalar uchun to’g’ri kelmasligi mumkun). Biz EIGRPning oxirgi versiyasidan foydalanishni tavsiya etamiz, sababi bu versiya turg’unlik va ishlab chiqaruvchanlik boyicha ko’pgina afzalliklarga ega.
Asosiy prinsplari (tavsiflari). Oxirgi adresgacha bo’lgan eng yaxshi yo’lni hisoblashda tipik distension – vektorli protokol quyidagi axborotni saqlab qoladi: oraliq masofa (distance) (o’lchov summasi yoki oraliq masofa, masalan o’tishlar shetchigi) va vektor (keyingi o’tish). Masalan, 7.1-rasmdagi tarmoqning barcha marshrutizatorlarida marshrut axboroti protokoli (Routing Information Protokol – RIP) amalga oshirilmoqda. Marshrutizator ikki har bir mavjud yo’l uchun o’tishlar sonini tekshirib A tarmog’iga yo’lni tanlamoqda.
7.1- rasm.
Marshrutizator 3 orqali o’tuvchi yo’lning uzunligi uchta o’tishga marshrutizator 1 orqali yo’lning uzunligi esa ikkita o’tishga teng bo’lganligi sababli marshrutizator 2 marshrutizator 1 orqali o’tuvchi yo’lni tanlaydi va marshrutizator 3 dan olgan axborotni tashlab yuboradi. Agar marshrutizator 1 va A tarmoq o’rtasida yotuvchi marshrut buzilsa, u holda marshrutizator 2 bu belgilangan punkt bilan uchta yangilanish davriga (90 sekund) teng bo’lgan turish vaqti boyicha marshrutlashtirish jadvalida mazkur marshrut bloklanmagunicha aloqa yo’qotilgan bo’ladi; marshrutizator 3 esa takroran marshrutni e’lon qiladi (bu RIPda har 30 sekundda bo’ladi). Agar ushlanib qolish davrini hisobga olmasak, u holda marshrutizator2ga va marshrutizator1dan marshrutizator 3 gacha yo’lni o’tkazib olish uchun 90-120 sekund kerak bo’ladi. EIGRP(ma’lumotlarni tashlab yuborish o’rniga) takroriy o’xshashlikni amalga oshirish uchun to’liq takroriy yangilanishni hisoblash o’rniga topologiya jadvalini ko’radi. Buning uchun u o’zining qo’shnilarining barcha e’lonlarini va yoki topologiya jadvaliga mos sirtmoqsiz marshrutni topish vositasida yoki (agar bunday marshrut haqida xech narsa ma’lum bo’lmasa) o’zining qo’shnilarini so’rov qilish vositasida o’xshashlikni amalga oshirishda foydalanadi. Ikkinchi marshrutizator birinchi va uchinchi marshrutizatorlardan olgan axborotlarni saqlab qoladi. U eng yaxshi yo’l (“qabul qilgich”) sifatida marshrutizator 1 orqali yo’lni marshrutizator 3 orqali yo’lni esa – sirtmoqsiz yo’l mumkin bo’lgan qabul qilgich sifatida tanlaydi. Qachon marshrutizator 1 orqali marshrut yo’qotilsa, marshrutizator 2 mumkin bo’lgan qabul qilgichni topishda topologiya jadvaliga murojaat qiladi va marshrutizator 3 orqali bo’lgan marshrutda foydalanishni boshlaydi.
Bu qisqa tushuntirishlardan aniq ko’rinib turibdiki, EIGRP quyidagilarni ta’minlab berishi kerak:
Tizim (sistema), qaysinda EIGRP mazkur momentda zarur bo’ladigan yangilanishlarni uzatadi (bu qo’shnilarni topish va xizmat ko’rsatishda amalga oshiriladi);
Marshrutizator tomonidan qabul qilingan marshrutlarning qaysi biri sirtmoqsiz ekanligini aniqlash imkoninni beruvchi usul;
Tarmoqda mavjud barcha marshrutizatorlarning topologiya jadvalida ishlamaydigan marshrutlarni o’chirish imkonini beruvchi jarayon;
Eski yo’qotilgan marshrutlar o’rniga oxirgi adresgacha bo’lgan yangi marshrutlarni topish imkonini beruvchi, qo’shnilarni so’rov qilish jarayoni;