Qo’shnilarni topish va xizmat ko’rsatish Tarmoq boylab marshrut axborotini tarqatish uchun EIGRPda marshrutlarning nodavriy inkrement yangilanishidan foydalaniladi. Bu EIGRP yangilanishlarni faqat o’zgaruvchi marshrutlarni va faqat qachonki bunday marsrutlar o’zgargan momentda jo’natishini bildiradi.
Qo’shnisidan yangi marshrutlashtirish jadvalini olishni kutayotgan marshrutlarni vaqt boyicha blokirovka qilish mumkin emas.
Bunday yangilanishlarning asosiy kamchiligisiz qo’shni marshrutizator orqali o’tuvchi marshrut qaysi vaqtda erishib bo’lmaydigan (nedostupniy) bo’lib qolganini bilmay qolasiz. Qo’shnisidan yangi marshrutlashtirish jadvalini olishni kutayotgan marshrutlarni vaqt boyicha chegaralab(blokirovka) qilib bo’lmaydi. Marshrut jadvalida o’zgarishlarni ishonchli uzatish uchun EIGRPda qo’shni marshrutizatorlar o’rtasida o’zaro harakat mexanizmi qo’llaniladi (ikki marshrutizator “qo’shni” bo’la oladi agar ularning har biri o’z qo’shnisidan “hello” paketlarini olsa). EIGRP “hello” paketlarini har 5 sekundda (yuqori o’tkazuvchanlik qobilyatli kanallar uchun) va har 60 sekundda (kam o’tkazuvchanlik qobilyatli ko’pnuqtali kanallar uchun).
Besh sekundli hello paketi ishlatiladi:
Tarmoq muxitida (masalan, Ethernet, Token Ring va FDDI)
“Nuqta – nuqta” ketma – ket kanallarida (masalan, PPP yoki HDLC protokollaridan foydalanuvchi, ajratilgan liniyalar);
Yuqori o’tkazuvchanlik qobilyatli ko’pnuqtali liniyalar ( T1 liniyasidan yuqori) ( masalan, ISDN PRI va Frame Relay).
Oltmish sekundli hello paketi:
T 1 kabi o’tkazuvchanlik qobilyatli ko’pnuqtali liniyalar yoki kamroq – huddi Frame Relay ko’pnuqtali interfeyslar, ATM ko’pnuqtali interfeyslar, ATM kommutatsiyalovchi virtual kanallari va ISDN almashish manba interfeyslari. EIGRP hello paketlarini jo’natuvchi chastota hello interval deb ataladi.
Bu parametrni ip hello – interval eigrp buyrug’i yordamida har bir interfeys uchun alohida sozlash mumkun. Ushlab turish vaqti – qo’shni qurilmadan hello paketini olmay turib marshrutizator uni ishlab turibdi deb hisoblaydigan vaqtdir. Ushlab turish vaqti odatda uchta hello intervaliga (15 va 180 sekund) teng. Ushlab turish vaqti ip hold-time eigrp buyrug’i yordamida sozlanadi.
Hello – intervalining o’zgarishi bilan ushlab turish vaqti avtomatik korrektlanmasligiga e’tibor bering (ushlab turish vaqtini hello – intervalining yangi qiymatiga moslashtirib qo’lda o’zgartirish zarur).
Agar hello taymeri va ushlab turish taymeri bir-biriga mos kelmasa ham ikkita EIGRP – marshrutizatori qo’shni bo’lishi mumkun. Ushlab turish vaqti hello paketlarida ko’rsatiladi, shu sababli har bir qo’shni ish xolatida qolishi kerak, xatto agar hello intervali va ushlab turish taymeri mos kelmaganda ham.
Marshrutizatorda o’rnatilgan hello – intervalining kattaligini to’g’ridan – to’g’ri aniqlab bo’lmaydi. Biroq bu kattalikni qo’shni marshrutizatorda bajarilgan show ip eigrp neighbor buyruq listingi orqali aniqlash mumkin.
“Hold” ustunining buyruqlar listingida ko’rsatilgan qiymat hech qachon ushlab turish vaqtidan oshib ketmasligi kerak, shuningdek ushlab turish vaqti va salomlashish vaqti intervallari oraliqdagi qiymatlar farqi kichik bo’lmasligi kerak (agar salomlashish paketlari yo’qotilmagan bo’lsa albatta). Aagar “hold” ustunidagi qiymat odatda, 10 dan 15 sekundgacha o’zgarsa, u holda salomlashish intervali 5 sekund, ushlab turish vaqti esa 15 sekund bo’ladi. Agar “hold” ustunidagi qiymat odatda 120 dan 180 sekund oralig’ida o’zgarsa, u holda salomlashish intervali 60 sekundni tashkil etadi, ushlab turish vaqti esa 180 sekund. Agar qiymat berilgan taymer qiymati bilan mos kelmasa, unda qo’shni marshrutizatordagi mos interfeysni tekshirish zarur(“hello” taymeri va salomlashish intervali taymeri qo’lda o’zgartirilgan bo’lishi mumkin).