Siyosiy konfliktologiya fanidan test savollari



Yüklə 389,05 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix19.04.2023
ölçüsü389,05 Kb.
#100510
test




SIYOSIY KONFLIKTOLOGIYA FANIDAN TEST SAVOLLARI 
1. Siyosiy konfiliktologiyani oʻrganishning nazariy va metodologik asosini nima tashkil qiladi? 
A) nizoli vaziyat 
B) noqulay sharoit 
C) ijtimoiy konfliktologiya 
D)Subyektiv konfiliktologiya 
2 . Barcha davlarlatni qamrab olgan holda qadriyatlar soʻrovnomasini oʻtkazgan shaxs kim? 
A) Ronald Inglehart 
B)Freyd 
C)Xartmann 
D) Dall 
3. Konfliktni boshqarishning asosiy usullari toʻgʻri berilgan qatorni toping 
A) Ekspriment 
B)Hujjatlarni oʻrganish 
C) Har tomonlama tadqiqot 
D) Barchasi toʻgʻri 
4. Siyosiy konfliktlar sun’iy yaratilishi mumkinmi? 
A)Mumkin 
B)Mumkin emas 
C) Konflikt suniy boʻlishi mumkin emas 
D) Toʻgʻri javob yoʻq 
5. Qaysi voqeadan keyin BMTga murojaatlar soni keskin oshdi? 
A) rasmiy va norasmiy qonunlar eʼlon qilinganda 
B) yirik mojarolar paydo boʻlganda 
C) Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganidan 
D) Sovuq urush tugaganida 
6. Konfliktologiyaning kognitiv vazifasi nima? 
A) konfliktni oldini olish va hal qilish 
B) voqealikni tahlil qilish 



C) qarama qarshilikni rivojlantirish 
D) barchasi toʻgʻri 
7. Jamiyatda yuzaga keladigan qarama qarshilikni hal qilishda konfliktologiyaning nazariy va 
amaliy tomonlaridan foydalaniladi. Ushbu tarif siyosiy konfliktogiyaning qaysi turiga berilgan? 
A)Tashkiliy Texnologik. 
B) Boshqaruv. 
C) Pragmatik. 
D) Instrumental. 
8. Ilk konfliktologiya elementlari koʻzga tashlangan davrni aniqlang
A) m.a 6-5 asrlar.
B) milodiy 8-9 asrlar.
C) m.a 8-7 asrlar.
D) m.a 10 asr.
9. Xitoy faylasufi Konfutsining fikricha konfliktlarning manbai nima? 
A) Odamlarning bilimsizligi.
B) Hukumotning zoʻravonligi.
C) Odamlarning ijtimoiy tengsizligi.
D) Odamlarning huquqiy tengsizligi. 
10. "Hamma narsaning otasi va podshohi - urush" fikrlari kimga tegishli? 
A) Geraklit. 
B) Platon. 
C) Aristotel. 
D) Demokrit. 
11. Oʻrta asr olimlarining Konfliktologik qarashlari asosan ....... xarakterga ega. 
A) Ijtimoiy. 
B) Siyosiy. 
C) Diniy. 
D) Huquqiy.
12. Jamiyatdagi konfliktlar haqidagi "Risolatu tadbiri manzil", "Inshorat va Tanbixat" asarlar 
muallifini aniqlang. 



A) Abu Ali Ibn Sino.
B) Abu Nasr Farobiy. 
C) Al- Farg’oniy.
D) Adam Smit.
13. "Hammaning hammaga qarshi urushi" nazariyasini ishlab chiqqan olim nomini aniqlang? 
A) T.Xobbs. 
B) Jorj Hegel. 
C) Immanuel Kant. 
D) Karl Marks. 
14. Koinotdagi yakka-yu yagona umumiy qonun bu "Hamma narsaning otasi va podshohi 
urush". Dunyoda hamma narsa kuch va adovat tufayli vujudga keladi, deb hisoblagan........... .
A) Platon. 
B) Geraklit. 
C) Demokrit. 
D) Aristotel. 
15. Birinchi bo'lib jamiyatning kelib chiqishi va davlatni qanday boshqarish kerakligi haqidagi 
ilmiy-nazariy bilimlar tizimini ishlab chiqgan olimni aniqlang
A) Abu Nasr Farobiy. 
B) Ibn Sino. 
C) Abu Rayhon Beruniy. 
D)Al-Farg’oniy. 
16. Konfliktologiya tarixida birinchi bo'lib davlatning ichki ijtimoiy konfliktlari sabablarini aniq 
nazariy tahlil qilib chiqib, ijtimoiy tartibsizliklarning moddiy, siyosiy va ruhiy shart-sharoitlarini 
sinchiklab o'rgangan hamda ularni bartaraf etish yo'llarini belgilab bergan faylasufni aniqlang. 
A) Frensis Bekon. 
B) Jorj Hegel. 
C) Immanuel Kant. 
D) T.Xobbs. 
17. Jadidchilik va "qadimchilar" oʻrtasidagi ziddiyatlari toʻliq keltirilgan qatorni aniqlang. 
A) Yangi usul maktablari tashkil etish va unda dunyoviy fanlarni o'qitish masalasida. 
B) Xalqga ma’rifat tarqatishda. 



C) Kiyinish (uzun-kalta), soch-soqol masalasida. 
C) A va B. 
18. Jadidlar va Qadimchilar davlatchilik masalasida: Qadimchilar ...................tartiblarini saqlab 
qolish tarafdori bo'lganlar. Jadidlar esa ..................... dastlab , so'ngra ................... tartiblarini o ʻrnatish 
uchun kurashganlar. Nuqtalarni mos javoblar bilan toʻldiring. 
A) Monarxiya / Respublika / Konstitutsiyaviy monarxiya. 
B) Monarxiya / Konstitutsiyaviy monarxiya / Respublika. 
C) Respublika / Konstitutsiyaviy monarxiya / Monarxiya. 
D) Konstitutsiyaviy monarxiya / Respublika / Monarxiya.
19. Beruniy fikricha, pulning ikkita xususiyati bor: ..................................................tushuniladi. 
A) Birinchisi "begona kuch" yollash - "bir kishi ikkinchisiga o'rtada tuzilgan shartnoma tufayli 
ishlashi", ikkinchisi “begona kuch” ishlatish. 
B) Birinchisi, tovar ayirboshlash boʻlsa, ikkinchisi "begona kuch" yollash - "bir kishi ikkinchisiga 
o'rtada tuzilgan shartnoma tufayli ishlashi".
C) Birinchisi “tuzilmagan shartnoma tufayli” , ikkinchisi “begona kuch” yollash 
D) Toʻgʻri javob yoʻq 
20. Konflikt nima? 
A) Qarama-qarshi tomonlarning to'qnashuv nuqtasi. 
B) Ziddiyatlarning kelib chiqish sabablariga/ 
C) Qasdlashish. 
D) Qarama-qarshi tomonlarning murosaga kelishi. 
21. Konfliktli munosabatlarsiz ijtimoiy guruhlar yo'qligi, konfliktlar ijtimoiy tizimlar faoliyati 
va ularning o'zgarishi uchun ijodiy deya kim fikr bildiradi? 
A) Ralf Dehrendorf. 
B) M.Veber. 
C) Lyuis Kozer. 
D) J.Sorel. 
22. Ralf Dahrendorf konsepsiyasi dunyoning "distopik" qiyofasini qanday tasvirlaydi? 
A) Kuch, adolat, konflikt. 
B) Kuch, konflikt, dinamika. 
C) Kuch, bosim, konflikt. 
D) Dinamika, konflikt, adolat. 



23. Xalqaro konflikt ishtirokchilari kimlar? 
A) Ikki va undan ortiq davlatlar.
B) Ikki va ortiq xalqaro tashkilotlar. 
C) Ikki va undan ortiq jamoalar. 
D) Ikki va undan ortiq jamoaviy shaxslar. 
24. Xalqaro konfliktlarning davomiyligi qanday bo'ladi? 
A) Uzoq, 2 yillik, qisqa. 
B) O'rta, davomli, qisqa. 
C) Uzoq, o'rta, qisqa. 
D) Uzoq, qisqa, cheklanmaga. 
25. Vaqt o'tishi bilan rivojlanib boruvchi, qarama-qarshilikning keskinlashuvi nima deb ataladi? 
A) Konflikt normalari. 
B) Konflikt eskalatsiyasi. 
C) Konflikt davomiyligi. 
D) Konfliktning kuchayishi. 
26. Ishtirokchilar soni bo'yicha xalqaro nizolar qanday ko'rinishlarda bo'lishi mumkin? 
A) Ikki tomonlama va ko'p tomonlama. 
B) Bir tomonlama va ikki tomonlama. 
D) Ikki tomonlama. 
C) Ko'p tomonlama. 
27. Global tinchlik va xavfsizlikka tahdid soluvchi konfliktlar? 
A) O'zaro va mahalliy konfliktlar. 
B) Shaxslararo konfliktlar. 
C) Mintaqaviy va lokal konfliktlar. 
D) Lokal konfliktlar 
28. O’zaro ta’sir subyektlari faoliyati bilan bog’liq to’plangan qarama-qarshiliklar qanday 
vaziyat deb nomlanadi? 
A) Siyosiy vaziyat. 
B) Konfliktli vaziyat.



C) Ijyimoiy vaziyat. 
D) Iqtisodiy vaziyat. 
29. Konfliktni keltirib chiqaradiga holatlar yig’indisi nima deyiladi? 
A) Hodisa 
B) Holat 
C) Voqea 
D)Vaziyat 
30. Konflikt holatida bo’lgan tomonlar yoki konfliktda bo’lganlarni bevosita yoki bilvosita 
qo’llab quvatlovchi subyektlar kim deyiladi? 
A) Ijtimoiy ishtirokchilar 
B) Siyosiy ishtirokchilar 
C) Ichki ishtirokchilar 
D) Konflikt ishtirokchilari 
31. Siyosiy konfliktning asosiy obyekti nima? 
A) Siyosiy hokimiyat 
B) Qarama-qarshilik 
C) Iqtisodiy hokimiyat 
D) To’g’ri javob yo’q 
32. Siyosiy qarama-qarshilikda nima muhim ro’l o’ynaydi? 
A) Tashqi liderlar 
B) Siyosiy liderlar 
C) Jamiyatdagi liderlar 
D) Ichki liderlar 
33. Lokal konfliktlar...? 
A) submintaqaviy yoki lokal darajada rivojlanadi, ular muayyan muammolar va hududlarga 
tegishli. 
B) bir xil siyosiy va geografik mintaqadagi xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Uning 
ishtirokchilari soni global mojarolarga nisbatan cheklangan va oqibatlari unchalik keng emas.
C) makon chegaralarga ega yemas, deyarli barcha davlatlarning taqdiri, dunyo taraqqiyotining 
yo‘nalishlari va tendensiyalari u yoki bu darajada ularning natijalariga bog‘liq. 
D) ishtirok etgan tomonlarning taxminan teng kuchi bilan tavsiflanadigan konfliktlar kiradi. 



34. Kompromiss so‘zining ma’nosi? 
A) lat. Compromissum – xavfsizlik 
B) arbcha Compromissum – o‘zaro kelishuv, bir-biriga yon berish 
C) lat. Compromissum – o‘zaro kelishuv, bir-biriga yon berish
D) lat. Compromissum – jang 
35. Konfliktning rivojlanishi bilan kimlarni maqomlari joylarini o’zgartirish mumkin? 
A) Ishtirokchilar va subyektlar 
B) Obyektlar va subyektlar 
C) Obekt va Ishtirokchilar 
D) Ishtirokchi va konflikt 
36. Xalqaro konfliktlarning rivojlanish bosqichlari ...? 
A) Xalqaro konfliktlarning rivojlanish jarayonini o‘rganish va uni tahlil qilish orqali, konfliktning 
tarixiy hamda sodir bo‘layotgan mojarolarning sabab-oqibatlarini aniqlashga mumkin 
B) maqsadlari, majburiyatlari, mojaroning o‘zi rivojlanishining ko‘lami va intensivligi hamda 
yangi ishtirokchilarni jalb qilish bilan bog‘liq o‘ziga xos xususiyatlarda namoyon bo‘ladi 
C) konfliktlarda ishtirok etuvchi davlatlarning ichki xususiyatlarining o‘zgarishi, konflikt 
ishtirokchilarining umumiy siyosiy va o‘ziga xos manfaatlari
D) bu konflikt vaqt bilan emas, balki bu jarayonlar tarixiy va ijtimoiy sabablar bilan belgilanadi.
37. Qarama-qarshi bo’lgan ikkita subyektdan biri konfliktdan chiqib ketsa nimalarini o’zgartiradi? 
A) Sifat xususiyatlarini
B) Konflikt xususiyatlarini 
C) Qarshilik xususiyatini 
D) Ijtimoiy xususiyatni 
38. Inqiroz so'zining ma'nosi? 
A) qaror, burilish nuqtasi 
B) natija, burilish nuqtasi 
C) taxdid, imkoniyat 
D) barcha javoblar to'g'ri 
39. Hukumat tomonidan hokimiyatni yo'qotish, mahalliy ijro etuvchi organlar tomonidan uning 
buyruqlarini bajarmaslik qanday konfliktga olib keladi? 



A) konstitutsion inqirozga 
B) parlament inqirozga 
C) hukumat inqirozga 
D) ijtimoiy-siyosiy inqirozga 
40 . Mamlakat asosiy Qonunining amalda tugatilishi qanday konfliktga olib keladi? 
A) konstitutsion inqirozga 
B) parlament inqirozga
C) hukumat inqirozga 
D) ijtimoiy-siyosiy inqirozga 
41. Hukumat, konstitutsion, parlament va ijtimoiy-siyosiy konfliktlar qanday konfliktga kiradi? 
A) tashqi inqiroz 
B) ichki-siyosiy inqiroz 
C) ichki inqiroz 
D) tashqi siyosiy inqiroz 
42 . Siyosiy inqiroz davrida nima hodisalar ro'y beradi? 
A) yaqinda odatiy deb hisoblangan tartib va qoidalardan chetga chiqiladi 
B) davlat qarorlarini qabul qilishning o'lchovli amaliyoti kutilmagan holatlar bosimi ostida 
buziladi 
C) turli idoralar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishda qiyinchiliklar yuzaga 
keladi 
D) barcha javoblar to'g'ri 
43 . Determinizm so'zining ma'nosi nima? 
A) lotincha - aniqlayman 
B) lotincha - to'g'irlayman 
C) forscha – aniqlayman 
D) forscha –to’g’irlayman 
44. “Kirib ketish”(rus. "кризис проникновения") inqirozi qanday inqiroz? 
a) fuqarolarning boshqaruvga jalb qilish darajasining pasayishi 
b) hukmron sinfning jamiyat hayotining barcha sohalarda o’z qarorlarini amalga oshirishga 
intilishi 



c) rejim maqsadlari va uning faoliyat ko’rsatish normalari haqidagi ommaviy tasavvurlar 
o’rtasidagi nomuvofiqlik 
d) ma’lum bir jamiyatning siyosiy madaniyatida hukmronlik qiladigan ideallar va qadiyatlarning 
qulashi bilan birga keladigan inqiroz
45. Siyosiy konfliktning asosiy sabablari nimadan iborat? 
a) jamiyatdagi ijtimoiy tengsizliklar; asosiy qadriyatlar va siyosiy ideallarda odamlarning turli 
qarashlari 
b) fuqarolarni identifikatsiyalash; siyosiy muloqot texnologiyasidagi kamchiliklar, xatolar 
noto’g’ri talqin qilish 
c) hokimiyat uchun kurashayotgan siyosiy subyektlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
d) barcha javob to’g’ri 
46. Quyidagilardan qaysi qatorda fundamental ehtiyojlarning kamsitilishi bilan bog’liq obyektiv 
omillar to’g’ri ko’rsatilgan? 
a) ijtimoiy-iqtisodiy siyosatdagi noto’g’ri olib borilgan ishlar (kasbiy kompetentlik yetarli emas) 
b) hukmron elitaning quyi sinflar va ijtimoiy qatlamlarning tub manfaatlari va ehtiyojlarini 
hisobga olishni istamasligi 
c) kutilmagan vaziyatlarning oqibatlari (tabiiy ofat, global moliyaviy inqiroz, tashqi urushlar va 
boshqalar) 
d) ijtimoiy qatlamlar va sinflar tomonidan hokimiyat tuzilmalari tomonidan resurslar taqsimotini 
adolatsiz va noqonuniy deb qabul qilish
47. Siyosiy konflikt tipologiyasiga nimalar kiradi? 
a) konflikt kelib chiqishining sabablar majmuasi; konstruktv nizolar; guruhlar va shaxslararo 
konflikt, harakat vaqti 
b) namoyon bo’lish doirasi; jamoatchilikni jalb qilish darajasi, harakat vaqti, konlflikt kelib 
chiqishining sabablar majmuasi 
c) namoyon bo’lish va shakllanish darajasi yuqoriligi; hukmron elita va jamiyat o’rtasidagi 
siyosiy konflikt 
d) resurslar ustidagi kolfikt; konstruktiv nizolar; jamoatchilikni jalb qilish darajasi; namoyon 
bo’lish va shakllanish darajasi yuqoriligi 
48. Quyidagi fiklardan qaysi bir to’g’ri emas? 
a) fundamental ehtiyojlarning maqsadi o’z pozitsiyasini va dushmanning pozitsiyasini tashxislash 
va shunga qarab xatti-harakatlarning adekvat texnologiyalarini tanlash 
b) konfliklar davlatning rivojlanishi, va o’zgarishiga yordam beradi, chunki ular davlatdagi 
kamchiliklarni, qarama-qarshiliklarni ochib beradi 
c) konfliklar ichki tarqoqlik sabablarini bartaraf etishi va birlikni tiklashga yordam beradigan 
guruh birdaligini rivojlantirishi mumkin 


10 
d) konfliklar buzg’unchi va konsruktiv kabi shakllarga bo’linadi 
49. Siyosiy qarama-qarshiliklar nimalardan iborat? 
a) mojarodan oldingi holat 
b) mojarodan keyingi vaziyat 
c) ochiq konflikt bosqichi 
d) barcha javoblar to'g'ri 
50. "Insident" so'zining ma'nosi? 
a) kuchsiz zo'ravonlik, buzg'unchilik 
b) bo'layotgan baxtsiz hodisa, tushunmovchilik
c) buzg'unchilik 
d) bo'layotgan baxtsiz hodisa, zo'ravonlik 
51. Psixika regressiyasi raqibning qaysi shakllarida namoyon bo'ladi? 
a) salbiy jihatlarini bo'rttirib ko'rsatish 
b) ijobiy tomonlarini bo'rttirib ko'rsatish 
c) kamchiliklarni yetarlicha baholash 
d) ijobiy tomonlarini yuzaki ko'rsatish 
52. Tomonlarning konfliktga barham berishiga nima turtki bermaydi? 
a) bir yoki bir nechta tomonlar zaiflashishi 
b) konfliktni davom ettirishning samarasizligi 
c) tomonlardan birining aniq ustunligi 
d) ziddiyat tugatishni istagan vositachining paydo bo'lmasligi 
53. Konstitutsiyaning qaysi moddasida Diniy tashkilotlar va birlashmalar davlatdan ajratilgan 
hamda qonun oldida tengdirlar, davlat diniy birlashmalarning faoliyatiga aralashmaydi, deb 
ko’rsatilgan? 
a) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 4-moddasi 
b) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 61-moddasi 
c) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 92-moddasi 
d) O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 103-moddasi 
54. Xalqaro siyosatda diniy omil dastlab qaysi faoliyatdan iborat bo’lib, u mamlakatning 
geosiyosiy muammolarida hal qiluvchi omil bo’lib xizmat qilgan? 


11 
a) missionerlik 
b) mafkuraviylik 
c) radikallik 
d) dindorlik 
55. Qachon Bengaliyada avtonom va siyosiy harakatlar bilan bog’liq konflilktlar bo’lib, u 
mintaqa hududini ikki (G’arbiy va Sharqiy)ga bo’ldi? 
a) 1933-yil 
b) 1935-yil 
c) 1947-yil 
d) 1969-yil 
56. Global xalqaro konfliktlar ...? 
A) makon chegaralarga ega yemas, deyarli barcha davlatlarning taqdiri, dunyo taraqqiyotining 
yo‘nalishlari va tendensiyalari u yoki bu darajada ularning natijalariga bog‘liq
B) submintaqaviy yoki lokal darajada rivojlanadi, ular muayyan muammolar va hududlarga 
tegishli 
C bir xil siyosiy va geografik mintaqadagi xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Uning 
ishtirokchilari soni global mojarolarga nisbatan cheklangan va oqibatlari unchalik keng emas. 
D) ishtirok etgan tomonlarning taxminan teng kuchi bilan tavsiflanadigan konfliktlar kiradi.
l konfliktlar 
57 . Kim siyosiy konsepsiyani “birgalikda yashash san’ati” deb atagan? 
a) sotsiolog M. Veber 
b) yunon faylasufi Platon
c) fransuz faylasufi Rene Desartes 
d) germaniyalik faylasuf Emanuel Kant
58. Etnik umumiylik nima?
A) kishilarning jamoa bo'lib yashash tarzining tarixan vujudga kelgan ijtimoiy guruh shakli 
B) til, urf-odatlar, an'analar a'zolarining etnos shakli 
C) dinlar, etnos a'zolarning madaniy birligi 
D) xulq-atvorlarning o'ziga xos jihatlarini o'zida aks ettirgan umumiy birlik
59. Etnik konfliktlar nima? 
A) konflikt mazmunini ochib beruvchi asosiy hodisalar 


12 
B) kelib chiqish sabablariga, mazmunda bo'lgan aniq hodisa 
C) shaklga, sistema va strukturaga ega bo'lgan hodisa 
D) B va C javoblar to'g'ri 
60. Zamonaviy inqiroz sharoitida yuzaga keladigan konfliktlarda …… omilning o‘rni va 
ahamiyati bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir. Nuqtalar o‘rniga mos keladigan so‘zni 
tanlang? 
A) diniy 
B) tajovuz 
С) maxfiy 
В) madaniyat 
61. Konflikt ishtirokchilari qaysi sistemani o'z oldilariga maqsad qilib qo'ya olishmaydi? 
A) siyosiy-ijtimoiy 
B) ijtimoiy-iqtisodiy 
C) sotsial-iqtisodiy 
D) barcha javob to’g’ri 
62. O'zbekistonning BMT tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashi a'zoligiga 3 yil 
muddatga saylanganida, 193 ta davlatdan nechtasi O'zbekiston uchun ovoz berdi? 
A) 67ta 
B) 169ta 
C) 78ta 
D) 101ta 
63. 1798 - yilda Fransiya Fanlar Akademiyasining lugʻati, terrorizmga birinchi boʻlib qanday 
ta'rif bergan? 
A) “qoʻrquv tizimi,, 
B) “qora hokimiyat,, 
C) “qoʻrqinch hukmronligi,, 
D) “zoʻravonlik,, 
64. “Terrorizm tinch aholiga qasddan va tizimli hujumdir,,. Ushbu jumla kimga tegishli? 
A) Rus leksikografi V. Dal 
B) Harbiy olim N. Slipchenko 
C) Isroil bosh vaziri B. Netanyaxu 


13 
D) Ingliz tadqiqotchisi B. Jenkins 
65. Nechanchi yilda Oʻzbekiston Respublikasining " Terrorizmga qarshi kurashish toʻgʻrisida,, 
Qonun qabul qilingan? 
A) 1998-yil 15-yanvar
B) 2000-yil 15-dekabr 
C) 1995-yil 30-iyun 
D) 2003-yil 2-iyul 
66. Mintaqaviy konfliktlar...? 
A) makon chegaralarga ega yemas, deyarli barcha davlatlarning taqdiri, dunyo taraqqiyotining 
yo‘nalishlari va tendensiyalari u yoki bu darajada ularning natijalariga bog‘liq.
B) bir xil siyosiy va geografik mintaqadagi xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Uning 
ishtirokchilari soni global mojarolarga nisbatan cheklangan va oqibatlari unchalik keng emas. 
C) submintaqaviy yoki lokal darajada rivojlanadi, ular muayyan muammolar va hududlarga 
tegishli. 
D) ishtirok etgan tomonlarning taxminan teng kuchi bilan tavsiflanadigan konfliktlar kiradi. 
67. Terrorchilar doimo qanday tamoyilga amal qiladilar? 
A) “maqsad vositalarini oqlaydi,, 
B) “qoʻrquv bilan tizimni boshqaradi,, 
C) “hukmronlikni qoʻlga oladi,, 
D) “har qanday vaziyatda gʻolib boʻladi,, 
68. “Makon chegaralariga emas, deyarli barcha davlatlarning taqdiri, dunyo taraqqiyotining 
yoʻnalishlari va tendensiyalari u yoki bu darajada ularning natijalariga bogʻliq,, ushbu jumla qaysi 
konfliklarga tegishli? 
A) Global xalqaro konfliktlar 
B) Mintaqaviy konfliktlar 
C) Lokal konfliktlar 
D) Geografik konfliktlar 
69. “Xalqaro konfliktlar uch xil koʻrinishda boʻladi: "jang,, shaklida, "oʻyin,, shaklida va 
“munozara,, shaklida. Xalqaro xavfsizlik uchun eng xavfli koʻrinishi - bu "jang,, shaklida 
rivojlanayotgan konflik". Bu kimning fikri? 
A) J. Byorton 
B) K. Rayt 


14 
C) B.I. Xasan 
D) A. Rappoport 
70. “Simmetrik” so‘zining ma’nosi? 
A) bir xil siyosiy va geografik mintaqadagi xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Uning 
ishtirokchilari soni global mojarolarga nisbatan cheklangan va oqibatlari unchalik keng emas.
B) ishtirok etgan tomonlarning taxminan teng kuchi bilan tavsiflanadigan konfliktlar kiradi.
C) submintaqaviy yoki lokal darajada rivojlanadi, ular muayyan muammolar va hududlarga 
tegishli. 
D) makon chegaralarga ega yemas, deyarli barcha davlatlarning taqdiri, dunyo taraqqiyotining 
yo‘nalishlari va tendensiyalari u yoki bu darajada ularning natijalariga bog‘liq. 
71. “Kompromis” soʻzining ma'nosiga berilgan turi ta'rifni toping. 
A) toʻqnashuv va qarama-qarshilik 
B) davlat va millat tengligi, 
C) oʻzaro kelishuv va bir-biriga yon berish, 
D) xalqaro munosabatlarning kuchliligi 
72. 1960-yilda yozilgan "Urush va tinchlik haqida ba'zi mulohazalar,, asari kimga tegishli? 
A) K.Rayt 
B) R. Jordan 
C) V. Slipchenko 
D) V. Dal 
73. “Har bir tomonning manfaatlari yoki ikki tomonning kofliktni hal qilish shartlaridan iborat” 
so’zi kimga tegishli?
A) Konfutsiy 
B) M. Doych
C) A. Arbit
D) Platon
74. Konflikning oldini olish uchun amalga oshirish kerak bo`lgan amallar. 
A) Konfliktni hal qilish.
B) Konfliktni hal qilish va tartibga solish.
C) makro, o`rta, mikro va shaxslararo daraja.
D) vaziyatni nazorat qilish.


15 
75. Salbiy-konpitentsizlik so`zining ma`nosi nima? 
A) ziddiyatning kuchayishiga olib keladi.
B) oqilona harakat.
C) konflikning salbiy sabablari.
D) mojaroning salbiy tus olishi. 
76. Ratsional so`zining ma`nosi nima? 
A) ziddiyatning kuchayishiga olib keladi.
B) oqilona harakat.
C) konfliktning salbiy sabablari.
D) mojaro 
77. Konflikt bo`yicha menejment mutaxassis kasbi qaysi davlatda mavjud? 
A) Rossiya
B) Hindiston
C) Afg`oniston
D) AQSH 
78. Taktik yoki kanfliktni hal qilish strategiyasi elementi sifatida uslubini toping. 
A) “tartibga solish”
B) “kelishuv”
C) “hal qilish”
D) “sulh” 
79. Konfiliktni hal qilish jarayonida nimalar tahlil qilinadi? 
A) 1.Kerakli choralarni hal qilish. 2. Konflikt sabablarini aniqlamaslik. 3. Konfiliktni hal qilsih 
uchun kuch ishlatish. 4. Hal qilish sxemasini inkor qilish.
B) 1. Konfiliktning kelib chiqish sabablarini hal qilish. 2. Vaziyatni nazorat qilish. 3. Konfliktdan 
buzg`unchi ishtirok etishdan saqlanish.
C) 1. Konflikt manbalari. 2. Konfliktning “biografiyasi” 3. Konflikt ishtirokchilari. 4. 
Tomonlarning pozitsiyasi. 5. Konfiliktga munosabat.
D) Partiyalar, harakatlar, guruhlar, qurolli tuzilma. 
80. “Super obro” siymosi qaysi atmaga tegishli? 
A) arbitr


16 
B) bufer zona
C) avtoritar
D) vositachilik 
81. BMT qachon tashkil topgan? 
A) 1945
B) 1834
C) 1944
D) 1946 
82. Asimmetrik so‘zining ma’nosi? 
A) bir xil siyosiy va geografik mintaqadagi xalqaro munosabatlarga ta’sir qiladi. Uning 
ishtirokchilari soni global mojarolarga nisbatan cheklangan va oqibatlari unchalik keng emas.
B) submintaqaviy yoki lokal darajada rivojlanadi, ular muayyan muammolar va hududlarga 
tegishli. 
C) ishtirok etgan tomonlarning taxminan teng kuchi bilan tavsiflanadigan konfliktlar kiradi.
D) bu qarama-qarshi tomonlarning salohiyatidagi keskin farq qilinishi. 
83. Muzokaralarning asosiy maqsadi.....? 
A) davlatlar vakillari o'rtasida axborot almashish ,muhokama qilinayotgan masalalar bo'yicha 
o'zaro kelishuvga erishish maqsadlarini ko'zlaydigan muloqot jarayoni
B) konfliktni hal qilishda o'z xizmatini o'zi taklif qilish 
C) siyosiy konfliktlar paydo bo'lishining oldini olish hamda ularda yuzaga kelgan taqdirda hal 
qilishdir 
D) muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish; o'zaro maqbul yechimlarni izlash; tinchlik shartnomasini 
imzolash; o'z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish 
84. Muzokaralarni tayyorlash va o'tkazish jarayoni....? 
A) muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish; o'zaro maqbul yechimlarni izlash; tinchlik shartnomasini 
imzolash; o'z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish 
B) muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish; kommunikativ o'zaro muloqotni o'rnatish; tinchlik 
shartnomasini imzolash 
C) muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish; o'zlarining ichki va tashqi siyosiy vazifalarni hal qilish 
D) ikkala tomonlarga nisbatan neytral muvozanatli pozitsiyani tanlash;savollarning to'g'ri 
ifodalanishi; har ikkala muzokara qiluvchi tomon bilan ishlash vaqti hajmini tenglashtirish 
85. Xalqaro konfliktlarning yana bir tasnifi ..... hisoblanadi? 


17 
A) iqtisodiyot 
B) zamon-makon 
C) din 
D) siyosat 
86. Uchinchi tomon xatti-harakatiga qo'yiladigan talablar? 
A) ikkala tomonlarga nisbatan neytral muvozanatli pozitsiyani tanlash; savollarning to'g'ri 
ifodalanishi; har ikkala muzokara qiluvchi tomon bilan ishlash vaqti hajmini tenglashtirish 
B) axborot yetkazuvchi; jarayon maslahatchisi o'z zimmasiga olingan majburiyatlarning 
bajarilishi; nazorat qilish 
C) muzokaralarga tayyorgarlik ko'rish; maqbul yechimlarni izlash; tinchlik shartnomasini 
imzolash 
D) har ikkala muzokarachi tomonlarga navbat bilan murojaat qilish 
87. Regressiya bu ? 
A) tezkari harakat 
B) ko'zni chalg'itish 
C) jamoaviy boshqarish 
D) g'alabaga erishish 
88. Kanadalik siyosatshunos A. Rappoportning fikriga ko‘ra, xalqaro konfliktlar uch xil 
qo‘rinishda bo‘ladi, bularni sanab o‘ting. 
A) 
munozara, o‘yin, jang
B) 
munozara, jang, xavfsizlik 
C) xavfsizlik, munozara, o‘yin 
D) o‘yin, jang, xavfsizlik 
89. Qaysi antik faylosuflardan biri urushni eng katta yovuzlik deb qoralagan.
A) 
Geraklit. 
B) 
Geraklit. 
C) 
Demokrit. 
D) 
Aristotel 
90. Konfliktlar me'yoriy-huquqiy tartibga solish xususiyatiga ko'ra nimasiga qarab farqlanadi? 
A) xalqaro kuzatilayotganiga qarab 
B) mahalliy, mintaqaviy, mintaqalararoga qarab 
C) instutsionallashtirish va instutsional bo'lmaganligiga qarab 


18 
D) davlat boshqaruv apparati doirasida
91. Terrorizm …….. shakllarda namoyon bo‘lishi mumkin. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring? 
A) iqtisodiy, siyosiy, xavf xatar 
B) iqtisodiy, siyosiy, diniy, g‘oyaviy, milliy, guruhiy va individual 
C) bosim, milliy, guruhiy va individual 
D) guruhiy va individual 
92. Konfliktning hissiy va ijtimoiy keskinlikning kuchayishi bilan tasniflanadigan shakli qaysi? 
A) ochiq shakli 
B) yashirin shakli 
C) oshkora shakli 
D) yopiq shakli 
93. Konfliktlarni hal qilish va tartibga solish ....? 
A) Konfliktni hal qilish jarayonida vositachi yoki tomonlardan birining manfaatlariga javob 
beradigan qarorlar qabul qilish ehtimoli yuqori.
B) bu ularning oldini olishga, shuningdek, konfliktdan chiqish yo‘llarini topishga qaratilgan 
chora-tadbirlar tizimidan iboratdir. 
C) Konfliktni hal qilish ba’zan, faqat uning ayrim elementlarini hal qilishga xizmat qilishi 
mumkin. 
D) asosiy maqsadlarga erishishga va tomonlarning manfaatlarini to‘liq bo‘lmasada, ma’lum 
darajada ta’minlashga yordam beradi. 
94. Arbitraj so‘zining ma’nosi? 
A) arbcha arbitrage – o‘zaro kelishuv, bir-biriga yon berish 
B) fran. arbitrage — «vositachilik orqali bahsnini bartaraf etish» 
C) lat. arbitrage – xavfsizlik 
D) lat. arbitrage – jang 
95. Konfliktlarning paydo boʻlishini toʻgʻridan-toʻgʻri oldini olish uchun, ....? 
A) NATOni ishga solish 
B) rasmiy va norasmiy qonunlar eʼlon qilinganda 
C) yirik mojarolar paydo boʻlganda bartaraf etish bilan bogʻliqdir. 
D) avvalo nizoni paydo qiladigan sharoitlarni bartaraf etish bilan bogʻliqdir 


19 
96. Qachondan boshlab terrorizmning eng daxshatli turi avj oldi? 
A) XX asrning 60-yillaridan 
B) XX asrning 90-yillaridan 
С) XXI asrning 40-yillaridan
D) XXI asrning 50-yillaridan 
97. BMTning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyusiya qachon 
qabul qilindi qabul qilindi? 
A) 2018-yil 12-dekabr 
B) 2020-yil 10-noyabr 
V)2021-yil 10-noyabr 
G) 2022-yil 7-noyabr 
98. Terrorizm tushunchasi nima? 
A) lotincha «terror» - urush 
B) lotincha «terror» - jamiyat 
С) lotincha «terror» - qo‘rquv, dahshat
D) arabcha «terror» - qo‘rquv, urush 
99. Konfliktlar sababiga ko'ra qaysi turdagi to'qnashuvlarga bo'linadi? 
A) manfaatlar to'qnashuvi, qadriyatlar to'qnashuvi 
B) xalqaro to'qnashuv, mintaqaviy to'qnashuv 
C) ijtimoiy to'qnashuv, siyosiy to'qnashuv 
D) to'g'ri javob yo'q 
100. Qachondan terrorchilik alohida olingan davlat yoki mintaqa doirasidan chetga chiqib, 
xalqaro miqyosda uyushgan tashkilot darajasigacha ko‘tarildi? 
A) XX asrning 30-yillaridan 
B) XX asrning 40-yillaridan 
V) XX asrning 50-yillaridan
G) XX asr oxiri XXI asr boshlariga kelib 

Yüklə 389,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin