1-rasm. Wi-Fi aloqa tarmog’i
Xuddi oddiy tarmoqlar kabi WLAN tarmog’ida ham ma’lumotlarning
o’tkazuvchanlik qobiliyati uning topologiyasidan, yuklanishidan, yuklanish nuqtasining
masofasiga va shu kabi parametrlarga bog’liq bo’ladi.
Ushbu tarmoqni eng qulay
tomonlaridan birinchisi uni oson o’rnatilishida bo’lsa ikkinchisi esa
Wi-Fi tarmog’ini kengaytirishdagi muammolarni umuman yo’qligi yoki boshqacha
qilib aytganda ushbu tarmoq kengayishi oson bo’lgan eng sodda tarmoq hisoblanadi
desam mubolag’a bo’lmasa kerak. Ushbu WLAN tarmo’gini
kengaytirish uchun esa
amaliy jihatdan yondoshib qaraganda yangi ulanish nuqtalarini yaratishning o’zigina
kifoya.
Wi-Fi qurilmasini yoki razvyortkasini sotib olayotgan foydalanuvchi o’zini bemalol
quyidagi imkoniyatlarni ega deb hisoblashi mumkin:
1. Ko’p funksional multiservisli simsiz aloqa bilan birgalikda qo’shimcha
qurilmalar bilan ishlovchi maxsus qurilma
2. Yuqori tezlikda uzoq masofalarga ma’lumot almashinish imkoniyatigaega
bo’lasiz
3. Tarmoqni kengaytirish uchun deyarli hech qanday ishni amalga
oshirishni keragi
yo’q:yangi foydalanuvchi tarmoqqa ulanish uchun tarmoqqa ulanish parolini bilishi
buning uchun yetarli hisoblanadi.
4. Ushbu foydalanuvchi internet texnologiyalari hamda telekommunikatsiya
sohalarining eng oxirgi yutuqlaridan foydalanayotgan bo’ladi.
Quyidagi rasmda Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari keltirilgan.
2-rasm. Wi-Fi tarmog’iga ulanish qurilmalari
Wi-Fi simsiz aloqa tarmog’ining keyingi avlodi Li-Fi deb nomlandi.
Yaqinda olimlar ma’lumotlarni o’tkazish uchun mo’ljallangan
mutlaq yangi
texnologiya ustida ishlashni boshlab yuborishgan edi. Bu simsiz interfeys bo’lib, uning
yordamida oddiy yoritguvchi asboblardan foydalangan holda nurlanish maromini
buzmay, osongina va tezkorlik bilan ma’lumotlarni o’tkazish mumkin. Buning uchun
insonning ko’ziga ta’siri judayam kam bo’lgan yorug’lik diodlarining intensivligini tezda
va yuqori aniqlikda o’zgartira olish qobiliyatiga ega texnologiyalardan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: