Axborot texnologiyalari universiteti urganch filiali


Wi-MAX ning ishlash rejimlari: Fixed Wi-MAX



Yüklə 330,55 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/11
tarix19.04.2023
ölçüsü330,55 Kb.
#100690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
simsiz

Wi-MAX ning ishlash rejimlari: Fixed Wi-MAX
fiksirlashgan kirish. 
Nomadic Wi-MAX — seansli kirish. 
Portable Wi-MAX — qaytadan joylashtirish rejimi bo’yicha kirish. 
Mobile Wi-MAX — mobillashgan kirish. 
Fixed Wi-MAX. Fiksatsiyalangan aloqa 10-66 GHz chastota diapazonini ishlatadi. 
Ushbu chastotali diapason kuchli so’nish tufayli uzatuvchi hamda qabul qilgichlarning 
to’g’ridan to’g’ri bir biriga ko’rish orqali signal uzatishni talab etadi. Boshqa tomondan 
esa ushbu chastotali diapazon radioaloqadagi eng asosiy muammo bo’lmish signalning 
ko’pnurli tarqalishini oldini oladi va signal uzatish tezligini 120 Mbit/s gacha 
ko’tarilishiga olib keladi. 
Nomadic Wi-MAX. Seansli aloqa orqali foydalanuvchi bemalol joydan joyga 
ko’chib yurishi hamda aloqaning uzilgan joyidan ulanib, foydalanishda davom etishi 
mumkin. 
Portable Wi-MAX. Portable rejimida foydalanuvchining baza stansiyalar aro 
aloqani uzmagan holda avtomatik ravishda ulanishi imkoni mavjud. Lekin ushbu rejimda 
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chish tezligi 40 km/soat dan oshmasligi lozim. 
To’g’ri, ushbu rejimdan shaxarda foydalanish mumkin, lekin avtomobillarda foydalanish 
biroz muammoni tug’diradi. 


Mobile 
Wi-MAX. 
802.16e-2005 
standartida 
ishlab 
chiqilgan 
bo’lib, 
foydalanuvchining joydan-joyga ko’chib yurish tezligini maksimal 120 km/soatgacha 
bo’lganda sifatli aloqani taminlay oladi. 
Mobile rejimning yutuqlarini quyidagi keltirilganlar orqali sanab o’tishimiz mumkin. 
Ko’p nurlanishli tarqalishdan ishonchli himoyalanganligi. Yuqori o’tkazuvchanlik 
qobiliyati. 
➢ 
TDD (Time Division Duplex) texnologiyasi bilan ta’minlanganligi, bu 
texnologiya orqali assimetrik trafiklarni qayta ishlashga va antennalarning ishlashi qiyin 
bo’lgan kanallarni normallashtiradi. 
➢ 
H-ARQ 
(Hybrid-Automatic 
Repeat 
Request) 
texnologiyasi 
bilan 
ta’minlanganligi, bu texnologiya abonent serverdan boshqa serverga o’tish paytida 
aloqani uzmasdan ishonchliligini ta’minlaydi. 
➢ 
HHO(Network-Optimized 
Hard 
Handoff) 
texnologiyasi 
bilan 
ta’minlanganligi, bu texnologiya orqali 50 ms ichida abonent va server orasida ishonchli 
va uzviy aloqani ta’minlaydi va boshqa texnologiyalar bilan ta’minlangan. Bir so’z bilan 
aytganda, bu rejim ishonchli va mustahkam aniq aloqani ta’minlashga ega. 
Hozirgi paytda simsiz aloqaning qurilish texnologiyasi soddaligi va tizimlararo 
ma’lumot almashish qulayligi, har qanday ob-havo sharoitida aloqani uzatish bir xilligi 
va simli aloqa liniyalari texnologiyalari orqali (bog’langan holda) qulay aloqa qilishi 
orqali samaraliligi oshishi kabilar qulaylik yaratmoqda. Wi-MAX texnologiyasi orqali 
qo’shimcha xizmatlar yaratish (Internet tizimga ulanish qulayligi va yuqori tezlikda 
ma’lumot almashishi) va ularni ishonchli ishlatilishi texnologiyaning ustuvorligini 
ko’rsatmoqda. 

Yüklə 330,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin