Fanning maqsadi va vazifalari Odam anatomiyasi va fiziologiyasi faninio‘qitishdan maqsad – talabalarga odam
organizmini tuzilishi va funksiyalari, organlarni ontogenez davomida takomilashishini
o‘rgatishdan iborat. Bu fanlarni o‘qitish davomida talabalar organlar sistemasi ularning
tuzilishi, fiziologiyasi va kasalliklari to‘g‘risida bilimga ega bo‘ladilar.
Fanning vazifasi talabalarga odam organizmining tuzilishi va a’zolarning fiziologiyasi hamda
rivojlanishi qonuniyatlarini, tashqi muxitning odam organizmga ta’sirini eksperimental fan
sifatida o‘rganishdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma malakasiga qo‘yiladigan talablar «Odam anatomiyasi va fiziologiyasi» fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga
oshiriladigan masalalar doirasida bakalavr:
- hujayra va uning tuzilishi, odam anatomiyani o‘rganishda qo‘llaniladigan asosiy metodlar,
odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani tarixini bilish, odam anatomiyasi va fiziologiyasida
ishlatiladigan terminlar, organ, organlar sistemasi, odam anatomiyasida satxlar. Suyaklar
tuzilishi xillari va birikishi, muskullar va ularning xillari, ichki organlar va ularning turlari, qon
aylanish sistemasi, nerv sistemasi, sezgi organlari, ichki sekretsiya bezlarini tuzilishi hamda
fiziologiyasini bilishi kerak; - atlas, jadvallardagi rasmlarni taniy olishi, fiziologik jarayonlarni izohlash, ko‘krak va qorin
sohasidagi organlarni ajrata olish, faol harakatda organizmda kechadigan prosseslarni
ajrata olish ko‘nikmasiga ega bo‘lish kerak; - odam organizmi tayanch – harakat sistemasining ishlashi va funksiyasini boshqarilishi,
mashq qilishning organizm muskul va tayanch – harakat sistemasi rivojlanishiga ta’siri,
jismoniy mashqning odam salomatligiga ta’siri bo‘yicha malakaga ega bo‘lishi kerak. Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan