Fanning ta’limdagi o‘rni
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi talabalarga turli sharoitda bolalar va o‘smirlar
organizmini sog‘lomlashtirish, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash
yo‘lida o‘z bilimlarini oshirish imkonini beradi va bu olgan bilimlarini etuk mutaxasis sifatida
ta’lim – tarbiya jarayonini sog‘lomlashtirish yo‘l yo‘riqlarini ishlab chiqishga yo‘naltiradilar.
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun
o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv
va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual
stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va amaliy darslariga mos ravishdagi
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi
Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Kirish – odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va
rivojlanish tarixi
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, o‘rganish
usullari, biologiya fanlari sistemasida tutgan o‘rni. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari.
Anatomiyaning rivojlanish tarixiga doir ma’lumotlar. Qadimiy Yunonistonda anatomiyaning
ilk rivojlanishi. Uyg‘onish davrida Aleksandriya, Rim, O‘rta Osiyo olimlarining anatomiya
sohasidagi ishlari. XVIII - XX asrlarda anatomiya fanining Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda
rivojlanishi.
Odam organizmida sodir bo‘ladigan harakat turlari. Mexanik, kinematik va dinamik harakat.
Umumiy va xususiy biomexanika to‘g‘risida to`shuncha. Sport biomexanikasi.
Biomexanikaning rivojlanishi. P.F.Lesgaft, I.I.Sechenov, A.A.Uxtomskiy, N.A.Bronshteyn
ishlari. Markaziy Osiyoda va O‘zbekistonda biomexanika fanining rivojlanishi.
Dostları ilə paylaş: