Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


uzviyligi va ketma – ketligi



Yüklə 317,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/21
tarix20.04.2023
ölçüsü317,08 Kb.
#100978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Одам анатомияси

uzviyligi va ketma – ketligi 
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fani, V va VII – semestrlar davomida o‘qitiladi. U 
tabiiy fanlar fiziologiya, gistologiya, sitologiya, biomexanika, biokimyo, biofizika, genetika 
fanlari bilan uzviy hamkorlikda bo‘lib, ularning usullariga va yutuqlariga tayanadi. 
Dasturni amalga oshirish o‘rta maktab litsey va kolledjlarda o‘qitiladigan zoologiya, 
odam va uning salomatligi, umumiy biologiya fanlaridan umumiy bilim va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishlik talab etiladi. 


Fanning ta’limdagi o‘rni 
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi talabalarga turli sharoitda bolalar va o‘smirlar 
organizmini sog‘lomlashtirish, O‘zbekiston kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodni tarbiyalash 
yo‘lida o‘z bilimlarini oshirish imkonini beradi va bu olgan bilimlarini etuk mutaxasis sifatida 
ta’lim – tarbiya jarayonini sog‘lomlashtirish yo‘l yo‘riqlarini ishlab chiqishga yo‘naltiradilar. 
Fanni o‘qitishda foydalaniladigan zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar 
Talabalarning Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanini o‘zlashtirishlari uchun 
o‘qitishning ilg‘or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion pedagogik 
texnologiyalarni tadbiq qilish muhim ahamiyatga egadir. Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv 
va uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual 
stendlar va maketlaridan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va amaliy darslariga mos ravishdagi 
ilg‘or pedagogik texnologiyalardan foydalaniladi 
 
Asosiy qism 
 Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni 
Kirish – odam anatomiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va 
rivojlanish tarixi 
 
Odam anatomiyasi va fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, o‘rganish 
usullari, biologiya fanlari sistemasida tutgan o‘rni. Anatomiya fanining asosiy tarmoqlari. 
Anatomiyaning rivojlanish tarixiga doir ma’lumotlar. Qadimiy Yunonistonda anatomiyaning 
ilk rivojlanishi. Uyg‘onish davrida Aleksandriya, Rim, O‘rta Osiyo olimlarining anatomiya 
sohasidagi ishlari. XVIII - XX asrlarda anatomiya fanining Markaziy Osiyo va O‘zbekistonda 
rivojlanishi. 
Odam organizmida sodir bo‘ladigan harakat turlari. Mexanik, kinematik va dinamik harakat. 
Umumiy va xususiy biomexanika to‘g‘risida to`shuncha. Sport biomexanikasi. 
Biomexanikaning rivojlanishi. P.F.Lesgaft, I.I.Sechenov, A.A.Uxtomskiy, N.A.Bronshteyn 
ishlari. Markaziy Osiyoda va O‘zbekistonda biomexanika fanining rivojlanishi. 

Yüklə 317,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin