Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Ichki organlar. Ovqat hazm qilish sistemasi



Yüklə 317,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix20.04.2023
ölçüsü317,08 Kb.
#100978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Одам анатомияси

Ichki organlar. Ovqat hazm qilish sistemasi. 
 
Ichki organlarning umumiy tavsifi, ularning klassifikatsiyasi va funksiyasi. Tananing 
bo‘yi, ko‘krak va qorin bo‘shlig‘idagi organlari. Ichki a’zolar devoridagi seroz parda, muskul 
qavat, shilliq pardaning ta’rifi, ularning shakllanishi. 
Ovqat hazm qilish organlari va ularning shakllanishi. Og‘iz bo‘shlig‘i, bo‘g‘iz 
bodomchalari, tanglay devorlarining tuzilishi. Nafas olish va ovqat moddalarni qabul qilishda 
ularning ahamiyati. Qizilo‘ngach, uning filogenezi. Me’da-ichak kanali. Me’da va me’da osti 
bezi. Jigar, o‘t pufagi va ichaklarning tanada joylanishi, ularning tuzilishi va ahamiyati. Me’da 
ichak qismlarining funksional ahamiyati. Ovqat hazm qilish organlarining evolyusiyasi va 
yoshga bog‘liqlik xususiyatlari. Turli xildagi jismoniy harakatlar vaqtida oshqozon-ichaklar 
sistemasida bo‘ladigan o‘zgarishlar. 
Jigarda qon aylanish xususiyatlari. Hazm organlarining rivojlanishi davrida 
uchraydigan anomaliyalar. 
Nafas olish sistemasi. 
 
Burun bo‘shlig‘i, xiqildoq, traxeya, bronxlar va o‘pkalarning tuzilishi, tanada 
joylashishi. Xiqildoq, tog‘aylar, muskullari, bo‘g‘imlari va boylanmalari. Xiqildoqning tovush 
hosil kilish
Siydik va tanosil organlar sistemasi. 
 
Siydik organlari, ularning rivojlanishi va anomaliyalari. Buyraklarning mikro-makro 
tuzilishi va rivojlanishi. Buyraklarda qon aylanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Siydik yo‘llari, 
qovuq, siydik pufagi, ularning ahamiyati va yoshga bog‘lik xususiyatlari. 
Jinsiy tanosil organlar. Erkaklik jinsiy organlari, moyaklar, urug‘ chiqarish yo‘llari, 
urug‘ kanali, urug‘ pufagi, erlik olati yorg‘oqning tuzilishi. Ayollar tanosil organlari, tuxumdon, 
bachadon, jinsiy qin, bachadon nayi, katta va kichik uyatli lablar, siydik chiqarish nayi, 
oraliqning yuza, chuqur muskullari va fassiyasi. Tanosil organlarining gigienasi va 
anomaliyalari. 

Yüklə 317,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin