Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi



Yüklə 317,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/21
tarix20.04.2023
ölçüsü317,08 Kb.
#100978
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Одам анатомияси

Analizatorlar. 
 
Eshitish, ko‘rish, ta’m bilish va teri analizatorlarining organizmdagi ahamiyati. Ta’m 


bilish organi, ta’m bilish boylamalari, ularning joylanishi, periferik, o‘tkazuvchi va markaziy 
bo‘limlar. 
Eshitish va vestibulyar analizatorlar. Tashqi, o‘rta va ichki qulok. Eshitish naylari
ularning funksional ahamiyati va tuzilishi. Suyak va pardali labirentlar. Chig‘anoq, uning 
tuzilishi va ahamiyati. Odam nutqini rivojlanishiga binoan chig‘anoqning takomillashib 
borishi. 
Ko‘rish analizatori. Ko‘zning tuzilishi. Ko‘z soqqasi va uning pardalari. Ko‘z gavhari 
va yordamchi apparatlar. Ko‘zning qon tomirlari va nervlari. Ko‘z innervatsiyasi, ko‘z 
anomaliyalari. Yaqindan va uzoqdan ko‘rish. Ko‘rish qobiliyatining kishi yoshiga binoan 
o‘zgarish xususiyatlari. 
Teri analizatori. Terining tuzilishi, pigmentlanish xususiyati va uning ahamiyati. Soch 
va tirnoqlar, teri innervatsiyasi. Teri gigienasi va chiniqtirishning ahamiyati. 
 
Amaliy mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar 
 
Amaliy mashg‘ulotlarida talabalar odam organlari tuzilishini vizual va atlas 
yordamida ko‘nikma va malakalar hosil qilishadi. Amaliy ishlari uchun tavsiya etiladigan 
mavzular: 
Suyaklarning tuzilishi, xillari. Suyak tarkibidagi organik va anorganik moddalar 
amaliy sharoitidagi dekelsinatsiya va yondirib ko‘rish bilan tekshirib ko‘rish.
Qo‘l va elka kamarini suyaklarini tuzilishi, ko‘krak, o‘mrov, ko‘krak suyaklari. Erkin 
harakat qismi suyaklari: elka, bilak, tirsak, bilak uzuk, kaft va barmoq suyaklari va ularni 
o‘zaro birikishi turlarini o‘zgarish panja barmoqlari bo‘g‘imlari turini o‘rganish.
Erkinlik bosqichlari va harakat bog‘lari, biokinematik zanjirdagi richaglar 
to`shunchasi.
Oyoq, tos kamarining suyaklari. Chanoq va dumg‘aza suyaklarini birikishi. Son va 
tizza bo‘g‘imlari. Meniska, boldir – oyoq, panja, tovon va oshiq osti bo‘g‘imlari tovon, kaft, 
barmoq bo‘g‘imlarini o‘rganish. Biokinematik mayatniklar.
Miya qutisi suyaklari. Yuz suyaklarini o‘rganish. Kalla suyagining ichki va tashqi 
tuzilishi. Bo‘shliqlar funksiyasi. O‘g‘il bolalarning balog‘atga etish davrida tovush gigienasi. 
Qon aylanishning gaz almashishi funksiyasi bilan bog‘lik bo‘lgan xususiyatlari. Plevra 
bo‘shlig‘i va uning ahamiyati. Yoshga qarab nafas olish sistemasi tuzilishining o‘zgarishi. 
Jismoniy tarbiya va mashqlarni nafas olish sistemasi rivojlanishiga ta’siri. 
Gavda muskullari. Orqa va ko‘krak qismidagi muskullari. Trapetsiyasimon muskul, 
orqaning keng muskuli, rombsimon, ko‘krakni ko‘taruvchi, katta va kichik dumaloq va oldingi 
tishli muskullari. 
Nafas olish va chiqarish muskullari. Ko‘krak fassiyasi, barcha muskullarning birikishi 
va vazifalari. 
Bo‘yin muskullari. Bo‘yin va teri osti muskullari. To‘sh, o‘mrov, so‘rg‘ichsimon 
muskullari. Til osti suyagiga birikuvchi muskullar. 
Qovurgalararo muskullar, ko‘krakiing ko‘ndalang muskuli. Diafragma, oldingi, o‘rta va 
keyingi narvonsimon muskullarning birikishi va funksiyalari. 
Qorin muskullari. Chov boylami va chov kanali muskullari. 
Qo‘lning erkin muskullari. Qo‘l panjasining bukuvchi bilak, tirsak va kaft usti 


muskullari. 
Elka-bilak muskullari. Bosh barmoq, va barmoqlarni bukuvchi muskullari. Panjani 
yozuvchi, bosh barmoqlari va barmoqlarni yozuvchi muskullar. Barmoqlarni uzoqlashtiruvchi 
va jimjiloq muskullari.
Elka, bilak-panja, bilak-tirsak bo‘g‘inlari muskullari. 
Tishlar, til va yumshoq tanglay. Til osti, jag‘ osti, quloq oldi so‘lak bezlari, ularning 
anotomik tuzilishi. Halkum, qizilo‘ngach, oshqozon. Oshqozonning turli bo‘limlari va ularda 
joylashgan sekretor hujayralar. Ingichka ichak va uning bo‘limlari. 
Hazm kanali turlari bo‘limlaridagi shilliq pardalar, ularning ahamiyati. Vorsinkalar, 
sfinktorlar hakida to`shuncha. Jigar, o‘t pufagi va uning yo‘llari. Jigarning mikroskopik 
tuzilishi. Oshqozon osti bezi va uning yo‘llari. Yo‘g‘on ichak, ko‘r ichak va to‘g‘ri ichaklarni 
o‘rganish.
Burun bo‘shlig‘i. Hiqildoq, traxeya va bronxlar. O‘pkalar, ularning tuzilishi 
xususiyatlari. Plevra va uning funksiyasi. Nafas olish a’zolari topografiyasini o‘rganish. 
Buyraklarning shakli, makroskopik va mikroskopik tuzilishi. Nefron, uning tuzilishi va 
ahamiyatini o‘rganish. Siydik yo‘li va siydik pufagi, topografiyasi. 
Ayirish organlari. 
Buyraklarning shakli, makroskopik va mikroskopik tuzilishi. 
Nefron, uning tuzilishi va ahamiyatini o‘rganish. Siydik yo‘li va siydik pufagi, topografiyasi. 
Yurak anatomiyasnni o‘rganish. Yurak devorlari qavati, kameralari, klapanlari va 
ularning vazifalari. Yurakka keluvchi va yurakdan chiquvchi qon tomirlari. Gavda va bo‘yin 
qon tomirlari. Aorta bo‘yi, uyqu arteriyalari. Yurakning toj tomirlari. Ko‘krak va qovurg‘alararo 
arteriyalari. Qorin aortasi va uning tarmoqlarini o‘rganish.
Yurak kovak venalari. Jigar darvoza venasi. Pastki kovak vena. Jigar, buyrak va 
umumiy yonbosh venalari. 
Qo‘l-oyoq qon tomirlari. O‘mrov osti, elka, bilak va tirsak arteriyalari, ularning 
anastomozlari. Panja arterial yoylari. Qo‘lning teri osti chuqur venalari. Son arteriyalari va 
venasi. Bosh va bo‘yinni qon tomirlarini o‘rganish.Limfa sistemasi. Limfa sistemasi va 
tugunlari o‘rganish. 
Endokrin sistemasi. Endokrin bezlarining xillari, tuzilishi, ahamiyati va topografiyasini 
o‘rganish. 
Orqa va bosh miyaning umumiy qismlari. Orqa miyaning oldingi va orqa egati 
ildizlari. Umurtqalararo tugunlar, orqa miya po‘stlog‘i. Orqa miya ko‘ndalang kesimining 
tuzilishi. 
Bosh miyaning tuzilishi, uning bo‘limlari. Bosh miya nervlarini chiqishi. Hidlash, 
ko‘rish, ko‘zni harakatga keltiruvchi g‘altaksimon va uzoqlashtiruvchi nervlarning umumiy 
topografiyasi. Uchlamchi nerv, uning tuguni. Ko‘z kosasi, yuqori va pastki jag‘larning 
nervlari. Yuz nervlari. Eshitish va til-tarmok iervlari. Adashgan nerv, uning topografiyasi. 
Bosh miya po‘stlog‘i. Miyaning qattiq po‘stlog‘i va teshiklari. Vena 
bo‘shliqlari.Uzunchoq miya nervlari bilan ta’minlanishi. Miyachani tuzilishi. O‘rta miya, oraliq 
miya va ularning tuzilishi. 
Ko‘z. Ko‘zning tuzilishi, ko‘z pardalari, g‘ovaklari, kamalak parda, oldingi va keyingi 
kameralari, shishasimon tana. 
Quloq. Tashqi, o‘rta, ichki quloqning tuzilishi. 



Yüklə 317,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin