Odam anatomiyasi va fiziologiyasi. Fan dasturi


Tayanch – harakat sistemasi



Yüklə 317,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/21
tarix20.04.2023
ölçüsü317,08 Kb.
#100978
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Одам анатомияси

Tayanch – harakat sistemasi 
 
Tayanch harakat sistemasi organlari. Odam skeleti va suyaklarining tuzilishi. 
Suyakning tig‘iz va g‘ovak moddalari va ularning ahamiyati. Suyak shakllari. Suyaklarning 
O‘sishi, rivojlanishi, suyak usti va epifizar tog‘ay to‘qimasining ahamiyati. Suyaklarning 
birikishi.Bo‘g‘imlar va ularning turlari. Bir o‘qli, ikki o‘qli, ko‘p o‘qli, yassi, hamkor bo‘g‘imlar 
haqida to`shuncha. 
Suyaklar birikishining xillari. Sindesmoz, sinxondroz va sinostoz birikish. Xomilaning 
rivojlanishida suyak to‘qimasining shakllanishi va o‘sishi to‘g‘risida ta’limotlar. Suyak 
segmenti hakida to`shuncha. 
Tana skeleti: umurtqa pog‘anasi skeleti. Umurtqa pog‘anasi suyaklarning tuzilishi va 
birikishi. Umurtqa pog‘onaning bo‘limlari. Bo‘yin, ko‘krak, bel, dumg‘aza va dum 
umurtqalarining ta’rifi. Bolalar umurtqa pog‘onasining tuzilishi xususiyatlari. Umurtqa 
pog‘onasining bir butunligi. Ko‘krak qafasi skeleti. Qovurg‘alar va to‘shning tuzilishi, ularning 


o‘zaro birikishi. Umurtqalar pog‘onasi va ko‘krak qafasining bir butunligi. Gavda skeletining 
yoshga qarab o‘zgarishi. 
Qo‘l va elka kamari skeleti. O‘mrov va kurak suyaklari, ularning tuzilishi va o‘zaro 
birikishi. Bo‘g‘imlarning aylanishi o‘qi. Erkin qo‘l skeletining tuzilishi, birikishi va bo‘g‘imlari. 
Aylana o‘qi. 
Oyoq va oyoq kamari skeleti, ularning funksiyasi. Birikish bo‘g‘imlari va ularning 
xarakatlanishi. Kamar skeleti suyaklarining shakllanishi va yoshga qarab o‘zgarishi. 
Bosh skeleti. Bosh skeletining miya va yuz bo‘limlari. Bosh skelet suyaklarining 
birikishi, choklari, pastki jag‘ bo‘g‘ini. Bosh skeletining umurtqa pog‘onasiga bog‘lanishi. 
Bosh suyagining asosiy shakllari. Yuz bo‘shliqlari (ko‘z kosasi, burun) ning ta’rifi. Bosh 
suyagining o‘z o‘qi atrofida xarakatlanishi. Bosh skeletining rivojlanishi va suyaklanishi. 
Chaqaloqlarda bosh suyaklar rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari. Bosh skeleti suyaklari 
rivojlanishini yoshga bog‘liqligi.
Tayanch xarakat apparati sistemasi organlarida uchraydigan, paydo bo‘ladigan 
nuqsonlarni oldini olish va bartaraf etish. 

Yüklə 317,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin