II - BO‘LIM
Asosiy qism.
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
Kirish – Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari, metodlari va
rivojlanish tarixi
Odam fiziologiyasi fanining predmeti, maqsadi, vazifalari va tekshirish usullari. Tabiiyot
fanlari sistemasida tutgan o‘rni. Pedagogika, psixologiya, gigiena, meditsina, biologiya,
anatomiya, kimyo va jismoniy tarbiya fanlari uchun ahamiyati. Fiziologiyaning ob’ekti va
tajriba o‘tkazish usullari. Fiziologiya fani tarixiga doir ma’lumotlar. Vatanimiz va xorij
olimlarining fiziologiya fani rivojiga qo‘shgan hissalari.
Fiziologiyaning asosiy qonuniyatlari va fiziologik to`shunchalari
Organizm va tashqi muhit. Organizmning yashash sharoitiga moslanishi. Gomeostaz va uni
saqlovchi vositalar. Moddalar va energiya almashinuvi. Assimilyasiya va dissimilyasiya.
Fiziologik reaksiyalar: ta’sirlanish, ta’sirlovchilar va ularning turlari. Qo‘zg‘aluvchanlik va
uning yuzaga kelishida hujayra membranasining ahamiyati. Reflektor reaksiyalar.
Organizmning funksional sistemalari haqidagi ma’lumot.
Qon sistemasi fiziologiyasi
Organizmning muhiti haqida to`shuncha. Qon sistemasi, qonning miqdori va tarkibi. Qon
hosil qiluvchi organlar va qon deposi. Qonning fiziologik vazifalari. Qonning yopishqoqligi va
nisbiy zichligi. Qonning o‘rnini bosuvchi eritmalar.
Qon plazmasining tarkibi. Qonning shaklli elementlari: eritrotsitlar, leykotsitlar. Ularning
tuzilishi, miqdori. Odamning jismoniy ishi, mehnati va tinch holatidagi gemoglabin miqdori.
Eritrotsitlarning rezistentligi va gemolizi. Leykotsitlarning miqdori tuzilishi va funksiyasi.
Agronulotsitlar va granullotsitlarning turlari. Leykotsitar formula. Trombotsitlarning miqdori,
tuzilishi va funksiyasi, qon ivishidagi ahamiyati. Qonning ivishi.
Immunitet. Immunitet turlari. Qonning immunobiologik reaksiyasi. Eritrotsitlarning
agglyutinatsiya reaksiyalari. Qon guruhlari. Qonning agglyutinnogenlari va agglyutininlari.
Rezus-faktor to`shunchasi. Gemoliz.
Dostları ilə paylaş: