Hamkorligida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish


Publishing centre of Finland



Yüklə 404,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix21.04.2023
ölçüsü404,02 Kb.
#101387
1   2   3   4
Xolmurodova Nafisa Tolibjonovna (1)

Publishing centre of Finland 
bolalarning borligi tashvishli holdir. Bolaning maktab vaqtida shakllanishida 
o’qituvchi, mutaxassis pedagog xodimlar, ya’ni sinf rahbarlari va boshlang’ich sinf 
o’qituvchilarining roli kattadir. 
Ta’lim muassasasida tarbiyasi og’ir o’quvchilar bilan amalga oshiriladigan 
ishlar tartibi: 
Tarbiyasi og’ir bolalar va noqobil oila farzandlari uchun alohida kuzatuv 
ishlarini olib borish; 
-Tarbiyasi og’ir bolaning yashash joyida ham nazoratga olinishini ta‟minlash; 
-Voyaga yetmagan oquvchilarning ijobiy yoki salbiy tomonga o’zgarishini 
doimiy nazorat qilib borish; 
-Mahallada hamda maktabda tarbiyasi og’ir bolaning qiziqarli ish bilan 
shug‟ullanishini ta’minlash. 
-Mahallada tarbiyaning ta’sirini oshirish; 
-Darslarga sababsiz kelmay qolgan o’quvchilar haqida aniq ma’lumotlarga ega 
bo’lish, ular bilan darhol profilaktik ishlarni amalga oshirish; 
- Har bir o’quvchining oilaviy sharoiti bilan birga psixik, fizik rivojlanishini 
kuzatib borish; 
-O’quvchilarning oilaviy sharoitini o’rganib, ularning ota-onalari haqida 
ko‟proq ma’lumotga ega bo’lish; 
- Maktab psixologi bilan hamkorlikda tarbiyasi og’ir o’quvchilarning psixik 
holatlarini kuzatib borish.Kuzatishlarimizdan bilamizki, oilaning tо’liq yoki 
notо’liqligi ham bolalar va о’smirlar nazoratsizligining kelib chiqishiga u yoki bu 
kо’rinishda ta’sir qiladi. Shu boisdan oilada ota-onalarning birgalikda ahil, inoq 
yashashligi bolalar va о’smirlar xulqidagi og’ishlarning oldini olishda muhim 
hisoblanadi. Ota onalar tushunishida qiyinchiliklarga uchraydigan bolaning 
mumkin bo’lgan barcha variantlarini aytib o’tish foydasiz, chunki har qanday bola 
ham tabiatan “qiyin” bo’lishi mumkin. Odatda hamma bolalar tug’ilgan 
vaqtlaridayoq ota onalariga ma’lum bir qiyinchiliklar keltiradilar. Ammo ba’zilar 
uchun muammo bo’lgan narsa, boshqalarga hech qanday qiyinchilik keltirmaydi 
va u ko’pgina sabablarga bog’liq. Bolaga nisbatan ota onalarning tutgan yo’li, 
oiladagi qadriyatlar tizimi, oila a’zolari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning bor 
yoki yo’qligi, shuningdek boshqa ko’pgina narsalar bolani tarbiyalash jarayonida 
muqarrar ravishda paydo bo’ladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish malakasini 
belgilab beradi. Barcha insonlar ham bir xilda bo’lmaydi, shuningdek, oilalar ham 
turlichadir. Shubhasiz bolalar ham bir–biriga o’xshamaydi. Bu tabiiy hol. Lekin 
ko’pincha kattalar buni unutib qo’yadilar, o’zlaricha qandaydir umumiy 
tavsiyalardan yordam ko’rishga moyil bo’ladilar va bunda: “bola bajarishi kerak”, 
“bolaga mumkin emas” kabi so’zlarni ishlatadilar. Bu esa xato. Bola avval 
boshdanoq hech narsani bajarishga majbur emas, unga hech narsa joiz ham emas. 


International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers 
Impact factor (SJIF) = 6.786 
821 

Yüklə 404,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin