Hamkorligida tarbiyalash mexanizmlarini takomillashtirish


Publishing centre of Finland



Yüklə 404,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix21.04.2023
ölçüsü404,02 Kb.
#101387
1   2   3   4
Xolmurodova Nafisa Tolibjonovna (1)

Publishing centre of Finland 
Aksincha, kattalar uning me’yorida rivojlanishi uchun sharoit yaratishlari, uni 
kishilar orasida yashashga o’rgatishlari, ularning xis-tuyg’ularini, xohish-istaklarini 
va ishlarini tushunishlari lozim. Vaqt o’tishi bilan, payti kelganda uning o’zi 
nimalar qilishi kerakligini, kimga nimalar qilishga majburligini, kimning oldida 
qarzdorligini va bu qarzlarni boshqa kishilarga o’z ota onalarga, do’stlariga va 
nixoyat, o’z bolalariga nisbatan mehr - muxabbat, mehribonligi bilan uzishni 
tushunib oladi. Buning uchun esa bolani qanday bo’lsa shundayligicha qabul qilish 
uni tushunishga harakat qilish va uning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, u 
bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarning qo’shimcha qiyinchiliklar keltirib 
chiqarmaydigan, aksincha oilada eng qadriyatli hisoblangan o’zaro hurmat, iliqlik 
va himoyalanganligini his etishga yordam beradigan usulini topish kerak. 
Bolalarning ma’lum bir qismi sho’xligi, intizomsizligi, qo’rsligi bilan ajralib turadi. 
Bunday o’quvchilarga individual yondoshish va ularning intizomsizlik sabablarini 
aniqlash lozim. Bunday bolalar bilan olib boriladigan ishlar ularning faoligini 
maqsadga muvofiq tashqil etish, qadr–qimmati, malum darajada mustaqillikka 
bo’lgan huquqlarini hurmat qilishni nazarda tutadi. 
Xulq-atvorida mehnat qilish istagi va odatining yo’qligi-yalqovlik bilan 
xarakterlanadigan bolalar alohida guruhni tashkil etadilar. Maktab ma’muriyati 
bunday bolaning mehnat qilishga bo’lgan intilishnini payqab olishi va turli xil 
yo’llar bilan ragvbatlantirishi lozim. 
Hozirgi vaqtda bolalar tomonidan yo’l qo’yiladigan qonunbuzarliklarning 
oldini olishda maktabning roli juda katta. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar 
bilan qurollangan o’qituvchi tarbiya jarayonining bosh tashqilotchisi, o’quvchiga, 
o’quvchilar 
jamosiga, 
oilaga 
ko’rsatiladigan 
pedagogik 
ta’sirlarning 
muvofiqlashtiruvchisi sifatida namoyon bo’lmoqda. Balog’atga yеtmagan 
bolalarning qarovsizligi va qonunbuzarliklarining oldini olishni maktab tomonidan 
amalga oshirilayotgan yaxlit sistemaning bir qismi deb qarash lozim. Ana shu 
jarayon doirasida pedagoglarning say-harakatlari quyidagilarga qaratilishi kerak: 
- o’quvchi shaxsini tarkib toptirishga salbiy ta’sir etuvchi tashqi omillar 
ta’sirining oldini olishga, bola huquqlarining buzilishga va buning oqibati sifatida 
o’quvchi tarbiyasinin og’irlashishiga olib keluvchi sabab va sharoitlarni 
yo’qotishga; 
- butun tarbiya jarayonini tuzatishga uning normallashuvi ikki darajada ro„y 
beradi; 
Bu davrda umumta’lim maktablarining alohida ichki nazoratiga olinishi va u 
o’quvchilar bilan tushuntirish ishlarini olib borish kerak. Mazkur o’quvchilar bilan 
tushuntirish ishlari olib borishni quyidagi tartibda amalga oshirish maqsadga 
muvofiq. 


International Journal of Education, Social Science & Humanities. FARS Publishers 
Impact factor (SJIF) = 6.786 
822 
Publishing centre of Finland 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI: 
1. Doston Xolmatov “Hikoyalarda davr va qahramon masalasi” maqola. 
SCIENTIFIC PROGRESS Farg„ona davlat universiteti 
2. Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., “Ma’naviyat”, 2000. -112 bet 
3. B. Shukurova “Yangi davr hikoyachiligining o’ziga xos xususiyatlari” 
“O’zbekistonda ilmiy- amaliy tadqiqotlar” Respublika ilmiy konferensiyasi 

Yüklə 404,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin