Ca (5) Co( 2/3 ) A 4 G( 2 ) Yalpiz turi (Mentha). Ko`p yillik o`t o`simliklari bo`lib efir moylidir. Bu oilaning
vakillari asosan zax yerlarda, ariq va kanal bo`ylarida tarqalgan O`zbekiston florasida
Osiyo yalpizi (M.asiatica) keng tarqalgan. Cho`l yalpiz (M. arvensis) va jingalak
yalpizlar (M. crispa) ekiladi.
Oddiy rayhon-(Acimum basilicum). Bir yillik o`t o`simlik, uning oq rayhon, qora
rayhon, osh rayhon, turlari ma‘lum. Ular ziravor va xushbo`y o`simlik sifatida ekiladi.
Yasnotkalar turkumi - Lamium. Bir va ko`p yillik o`t o`simliklar. O`zbekiston
florasida pushti yasnotka (L.amplexicanle) va oq yasnotka (L.alla) turlari begona o`t
sifatida o`sadi. L.alla dori tayyorlashda ishlatiladi. Ular asal beruvchi o`simlik
hisoblanadi.
Kiyiko`tlar turkumi - Ziziphora. Bular tarkibida efir moylari bor bir yillik va ko`p
yillik o`tlardir.
Tog` jambili (Origanum)- Faqat bir turi (O.tythantum) O`zbekiston florasida
tarqalgan.
Lavanda turkumi - Lavandula. Asl lavanda L.vera bu gullari ko`p yoki to`q
binafsha rangli juda xushbo`y hidli chala butadir. Efir moyi olish uchun Qrimda,
Kavkazda va Moldaviyada ekiladi. Efir moyidan odekolonlar tayyorlanadi. Quritilgan
gullari kiyimlarni kuyadan saqlash uchun sepiladi. Bu oila vakillari efir moyiga boy
bo`lgandan ularning ko`pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Masalan Mavrak
(muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa
sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo`llaniladi. Bir necha
turlari masalan, tog` jambili, logoxillus, limono`ti, jingalak nano, dori mavrak,
arslonquyruq va boshqalar tibbiyotda ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va
boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.