Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Turkiston ayugasi - Ajuga turkestanica (Regel) Briq



Yüklə 406,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix22.04.2023
ölçüsü406,8 Kb.
#101562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ecc0c2579500a26b

Turkiston ayugasi - Ajuga turkestanica (Regel) Briq. Ko‘p yillik, poyasining
balandligi 25 sm. Bargi teskari uzunroq lansetsimon, yirik tishchali, osti tuksiz, ust
tomoni siyrak tuklangan. Gullari halqasimon to‘pgullar hosil qiladi. Kosachasi
qo`ng‘iroqsimon, ko‘k rangda 7 mm uzunlikda. Tojbarglari havorang 15 mm
uzunlikda tashqi tomoni tuklangan. May oyida gullab urug‘laydi. Toshkent viloyati
dalalarida tarqalgan.
Xalq tabobatida yer ustki qismining damlamasi, qaynatmasi bezgak, rak
kasalliklarni davolashda qo‘llaniladi. 
Komarov tog‘bo‘znochi (ajdarbosh)-Dracocephalum Komarovii Lipsky.
Ko‘p yillik, poyalari ko‘p sonli, asos qismi yo‘g‘onlashgan,mayda burmali, uch
tishchali. Tojibarglari ko‘rinishi, tashqi tomondan momiq tuklar bilan qoplangan,
20-22 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi nashtarsimon uzunchoq uch qirrali, tekkis, 3
mm uzunlikda. Iyul-avgust oylarida gullab, avgust-sentyabrda urug‘lari yetiladi.
Tog‘larning yuqori qismidagi toshli joylarda o‘sadi. Toshkent, viloyati (Oxangaron
daryosi yuqori qismida) tarqalgan.
25


Mahalliy aholi tomonidan qadrlanib uni tuyub, qaynoq suvga bir choy qoshiqda
qo‘shib choy o‘rnida ham istemol qilinadi. Qaynoq choyi oshqozon spazmasida,
qorindagi boshqa og‘riqlarda ham ichiladi. 
Har xil tishli devortagi o‘ti -Marrubium alternidens RechKo‘p yillik, ko‘p
sonli poyali, kam shoxlanandigan dag‘al tuklangan, balandligi 30-80 sm. Barglari
yumaloq uzun bandli, tishchali-egatchali. Gullari ko‘p sonli bo‘lib halqasimon
joylashgan kosachasi 9-11 mm uzunlikda, yulduzsimon tuklari bilan qoplangan. Toj
barglari oq, tashqi tomoni yulduzsimon tuklar egalangan, uzunligi 9-11 mm, bargi
ikki bo‘lakli qirqilgan. Yong‘oqchasi uch qirrali tuxumsimon, 1,5 mm uzunlikda.
May-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi. 
Begona o‘t sifatida bog‘larda, ekinzorlar chetida va tashlandiq yerlarda o‘sadi.
Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining qaynatmasi xalq
orasida tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘llarining surunkali shamollashi va tish og‘rishi kabi
kasalliklarda og‘iz va tomoq chayishda ishlatiladi. Surmasi (nastoykasi) esa
tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga ega ekanligi tajribada
aniqlangan.

Yüklə 406,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin