Mahalliy aholi tomonidan qadrlanib uni tuyub, qaynoq suvga bir choy qoshiqda
qo‘shib choy o‘rnida ham istemol qilinadi. Qaynoq choyi oshqozon spazmasida,
qorindagi boshqa og‘riqlarda ham ichiladi.
Har xil tishli devortagi o‘ti -Marrubium alternidens Rech. Ko‘p yillik, ko‘p
sonli poyali, kam shoxlanandigan dag‘al tuklangan, balandligi 30-80 sm. Barglari
yumaloq
uzun bandli, tishchali-egatchali. Gullari ko‘p sonli bo‘lib
halqasimon
joylashgan kosachasi 9-11 mm uzunlikda, yulduzsimon tuklari bilan qoplangan. Toj
barglari oq, tashqi tomoni yulduzsimon tuklar egalangan, uzunligi 9-11 mm, bargi
ikki bo‘lakli qirqilgan. Yong‘oqchasi uch qirrali tuxumsimon, 1,5 mm uzunlikda.
May-sentyabr oylarida gullab urug‘laydi.
Begona o‘t sifatida bog‘larda, ekinzorlar chetida va tashlandiq yerlarda o‘sadi.
Toshkent, Farg‘ona,
Samarqand, Buxoro va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining qaynatmasi xalq
orasida tomoq og‘rig‘i, nafas yo‘llarining surunkali shamollashi va tish og‘rishi kabi
kasalliklarda og‘iz va tomoq chayishda ishlatiladi. Surmasi (nastoykasi) esa
tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi ta’sirga
ega ekanligi tajribada
aniqlangan.
Dostları ilə paylaş: