Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Dorivor limono‘t- Melissa officinalis L



Yüklə 406,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/12
tarix22.04.2023
ölçüsü406,8 Kb.
#101562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ecc0c2579500a26b

Dorivor limono‘t- Melissa officinalis L. Ko‘p yillik, poyasi tik, asosidan
shoxlanuvchan, qalin dag‘al bezlar va tuklar bilan qoplangan, limon singari hidga
ega, 30-60 sm balanlikdagi o‘t o‘simlik. Barglari tuxumsimon, chetlari yirik
tishchali, ostki tomoni tuksiz, ust tomoni siyrak kalta tuklangan. Gullari uzun
tutqichli, halqasimon joylashgan. Kosachasi 7-8 mm uzunlikda, uzun tolali tuklarga
ega. Tojbargalari oq, tashqi tomoni biroz tuklangan, 13-14 mm uzunlikda.
Yong‘oqchasi uch qirrali, to‘q-qo‘ng‘ir 1.7 mm uzunlikda. Iyun-avgust oylarida
gullab, Iyul-sentyabr oylarida urug‘i yetiladi. Tog‘larning o‘rta mintaqalarida,
qoyalar, soyalarda o‘sadi. 
Toshkent, Qashqadaryo, Farg‘ona, Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.
Tibbiyotda yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismining (ba’zan bargining)
damlamasi ovqat hazm bo‘lishi buzilganda uni tartibga solish, kamqonlik, ba’zi asab
va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirishishga qarshi ta’sir etuvchi,
26


og‘riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vosita sifatida qo‘llannladi.
Limono‘t asosan xalq tabobatida ishlatiladi.
Qalampir yalpiz- Mentba piperita LKo‘p yillik, balandligi 30-40 sm, poyalari
oddiy kam shoxlangan. Barglari uzun nashtarsimon, uchi uchli, qisqa bandli,
tishchalari arrasimon. Gullari poya va shoxchalar uchida boshoqsimon to‘pgul hosil
qiladi. Kosachasi binafsha, tuksiz, uch burchakli, uchli kipriksimon tishchali.
Tojbarglari pushti-ko‘kish 3-4 mm uzunlikda. Changchilari tojbarglardan qisqa.
Iyun-avgust oylarida gullaydi. 
Kam hollarda ariqlar qirg‘og‘ida o‘sadi. Toshkent viloyatida tarqalgan.
Bargi tinchlantiruvchi, o‘t haydovchi va me’da kasalliklarida ishlatiladigan
choylar yig‘malar, efir moyi qorin og‘rig‘ini qoldiruvchi tabletka va tomchilar,
mentol ingofen tarkibiga kiradi. O‘simlikning bargi Zdrenko yig‘masi tarkibiga
kiradi.

Yüklə 406,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin