Yalpizdoshlar oilasi dorivorlik xususiyati. Balandligi 10-20 sm. Barglari uchburchaksimon, asosan yuraksimon, chetlari
tekkis, kalta bandli. Gullari yuqori qismidan kichraygan, barglar qo‘ltig‘idan
bittadan hosil bo‘ladi, kalta tutqichli. Kosachasi 10-11mm uzunlikda binafsha
rangda, ikki labli, Yalpizdoshlar - Lamiaceae oilasi dorivor o`simliklari konspekti
dala tadqiqotlari, adabiyot ma’lumotlari va gerbariy namunalarini o‘rganish asosida
tuzildi. To‘plangan ma’lumotlarni umumlashtirish O`zbekiston florasida 39
turkumga mansub bo‘lgan 238 turdagi Lamiaceae oilasining turlari mavjudligini
ko‘rsatdi. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma’lumot manbaiga ko‘rsatma,
“Flora Uzbekistana”, “Flora Kirgizii”, “Flora Tadjikistana”, “Opredelitel rasteniy
Sredney Azii” asosiy manbalar sifatida keltirilgan. Bundan tashqari, keltirilgan
turlarning taksonomik statusini aniqlashtirishda Farg‘ona vodiysidagi Lamiaceae oilasi turlarini qamrab olgan ilmiy manbalardan hamda xalqaro elektron
resurslardan foydalanildi. Farg‘ona vodiysining Qirg‘iziston Respublikasi hududida
tarqalganLamiaceae oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari tur tarkibini
aniqlashtirish va tarqalishini keltirishda G.A.Lazkov va B.A.Sultanovalarning
asaridan foydalanildi. Konspektda oilalar gulli o‘simliklarni zamonaviy taksonomik
tizimi APG IV (2016) asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa
alfavit tartibida joylashtirilgan.
Lamiaceae oilasining 26 turkumga mansub 69 turi dorivor shifobaxsh
xususiyatga ega bolib, turkumlar orasida Lagochilus Bunge ex Benth. 11 ta, Ziziphora L. 8 ta, Salvia L. 7 ta, Dracocephalum L. 7 ta turga ega bo`lib yetakchilik
qiladi. Perovskia Kar., Stachys L. 4 tadan, Mentha L., Nepeta L. 3 tadan, Lycopus L., Lamium L., Scutellaria L. 2 tadan, qolgan 14 turkumning faqat 1 tadan dorivor
vakillari borligi ma`lum bo`ldi.
Turkumlar
Turlar soni
Umumiy tur
soni nisbati %
24
1
Lagochilus Bunge ex Benth. 11
16 %
2
Ziziphora L. 8
11,6 %
3
Salvia L. 7
10,1 %
4
Dracocephalum L. 7
10,1 %
5
Perovskia Kar. 4
5,8 %
6
Stachys L. 4
5,8 %
7
Qolgan 20 turkum 28
40,6 %
69
100 %
Quyida Lamiaceae oilasining ayrim dorivor vakillari bioekologik xususiyatlari
haqida ma`lumotlar beriladi.