Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Yalpizdoshlar oilasini tuzilishi va turlari



Yüklə 406,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix22.04.2023
ölçüsü406,8 Kb.
#101562
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
ecc0c2579500a26b

Yalpizdoshlar oilasini tuzilishi va turlari.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar
qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari
asosan issiq va mo`tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 ga yaqin
turkum va 3000 tur kiradi. O`rta Osiyoda 53 turkumga mansub 360 tur, O`zbekistonda
esa 39 turkumga mansub 238 tur, Farg`ona vodiysida esa 26 turkumga oid 59 tur
o`sishi ma‘lum. Yalpizdoshlar oilasi O`zbekiston florasida ham keng tarqalgan
oilalardan biri bo`lib, foydali turlarga boyligi bilan boshqa oilalardan ajralib turadi. 
Yalpiz, Marmarak, Kiyiko`t, Bozulbang, Tog`rayhon, Limono`t, Arslonquyruq
kabi turkumlarning vakillari juda qadimdan beri tibbiyotda, oziq ovqat, qandolatchilik
va parfyumeriya sanoatida foydalanib kelinmoqda.
Bu katta oilaga o`t, chala buta va buta o`simliklari kiradi. Poyasi 4 qirrali buta
shaklida qarama-qarshi joylashdi. Yon barglari bo`lmaydi. Gullari zigomorf, ikki jinsli
gultojisi 2 ta tojbargining qo`shilib o`sishidan vujudga kelgan bo`lib, qalpoqsimon
yoki yassi shaklda bo`ladi. 
Ostki 3 ta tojbargdan vujudga kelgan bo`lib, yotiq holatda yoki pastga egilib turadi
va aksariyat o`simliklarda bu tojibarglarning o`rtadagisi 2 ga ajralgan bo`ladi.
Kosachalari besh tishli, barglari qo`shilib o`sgan bo`lib ba‘zan ikki labli bo`ladi va
lablarning ustki 3 ta tojbargdan, ostkisi 2 ta tojbargdan tuziladi changchilari 4 ta gultoj
naychasiga qo`shilib o`sadi va oldingi 2 tasi keyingi 2 tasiga qaraganda uzunroq
bo`ladi. Ba‘zan 2 tagina changchi bo`lib qolgan changchilar reduksiyalangan
urug`chilari 2 ta mevacha bargdan tuzilgan tugunchali ustki 4 uyalidir. Gullarning
bandi juda qisqa bo`lib gullar uchki barglarining qo`ltig`ida oddiy to`pgullarga
to`plangan bu kichik to`pgullar esa shingil boshcha yoki ro`vakga o`xshash murakkab
to`pgullar hosil qiladi. Gulning changi tumshuqchasidan oldin yetiladi. Gullar
hashoratlar yordamida chetdan changlanadi. Mevalari bir urug`li 4 ta yong`oqchaga
ochiladi. Urug`ida endosperm bo`ladi. Labgullilarning aksari turlari efir moyli
o`simliklardir. Labguldoshlar oilasining 200 turkumi va 3500 turi bor. Ular butun yer


yuzining deyarli hamma joyida uchraydi va o`rmon, dasht, sahro va tog`larda o`sadi.
Gul formulasi:

Yüklə 406,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin