Tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


Mushuk zufo-Nepeta cataria L



Yüklə 406,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix22.04.2023
ölçüsü406,8 Kb.
#101562
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
ecc0c2579500a26b

Mushuk zufo-Nepeta cataria L. Ko‘p yillik, poyalari yo‘g‘on, sershox,
balandligi 60-80 sm. Barglari uchburchakli, teskari tuxumsimon, asosi yuraksimon,
yirik tishchali, yuzasi tuksiz, ostki tomoni siyrak tukli. Gullari siyrak, ko‘p sonli,
yarim soyabonsimon, to‘pgul hosil qiladi. Gul tutqichlari 5-10 mm uzunlikda, gul
yon barglari juda mayda, nashtarsimon ignaga o‘xshash tuklangan. Kosachasi 5-6
mm uzunlikda, kulrang momiqli. Tojibarglari och havorang yoki ko‘k ayrim
hollarda oq, 7-8 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi ellipisimon, qo‘ng‘ir rangda, tekkis
1,5 mm uzunlikda. Iyun-iyul oylarida gullaydi, iyul-avgustda urug‘laydi. 
Tog‘larning o‘rta mintaqasigacha begona o‘t sifatida o‘sadi. Toshkent, Farg‘ona,
Surhondaryo viloyatlarida va Qoraqalpog‘istonda tarqalgan.
O‘simlikning yer ustki qismi bosh og‘rig‘ida, oshqozon yallig‘lanishida,
yo‘talda qo‘llaniladi.
Mayda gulli tog‘ rayhoni- Origanum tytthanthum Jontseh. Ko‘p yillik, poyasi
tik o‘suvchi, ko‘p sonli, yuqori qismidan shoxlanuvchi balandligi 30-60 sm. Bargi
tuxumsimon yoki uzunchoqroq, to‘mtoq asosi ponasimon chetlari tekkis, yuzasi
tuksiz. Gullari o‘troq boshoqsimon yarim soyabonsimon qalqonsimon to‘pgullarga
to‘plangan. Kosachasi 3 mm uzunlikda kalta tuklangan. Tojbargi och ko‘kish-pushti
27


5 mm uzunlikda. Yong‘oqchasi to‘q-qo‘ng‘ir 0,75 mm uzunlikda. Iyul-avgust
oylarida gullab iyul-sentyabr oyida urug‘lari yetiladi. Tog‘larning o‘rta va pastki
mintaqalaridagi toshli-shag‘alli joylarida o‘sadi. Toshkent, Andijon, Farg‘ona,
Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida tarqalgan.

 XULOSA 
28


Men bu kurs ishini bajarish davomida Yalpizdoshlar oilasi haqida ilmiy
maqolalardan va chet el adabiyotlaridan foydalandim va shu kabi mavzularni
yotritib berdim.
1. Yalpizdoshlar oilasini tuzilishi va turlari.
Yalpizdoshlar (Lamiaceae) oilasi Yalpizkabilar kichik sinfi, Yalpiznamolar
qabilasiga mansub yer yuzidagi eng yirik oilalardan biri hisoblanadi. Uning vakillari
asosan issiq va mo`tadil iqlimli mamlakatlarda keng tarqalgan. Bu oilaga 200 ga
yaqin turkum va 3000 tur kiradi. O`rta Osiyoda 53 turkumga mansub 360 tur,
O`zbekistonda esa 39 turkumga mansub 238 tur, Farg`ona vodiysida esa 26
turkumga oid 59 tur o`sishi ma‘lum.
2. Yalpizdoshlar oilasi O’zbekistondagi tarqalishi.
O‘simliklar hayotiy shakllari Raunkiyer sistemasi ancha sodda va oson bo‘lib, u
5 ta tipdan iborat. O‘simliklar hayotiy shakllarini Raunkiyer sistemasi bo‘yicha
quyidagicha joylashtirish mumkin: fanerofitlar (ya’ni daraxtlar) yo`q, xamefitlar
bo‘yicha barcha yarimbuta, chalabuta va butalar bitta katta guruhga (chalabuta)
bo‘linadi, ya`ni ular 73 turdan (30,6%) iborat. Eng ko‘p turlar ko‘p yillik o‘tchil
o‘simliklar tipiga to`g`ri keldi (gemikriptofitlar 145 turdan iborat (61%). 

Yüklə 406,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin