10-ma’ruza shamolni o‘lchash usullari va asboblari. Reja



Yüklə 323,26 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix22.04.2023
ölçüsü323,26 Kb.
#101587
1   2
10-MA’RUZA

Rotoanemometrlar. Rotoanemometrlarda shakli bo‘yicha 
yarimsfera yoki yarim silindrlarga yaqin keluvchi kosa yoki havo parragi 
ko‘rinishida tayyorlangan 
«kurakchali» parraklar shamol tezligining birlamchi datchigi vazifasini 
bajaradi (10.1.2- rasm). 
10.1.2-rasm. Rotoanemometr tenglamasini keltirib chiqarish sxemasi 
Havo oqimining parrakka bosimi oqim tezligi qancha katta bo‘lsa, 
parrakni shuncha tez aylanishga majbur qiluvchi aerodinamik kuch 
momentini hosil qiladi. Biron yo‘l bilan parrakning aylanish tezligini 
o‘lchab, uni aylanib o‘tuvchi havo tezligini aniqlash mumkin. 
Shunday 
qilib, 
aylanish 
tezligini 
o‘lchovchi 
taxometr 
rotoanemometrning ikkilamchi datchigi vazifasini bajaradi. 
Aniqlik maqsadida to‘rtta kosali parrak uchun havo oqimining tezligi 
va parrakning aylanish tezligi orasidagi bog‘liqlikni o‘rganamiz 
10.2. Tretyakov shamol o‘lchagichi 
Bu asbob dala sharoitida shamolning tezligi va yo‘nalishini 
aniqlashga xizmat qiladi. Flyuger kabi bu asbobning ishlashi ham erkin 
osib qo‘yilgan qoshiqsimon shaklli metall plastinaning aylanishiga 
asoslangan (10.2.1 - rasm). Shamolning yo‘nalishi flyugarka yordamida 
aniqlanadi. 


10.2.1-rasm. Tretyakovning shamol o‘lchagichi 
 
 
Asbob quyidagi tuzilishga ega. Uchli nayza bilan tugovchi vertikal 
o‘q 1 da rumblarning nomi tushirilgan sakkiz qirrali yig‘ma yulduz 2 
mahkamlangan. Kuzatishlarda hisoblash oson bo‘lishi uchun yozuvlar 
yulduzning pastki yuzasiga tushirilgan. Vertikal o‘q 1 ga kichkina silindr 3 
yordamida 5 posongili flyugarka 4 va o‘zaro 76° burchak ostida qattiq 
mahkamlanib, o‘q 8 da erkin aylana oladigan 6 va 7 plastinkalardan iborat 
harakatchan tizim kiydiriladi. Flyugarka 4 qirqimlarga ega bo‘lgan 
to‘lqinsimon egilgan plastina ko‘rinishida tayyorlangan. Posongi 5 sharnirli 
tirsak 9 ga ega va asbob qutiga yig‘ilgan vaqtda yuqoriga ko‘tariladi. 
Plastinka 6 ning pastki qismida uchli nayza ko‘rinishidagi ko‘rsatgich 10 
o‘rnatilgan bo‘lib, qoshiqsimon ko‘rinishga ega va botiqlik tomoni bilan 
shamolga qaratib qo‘yilgan. 6 va 7 plastinkalarning o‘rta qismida qirqimlari 
bor. 
Shamol ta’sirida butun tizim shamol bo‘ylab buriladi hamda 6 va 7 
plastinkalar kuzatish vaqtidagi shamol tezligiga bog‘liq holda biror 
burchakka og‘adi. Plastinka 6 ning ko‘rsatgichi 10 flyugarka tekisligiga 
tushirilgan shkala bo‘ylab harakatlanadi. Bu shkala bo‘limlariga 
shamolning m/s lardagi qiymatini ifodalovchi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 
6, 7, 8, 9, 10 raqamlari tushirilgan. 
Bu shamol o‘lchagichning shkalasi V.D.Tretyakov tomonidan 


tajribada aerodinamik trubada berilgan shamol tezliklarida qoshiqsimon 
plastinka 6 ning og‘ish burchagini ko‘p marta aniqlash yo‘li bilan hosil 
qilingan. 
Tretyakov shamol o‘lchagi yordamida kuzatishlarni o‘tkazish
Yog‘och tayoq vertikal o‘rnatiladi va unga yo‘nalish ko‘rsatkichiga ega 
bo‘lgan o‘q 1 kiydiriladi. Bundan keyin asbobning harakatchan qismi – 
flyugarka kiydiriladi. Kompas yordamida yulduz 2 ning uchlari dunyo 
tomonlari yo‘nalishida o‘rnatiladi. Kuzatishlar oldidan vertikal o‘q 1 ni, 
shuningdek flyugarka hamda 6 va 7 plastinkalarning harakatida 
ishqalanishning yo‘qligini tekshirish lozim. 
Asbob o‘rnatilganidan so‘ng kuzatishlarga kirishiladi. Shamolning 
yo‘nalishini aniqlash uchun flyugarka posongisi 5 ning ko‘rsatgichi holati 1-
2 daqiqa davomida kuzatiladi va uning o‘rtacha holati yozib olinadi. 
Shamolning tezligi shamolning yo‘nalishi aniqlangan vaqt oralig‘i 
uchun ko‘rsatgich 10 ning shkaladagi o‘rtacha holati bo‘yicha aniqlanadi. 
Shamol o‘lchagichning aniqligi shkalaning 1-6 m/s oralig‘ida 0,5 m/s, 
bundan katta tezliklarda 1 m/s ni tashkil etadi. 
10 m/s dan katta shamol tezliklarini o‘lchash uchun plastinka 7 ning 
o‘rtasiga tilcha yordamida yuk qo‘yiladi. YUK bilan kuzatishlar olib 
borilganda shkala bo‘yicha hisoblangan barcha shamol tezliklari ikkiga 
ko‘paytirilishi kerak. 
Kuzatishlardan keyin asbob sochiladi va yassi yog‘och qutiga joylanadi. 
Dala 
sharoitlarida 
kuzatishlarga 
mo‘ljallangan 
Tretyakov 
shamolo‘lchagichi qo‘l anemometrlaridan ustunlikka ega. Uning 
ko‘rsatkichlari vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin bo‘lgan o‘tkazish 
ko‘paytiruvchilariga bog‘liq emas. Dala sharoitlarida asbobni tekshirish va 
o‘tkazuvchi ko‘paytiruvchilarning 
o‘zgarish qiymatlarini aniqlab 
bo‘lmasligi tufayli bu holat dala kuzatishlarida muhim hisoblanadi. 
Tretyakov shamol o‘lchagichi ko‘rsatkichlarining to‘g‘riligini 
saqlash uchun 6 va 7 plastinkalar orasidagi burchakning doim bir xil, ya’ni 


76° ga teng bo‘lishini nazorat qilish kerak bo‘ladi. Faqat shu burchakdagina 
shkala o‘z qiymatini saqlab qoladi. SHuningdek 6 va 7 plastinkalar 
shaklining o‘zgarmasligiga ham ahamiyat berish lozim. 
Ta’kidlash lozimki, Tretyakov shamolo‘lchagichida etarli sezgirlikni 
saqlagan holda yo‘nalish ko‘rsatgichi va shamol kuchining tebranishlarini 
kamaytirish choralari ko‘rilgan. Shakli bo‘yicha plastinka 6 dan farq 
qiluvchi yuqoridagi plastinka 7 plastinka 6 ning dinamik posongisi 
hisoblanadi va shamolning kuchayishlarida shamol tezligi ko‘rsatgichining 
tebranishlarini kamaytirishga xizmat qiladi. Flyugarkaning dum qismi 
uning tebranishlarini tinchlantirish maqsadida to‘lqinsimon shaklda 
yasalgan. 

Yüklə 323,26 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin