10-MA’RUZA
Shamolni o‘lchash usullari va asboblari .
REJA:
10.1. Anemometrlar. Rotoanemometrlar.
10.2. Tretyakov shamol o‘lchagichi
10.1. Anemometrlar. Rotoanemometrlar.
Havoning er sirtiga nisbatan gorizontal harakati
shamol deb ataladi. Odatda
shamolning yo‘nalishi – gorizontning shamol kelayotgan tomoni va uning
m/s lardagi tezligi aniqlanadi. Meteorologik stansiyalardagi kuzatishlarda
shuningdek yo‘nalish (doimiy yoki o‘zgaruvchan) va tezlik (bir
tekis va
kuchayuvchan) bo‘yicha shamolning o‘zgaruvchanlik darajasiga sifat
xarakteristikalari beriladi.
Anemometrlar. Tadqiqot vazifalariga bog‘liq ravishda shamolni
kuzatishning turli asboblari va usullari qo‘llaniladi.
Dala sharoitlarida
havoning er yaqinidagi qatlamida shamol tezligini aniqlash uchun
kosali,
kontaktli va induksion anemometrlardan foydalaniladi (4.4-rasm).
10.1.1-rasm. Akustik anemometr
Kosali va kontaktli anemometrlar odatda atmosferaning quyi
qatlamidagi issiqlik va namlikning turbulent
oqimlarini hisoblash uchun
zarur bo‘lgan gradient o‘lchashlarida qo‘llaniladi. Ular yordamida vaqtning
kerakli oralig‘i (bir necha minutdan 1-3 soatgacha) uchun shamolning
o‘rtacha tezligini aniqlash mumkin. Induksion anemometrlar shamolning
oniy (2-3 s) tezligini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunday kuzatishlar, masalan,
balans o‘lchagich ko‘rsatkichlariga shamol tuzatmalarini
kiritish uchun
zarur.
Shamol xarakteristikalarini aniqlash uchun hozirgi vaqtda meteorologik
stansiyalarda
anemorumbometrlar
qo‘llaniladi. Shamolni kuzatish
quyidagilarni o‘z ichiga oladi: a) vaqtning 2 yoki 10
daqiqa oraliqlarida
(o‘lchashlarda foydalanilayotgan asbobning texnik imkoniyatlariga
bog‘liq holda) shamolning o‘rtacha tezligini o‘lchash; b) vaqtning shu
oralig‘idagi oniy shamol tezligining
maksimal qiymatini aniqlash
(kuchayuvchi shamol tezligi); v) 2 daqiqa ichidagi shamolning o‘rtacha
yo‘nalishini aniqlash. Shamol tezligi va yo‘nalishini uzluksiz qayd qilib
borish uchun
anemorumbograflardan foydalaniladi. Ular yordamida
shamol tezligining 1 soat ichidagi o‘rtacha qiymati, oniy tezlikning 1 soat
ichidagi maksimal qiymati va 1 soat ichidagi o‘rtacha
tezlikka mos
keluvchi shamol yo‘nalishi aniqlanadi.
Shamol
tezligi
datchiklarining
konstruksiyasiga
bog‘liq
ravishda anemometrlarning quyidagi turlari ajratiladi:
-
havo oqimining bosimini qayd etuvchi plastinka yoki boshqa
shakldagi jism (flyuger, shamol o‘lchagich);
-
shamol ta’sirida vertikal o‘q atrofida aylanuvchi bir nechta
kosa yoki parraklardan tashkil topgan tizim (rotoanemometrlar, parrakli
anemometrlar)
-harorati
atrofdagi havo haroratidan
farq qiluvchi jismlar
(issiqlik anemometrlari).