21
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi bu
- davlat tomonidan xorijiy
investitsiyalarni qo’llab-quvvatlash uchun ustuvor va birinchi galda bajarilishi kerak
bo’lgan davlat tomonidan rag’batlantiriluvchi yo’nalishlarni
ishlab chiqish vositasida
amalga oshiriladigan chora-tadbirlar hamda xorijiy investorlar uchun qulay
investitsiya muhitini yaratish va ular kiritgan mablag’larning yuqori iqtisodiy
samaradorligiga erishish uchun mukammal huquqiy baza, tegishli institutlar
yaratish
tizimidir.
O’zbekiston Respublikasining investitsiya dasturi – ichki va tashqi siyosatning
umumiy yo’nalishi hisobga olingan ijtimoiy-iqtisodiy va xususiy xo’jalik
qarorlari
majmuasi bo’lib, mablag’lardan foydalanishning iqtisodiy samaradorligini oshirish
maqsadida mamlakat ichiga va xorijga kiritilgan sarmoyalarning yo’nalishi va
joylashuvini belgilaydi.
Investitsiya dasturi alohida davlatlar tomonidan investitsiya munosabatlari
sub’ektlarining (davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy)
investitsiya faoliyatini kuchaytirish maqsadida choralar tizimini nazarda tutadi.
Investitsiya faoliyati esa uning sub’ektlarining investitsiyani
amalga oshirish bilan
bog’liq faoliyatlari yig’indisidir.
Mamlakat miqyosidagi investitsiya faoliyatini samarali amalga oshirish
maqsadida
investitsiya dasturi ishlab chiqiladi.
Investitsiya dasturi - respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy
rivojlantirishga
erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat
resurslaridan oqilona foydalanish yo’li bilan respublika ayrim tarmoqlari va
mintaqalarini tarkibiy o’zgartirishning asosiy ustuvorliklarini
va strategik vazifalarini
amalga oshirishga yo’naltirilgan bir-biri bilan o’zaro bog’langan chora-tadbirlar
kompleksi.
Dostları ilə paylaş: