WWW va HTML!!!
WWW -
(World
Wide Web) nomi
Tim Berners LEE tomonidan
CERN
(yevropa yadro markazi tadqiqotchilari) laborotoriyasida kiritilgan bo’lib,
butun
jahon o’rgimchak to’risi deb ataladi.
WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma’lumotga(matn, rasm, video,...) yetib borish
va uni ko’rish mumkin. WWW da nuqtalar rolini kompyuter o’ynaydi ya’ni
kompyuter ip adresslari. Yo’llar sifatida asosan telefon yo’llari, simsiz aloqa yo’llari
va maxsus tarmoqlar ishlatiladi. Internetda biror bir sayt nomini kiritsangiz, siz shu
sayt saqlangan serverga murojaat qilgan bo’lasiz, ya’ni kompyuter adresi (IP
adress)ni kiritgan bo’lasiz. Foydalanuvchilarga qulaylik tug’dirish maqsadida IP
adresslar matn ko’rinishiga keltirilgan(eslab qolishda qiyinchilik bo’lmasligi
uchun).
Misol
uchun,
http://www.sayt_nomi.uz, shu
nomga
oid
adres
190.25.150.2 shaklida bo’lishi mumkin.
Bundan xulosa chiqadiki, sayt
adresiga sayt nomi yoki serverning sonli adresini yozib kirish mumkin.
WWW yoki Web da ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi.
Gipermatnning o’zi esa boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatadi. Demak, matnlar
qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’i nazar, tezda o’tish
imkoniyatini
beradi. Matnlar bilan bir qatorda Web hujjatlarida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli
video kliplarni, umuman multimedia ma’lumotlarini ham ko’rish mumkin. Web da
ma’lumotlar sahifa ko’rinishida beriladi. Bu sahifalar odatda, HTML hujjat, ya’ni
HTML (Hyper Text Markup Language – gippermatnni belgilash tili) tilida(umumiy
holda til deyilmoqda, aslida dasturlash tili emas) yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu
holda yozilgan hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi.
Bunday
dasturlar Browser lar deyiladi. Brouzerlar gippermatnli(kodli) sahifalarni
foydalanuvchi tushunadigan tilga o’zgartirib beradi. Bu dasturlarning bir qancha
turlari mavjud. Xususan ulardan ko’p ishlatiladigani
Internet Explorer, Opera,
Xrom, Mozilla va boshqalardir. O’z navbatida bu Browser lar ham o’z versiyalariga
ega. Windows muhitida standart ishlatiladigan Browser bu Internet Explorer dir.
Hujjatni
barcha
kompyuterlar
tushunadigan
holda
ko’rsatish
uchun
kompyuterlarning tushunadigan yagona tilini bilish lozim bo’ladi. Shu sababli
World Wide Web da qo’llaniladigan HTML tili barpo etildi. Ushbu tilni birinchi
bo’lib
Tim Berners-Li ishlab chiqdi.
WWW sistemasidan qandaydir
hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi
formatlangan, o’qish uchun qulay matn paydo bo’lganligini ko’rasiz. Bu shuni
anglatadiki, www hujjatlarida ma’lumotlarni ekranda
boshqarish imkoniyati ham
mavjud. Siz foydalanuvchining qaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz va www
hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo’ljallangan yoki qaysidir format
bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Ammo
kompyuterda ishlayotgan