Va maxsus tarmoqlar ishlatiladi



Yüklə 1,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix26.04.2023
ölçüsü1,47 Mb.
#102800
  1   2   3   4   5
@tuit HTML DARSLARI



 
 
HTML 
 
 


WWW va HTML!!! 
WWW - (World Wide Web) nomi Tim Berners LEE tomonidan CERN 
(yevropa yadro markazi tadqiqotchilari) laborotoriyasida kiritilgan bo’lib, butun 
jahon o’rgimchak to’risi deb ataladi. 
WWW da turli yo’llar orqali tegishli ma’lumotga(matn, rasm, video,...) yetib borish 
va uni ko’rish mumkin. WWW da nuqtalar rolini kompyuter o’ynaydi ya’ni 
kompyuter ip adresslari. Yo’llar sifatida asosan telefon yo’llari, simsiz aloqa yo’llari 
va maxsus tarmoqlar ishlatiladi. Internetda biror bir sayt nomini kiritsangiz, siz shu 
sayt saqlangan serverga murojaat qilgan bo’lasiz, ya’ni kompyuter adresi (IP 
adress)ni kiritgan bo’lasiz. Foydalanuvchilarga qulaylik tug’dirish maqsadida IP 
adresslar matn ko’rinishiga keltirilgan(eslab qolishda qiyinchilik bo’lmasligi 
uchun). 
Misol 
uchun, http://www.sayt_nomi.uz, shu 
nomga 
oid 
adres 190.25.150.2 shaklida bo’lishi mumkin. Bundan xulosa chiqadiki, sayt 
adresiga sayt nomi yoki serverning sonli adresini yozib kirish mumkin. 
WWW yoki Web da ma’lumotlar gipermatnli hujjatlar shaklida olinadi. 
Gipermatnning o’zi esa boshqa matnli hujjatlarga yo’l ko’rsatadi. Demak, matnlar 
qaysi mamlakatning serverida turishidan qat’i nazar, tezda o’tish imkoniyatini 
beradi. Matnlar bilan bir qatorda Web hujjatlarida rangli harakatdagi tasvirlarni, turli 
video kliplarni, umuman multimedia ma’lumotlarini ham ko’rish mumkin. Web da 
ma’lumotlar sahifa ko’rinishida beriladi. Bu sahifalar odatda, HTML hujjat, ya’ni 
HTML (Hyper Text Markup Language – gippermatnni belgilash tili) tilida(umumiy 
holda til deyilmoqda, aslida dasturlash tili emas) yozilgan hujjat deb qaraladi. Bu 
holda yozilgan hujjatlarni ko’rish uchun maxsus dasturlar ishlatiladi. Bunday 
dasturlar Browser lar deyiladi. Brouzerlar gippermatnli(kodli) sahifalarni 
foydalanuvchi tushunadigan tilga o’zgartirib beradi. Bu dasturlarning bir qancha 
turlari mavjud. Xususan ulardan ko’p ishlatiladigani Internet Explorer, Opera, 
Xrom, Mozilla va boshqalardir. O’z navbatida bu Browser lar ham o’z versiyalariga 
ega. Windows muhitida standart ishlatiladigan Browser bu Internet Explorer dir. 
Hujjatni 
barcha 
kompyuterlar 
tushunadigan 
holda 
ko’rsatish 
uchun 
kompyuterlarning tushunadigan yagona tilini bilish lozim bo’ladi. Shu sababli 
World Wide Web da qo’llaniladigan HTML tili barpo etildi. Ushbu tilni birinchi 
bo’lib Tim Berners-Li ishlab chiqdi. 
WWW sistemasidan qandaydir hujjat yoki xabar olsangiz, ekranda yaxshi 
formatlangan, o’qish uchun qulay matn paydo bo’lganligini ko’rasiz. Bu shuni 
anglatadiki, www hujjatlarida ma’lumotlarni ekranda boshqarish imkoniyati ham 
mavjud. Siz foydalanuvchining qaysi kompyuterda ishlashini bilmaysiz va www 
hujjatlar aniq bir kompyuter platformalariga mo’ljallangan yoki qaysidir format 
bilan saqlanishini oldindan ayta olmaysiz. Ammo kompyuterda ishlayotgan 


foydalanuvchi qaysi terminalda ishlashidan qat’i nazar yaxshi formatlangan hujjatni 
olishi kerak bo’ladi. Bu muammoni HTML andoza tili hal qiladi. U hujjatning 
tuzilishini ifodalovchi uncha murakkab bo’lmagan buyruqlar majmuidan iborat. 
HTML WWW sistemasi uchun hujjat tayyorlashda ishlatiladi. HTML tili biz bilgan 
C++, Java va boshqa dasturlash tillari kabi to’g’ri ma’nodagi dasturlash tili 
hisoblanmaydi. HTML yordamida operastion tizimlarda ishlaydigan to’laqonli 
dastur yoza olmaymiz(html da for, if, while kabi buyruqlar yo’q). HTML bu Internet 
tarmog’idagi Web – serverida joylashtirilgan hujjatlarni ko’rish imkoniyatini 
beradigan sahifalar yaratishga mo’ljallangan gipermptnni belgilash tili hisoblanadi. 
HTML gippermatn tilidagi buyruqlar teg (tag) lar deyiladi. Har bir tegning o’z 
vazifasi bo’lib, matn va boshqa ma’lumot turlarini foydalanuvchiga qulay shaklda 
etkazish uchun xizmat qiladi. Bu gippermatn tilining ham o’z versiyalari mavjud, 
chiqariladigan har bir versiyada HTML gippermatn tiliga yangi teglar qo’shilib 
boriladi va shu tariqa rivojlanib boradi. 

Yüklə 1,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin