METHOD atiributi 2 xil qiymat qabul qilishi mumkin: POST va GET. Web dasturlash
tili bilan endi tanishayotgan foydalanuvchilar uchun qaysi birini tanlashning
ahamiyati yo’q chunki natijada bir xilda olinaveradi (Chayniklar
uchun bu
maqolaning keragi ham yo’q, shuning uchun vaqtingizni bu maqolada o’tkazmang).
Agar dasturchi formadan olingan qiymatlarni ochiq holatda jo’natish istagida bo’lsa,
bunday holatda METHOD ning GET qiymatidan foydalanadi. Shunda formadan
olingan barcha qiymatlar adres (URL) qatorida aks ettiriladi(Barcha sayt
foydalanuvchilari bu qiymatlarni ko’rish mumkin bo’ladiyu qanday yaxshi a?).
Shuning uchun GET qiymatidan faqat barcha uchun bilishi mumkin bo’lgan
ma’lumotlar jo’natiladi(Boshlang’ich bilimga ega bo’lgan
web dasturchilar sayt
adresini uzaytirish uchun ishlatishadi). Undan tashqari katta xajmdagi qiymatlarni
(ma’lumotlarni) GET orqali jo’natib bo’lmaydi (Ishonmasangiz jo’natib ko’ring
nima bo’larkin).
OK tugmasi bosilgandan so’ng URL adresda bir necha o’zgaruvchilarga
qiymat
berilganligini ko’rish mumkin bo’ladi. Bu URL adresdan qiymatlarni
$_POST['log'] o’zgaruvchiga olib foydalanish mumkin.
Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki ma’lumotlarni yashirin tarzda jo’natish
uchun METHOD atributining POST qiymatidan foydalanish zarur.
Bunda istalgan
hajmdagi ma’lumotlarni yashirin tarzda qayta ishlash sstenariy siga jo’natish
mumkin bo’ladi (parollar, key kodlarni,... jo’natish uchun ishlatiladi). Adres qatori
(URL) faqatgina sahifa adresini ko’rsatib turadi, ortiqcha hech qanday ma’lumot
bo’lmaydi (Hudda hech nimadan xabari yo’qday).
POST orqali jo’natilgan qiymatlarni
$_POST[‘pas’] o’zgaruvchiga olib
foydalanish mumkin.