«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy izlanishlar» nomli 11-son ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya oshirib, bo‘rttirib, mubolag‘a qilish, keskinlashtirish va shartlilikning boshqa ko‘pgina turlari
yordamida yaratilgan obraz orqali Satira obyektiga “ishlov” beriladi. Satira muallifi
komiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishi mumkin, biroq satir uchun salbiy tus berib,
keskin ifodalangan estetik obyekt xarakterli hisoblanadi. Qo‘shimcha tarzida shuni aytib o‘tish
o‘rinliki, A.Qodiriy o‘zining satirik ruhdagi asarlariga Julqunboy, Dumbul va Tarsak kabi
taxalluslarini qo‘llagan. Asarga qaytadigan bo‘lsak, unda shunday mazmudagi gap keltiriladi:
—
“ Isroflik to‘y…Samarqandda o‘rtoq Qurbi o‘g ‘illarini kestirdi. 3-4 kun to‘y berdi, bir-
ikki milliard pul ketdi… To‘yga isrof qilgan aqchasini “Ko‘mak uyushmasiga”
4
berganda
foydali bo‘lar edi…”.
5
Xususan, A. Qodiriy bu yerdagi vaziyatda muxbirga murojaat qilish orqali butun bir boshli
o‘zbek xalqini g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqchi bo‘lmoqda. Bizning o‘zbek millatimizdagi
dolzarb masalarlaridan biri bu—to‘ydir. Haqiqatdan, o‘tmishda ham, hozirda ham barcha ota-
ona yig‘ib terganini, uyidagi bor narsasini ham sotib bo‘lsa ham, orzu-havasli to‘y qilishni
xohlashadi, vaholanki, uning ertasiga yoki kelajakda kutiladigan falokatlarni yoki moddiy
yetishmovchiliklarni hisobga olishmaydi. Biz sevib tomosha qiladigan o‘zbek filmlaridan
birida shunday jumla keltiriladi: “To‘y to‘ydek bo‘lsin, mahallada duv-duv gap bo‘lsin”.
Nahotki, baxt pulda yoki hashamatda emasligini ota-onalar, qarindoshlar va umuman butun
bir jamiyat anglab yetishmasa? Nahotki, butun bir boshli xalq uyquda bo‘lsa? Shu o‘rinda
Niyoziy ustozning she`rlaridan bir parchasini keltirib o‘tish o‘rinlidir:
“Bu na vahshat, na jaholat er, qiz-u pir-u juvon,
Domi g‘aflatdan xalos o‘lmoqqa imkon istamas”.
6
A.Qodiriy muxbirga qarata bu gaplarni aytish mening ham qo‘limdan keladi, yozaman desam
sendan ham yaxshi yozaman, ammo har bir gapda andisha kerak, yaniki “so‘zni aytgil
uqqang‘a…”—degan mazmundagi gapni keltiradi va asarini muxtasar qiladi.
Yozuvchi bu yo‘nalishni ko‘plab asarlariga dolzarb mavzu qilib olgan. Shu o‘rinda “Baxtsiz
kuyov” pyesasini ham keltirib o‘tish o‘rinlidir. Unda ham to‘y mojarolari va kamchiqimlik
to‘g‘risida aytib o‘tiladi. Dabdababozlik, hashamdorlik, o‘z-o‘zini ko‘z-ko‘z qilish uchun katta
to‘y qilish oqibatida ikk yosh, yigirma besh yoshli Solih va o‘n olti yoshli Rahimanining umri
xazon bo‘ladi. Xo‘sh ularning aybi nima edi? Ularning ham yashashga haqqi bor edi? Ular ham
hali misli onasining bag‘rida bir go‘dak misoli edi. Ular hali hayotning achchiq haqiqatlari
anglamagan, o‘zining ertaknamo hayollari bilan band bo‘lib yurgan soddadil va mehribon qalb
egalari edi. ” Xo‘sh, unda ularni kim o‘ldirdi?”—degan savol paydo bo‘lishi aniq, Solihning
amakisi, ota-onasi yo‘qligini bildirmay o‘stirgan Abdurahimning uylantirish qistovimi yoki
Solihning qaynotasi, Rahimaning otasi bo‘lgan Fayziboyning orzu-havasimi? Balki, domlaning
sarpo haqidagi soliqlari yoki boyning sudxo‘rlik evaziga bergan puli, ularni bevaqt o‘limiga
sabab bo‘lgandir. Ammo, aksincha, insonlarning hayotga bir tomonlama qarashi, jamiyatdagi
dabdababozlik va asosiysi, ularning nafsi ikki yoshning umriga nuqta qo‘ydi. Bejizga Ahmad
Yassaviy nafsni tepgil deb aytmaganlar:
Nafs yo‘lig‘a kirgan kishi rasvo bo‘lur,
Yo‘ldin ozib, toyib, to‘zib gumroh bo‘lur.
Yotsa, qo‘nsa shayton bila hamroh bo‘lur,
4
. Maorif ishlari uchun moddiy yordam yig’uvchi ixtiyoriy tashkilot.
5
.”Turkiston” jurnalining 41-soni.
6
. H.H.Niyoziyning “Dardiga darmon istamas” musallasidan.