2021 kushon podsholigi davrida diniy bag’rikenglik bozorova Sevaraxon Qobiljonovna



Yüklə 418,23 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix27.04.2023
ölçüsü418,23 Kb.
#103273
1   2   3   4
kushon-podsholigi-davrida-diniy-bag-rikenglik

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 8 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
445 
w
www.oriens.uz
September 
2021
 
buddaviylikning mahayana oqimini rasmiy oqim sifatida e’tirof etdi. (5, 
https//:qobus.info) 
Aynan shu tarixiy jarayondan so’ng ushbu ta’limot podsholikda juda tez 
sur’atlarda yoyila boshladi.
Shuningdek, Kanishka barcha dinlarga erkinlik bergan holda, buddaviylik 
ibodatxonalarini qurishga ular uchun katta miqdorda mablag ajratishga homiylik 
qilgan. 
Kanishka nafaqat adolatli hukmdor, shuning barobarida adabiyot va san’at 
homiysi ham hisoblangan. Manbalarda Kanishka Kashmirda Kanishkapur shahriya 
asos solganligi, Pareva, Vasumitra kabi buddaviy olimlar hamda Ashvagxosha, 
Vagarjuva, Matricheta kabi faylasuf va shoirlar hukmdor saroyida yashaganligi qayd 
etiladi.
Boshqa bir tarixiy manbalarda milloddan avvalgi I asrdayoq Baktriya aholisi 
buddaviylik g’oyalari bilan tanish bo’lganligi va Kushon davlati tashkil topgan bir 
davrda bu hududda Hindistondan kelgan budda missionerlaridan iborat yirik 
buddaviylik koloniyalari mavjud bo’lganligi borasida fikrlar mavjud. Ular esa 
ommaviy xalq orasida buddaviylik ta’limotini keng targ’ib qilgan. (6, 152) 
Arxeologik topilmalar natijasida shu aniqlandiki, kushon hukmdorlari Kanishka 
va Xuvishka davrida zarb etilgan tangalarda Avesto ilohlari, Hind va Xorazm xalqi 
e’tiqod qiluvchi xudolar tasvirlangan bo’lsa, Vima Kadfiz va Vasudeva davridagi 
tangalarda hind ilohi Shiva tasviri tushirilganligi o’z tasqig’ini topdi. (7, 122) 
Arxeologik izlanishlar podsholik davrida zarb etilgan ba’zi tangalarning orqa 
tomonida zartushtiylik ilohi Mitra, otashparastlik ilohi Otash (olov ma’budi) ham 
tasvirlanganligini ko’rsatadi. 
Kushon podsholigi tarixiga oid yana bir manbalarda bu podsholik hukm surgan 
davr tangalarining oldi tarafida o’z dinlarining ilohlari, ikkinchi bir tarafida boshqa 
e’tiqodlarning ilohlari tushirilib, zarb etilganligi qayd etiladi. (8, 227) 
Ushbu topilmalar podsholikda diniy bag’rikenglik g’oyalari davlat siyosati 
darajasiga ko’tarilganligini, davlatdagi e’tiqodiy hayot kayfiyatini ifodalab beradi. 
Chunki, zarb etilgan tangalar davlatning milliy ramzi hisoblanib, unda davlatning 
orzu-istaklarri, maqsadlari tasvirlanadi. 
Xatto, davlat tangalarida yunon ilohlaridan Zevs va Gelios kabi ilohlar tasviri 
tushirilgan tangalar ham topilgan. Xorazm va Sug’dda mahalliy ta’limotlardan 
Siyovush e’tiqodi ham keng yoyilgan. (9,122) 
Buddaviylik ta’limoti O’rta Osiyo xalqi ma’naviyati va san’atiga ham munosib 
ijobiy ta’sir ko’rsatdi. Ta’limotning eng noyob yodgorliklari O’zbekistonning 



Yüklə 418,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin