1-Amaliy ish:
Mavzu: Kompyuterlarni tashkiliy qismlari, asosiy ko`rsatkichlari va
xususiyatlari.
Reja
1. Amaliy mashg`ulot
uchun
kerakli jihozlar
2. Nazariy ma`lumotlar
- Kompyuterning tashkiliy
komponentlari
- Kompyuterlarning asosiy
ko’rsatkichlari
3. Amaliy qism
4.
Amaliy topshiriqlar
5. Foydalanilgan adabiyotlar
Kerakli jihozlar. Kompyuter, tizimli bolk, tizimli plata,tezkor kotira modullari,
HDD disk, SSD disk, videokarta, audiokarta, VGA shinasi, RJ45-kabellari proektor,
emu8086 dasturi, UMK80 virtual protsessori, printer, skaner, ADSP virtual
protsessori, AIDA64 dasturi, Electronics workbench.
Nazariy ma`lumotlar
Kompyuterning tashkiliy komponentlari
Zamonaviy kompyuter tizimlarida axborotlarga
ishlov berish asosiy vazifa
hisoblanadi, lekin yagona vazifa emas. Kompyuter tizimlarining boshqa vazifalari
axborotlarni yig’ish (kiritish), o’zgartirish, axborotlarni to’plash va saqlash,
ma’lumotlarni qabul qilish-uzatish, nusxa ko’chirish va ko’paytirish hisoblanadi. Bu
barcha vazifalarni bajarishda bevosita amalga oshiruvchi tizimlar va tarmoqlarning
eng asosiy elementi bo’lgan kompyuterdir. Uning ishlov
berish tezligi va ishlov
berish natijasi, aniqligi, umuman, tizimning ishlash samaradorligi unga bog’liq.
Kompyuterning yuqorida sanab o’tilgan vazifalari asosiy elementlar arifmetik-
mantiqiy qurilma, prosessor, xotira, kiritish/chiqarish qurilmasi, boshqarish
qurilmalaridan foydalanib amalga oshiriladi. Buning asosida
barcha elementlarning
o’zaro birgalikda ishlashi asosida dasturiy boshqarish tizimidan iborat bo’lgan,
xotirada saqlanadigan ishlov berish dasturi va ma’lumotlarni boshqarish tamoyili
yotadi. Kompyuterlar va kompyuter tizimlarini qurish, va ishlash tamoyillari ularning
arxitekturalarini qurish o’zaro bog’liq ko’plab komponentlarga: apparat ta’minotiga
(hardware), dasturiy ta’minotiga (software), ma’lumotlarga ishlov berishning amaliy
dasturlariga, qabul qilish, o’zgartirish, ma’lumotlarni saqlash hamda uzatish
vositalariga,
shuningdek, ishlov berishning umumiy masalasi bajarilganda,
komponentlar orasida vazifalarning taqsimlanishiga uzviy bog’langan.
Zamonaviy kompyuterlarning funksional sxemasi (2.4-rasm) saqlash, ishlov
berish va boshqarish qurilmalaridan tashkil topgan. Bundan tashqari, kompyuterning
ichki resurslardan foydalanish uchun ma’lumotlarni kiritish va chiqarish
qurilmalaridan foydalaniladi. Bu sxema universal
kompyuterlarning klassik
variantidir.
1.1-rasm. Kompyuterning funksional sxemasi
Kompyuter arxitekturasining asosiy elementi dasturiy boshqariladigan va
konstruktiv mustaqil element ko’rinishda yaratilgan qurilma – markaziy prosessor
(yoki mikroprosessor) hisoblanadi. Ayniqsa, prosessorning texnik xarakteristikalari
(so’z
uzunligi, takt chastotasi, boshqariladigan buyruq tizimlari) ko’p jihatdan
kompyuterlarning parametrlarini aniqlaydi, bular:
funksional imkoniyatlari, ish
unumdorligi, yechiladigan masalalar sinfi, natijalarning aniqligi.