larning paydo bo’lishi, EHMdan foydalanishning tashkiliy
shakllarini takomillashtirish,
infratuzilmani yangi kommunikatsiya vositalari bilan boyitish bilan bir qatorda kechdi.
EHM avlodlari almashuvi ro’y berdi. Bu EHMning asosiy texnik foydalanish va iqtisodiy
parametrlari, birinchi navbatda samaradorlik, xotira hajmi, ishonchliligi, gabarit o’lchami va
narxi kabi omillar o’zgarishi bilan bog’liq edi. Mashina orqali
yechish uchun vazifalarni
tayyorlash ish hajmini kamaytirish, insonning EHM bilan aloqasini yengillashtirish hamda
EHMdan foydalanish samaradorligini oshirish EHM rivojlanishining
asosiy omili edi va shunday
bo’lib qolmoqda.
EHMlar birinchi avlodining (XX asr 50-yillari) element bazasini elektron chiroqlar tashkil
etar edi. Bunday mashinalar an’anaviy tarkib chizmasiga
mos holda, bir-biriga qat’iy bog’liq
asosiy qurilmalar to’plamidan(arifmetik-mantiqan, eslab qoluvchi boshqaruv qurilmasi va kirish-
chiqish qurilmasi) iborat bo’lgan.
Dasturlar mashina tilida tuzilgan. Har bir foydalanuvchi o’z ixtiyoriga EHMni ma’lum bir
vaqtga olib, usha vaqtning bir qismi dasturni to’g’rilashga ketar edi. Dasturiy ta’minot asosan
standart kenja dasturlardan iborat bo’lgan. O’sha paytda EHMdan ilmiy va muxandislik bo’yicha
eskicha masalalarni yechishda foydalanishgan. Birinchi avlod mashinalari nisbatan keng
o’lchami, energiyani ko’p sarflashi, sustroq harakatlanishi va ishonchliligining
pastligi bilan
ajralib turadi.
Ikkinchi avlod EHMlar yarimo’tkazgichlarga asoslanib, XX asrning 50-yillari oxiri va 60-
yillar boshlarida yaratilgan.
Mazkur EHMlar avlodi markazlashmagan holda kirish-chiqishni
boshqaruv xususiyatiga ega
bo’ldi. Bu turli tashqi qurilmalarning markaziy prosessorga osongina ulanish imkoniyatini berdi.
Kirish-chiqish qurilmasini to’plami ko’paydi, tashqi hajmda qurilmasining hajmi kengaydi.
Dasturiy ta’minot sezilarli darajada kengaydi. Uning tarkibiga algoritmik tilli translyatorlar,
operasion tizimlari kira bordi. Ayni paytda bir dasturli EHMlar bilan birga ikki dasturli EHMlar
ham paydo bo’ldi. Ular bitta prosessor bilan mashinalar asosiy qurilmalarining parallel ishlashini
tashkil etish hisobiga bir nechta dasturlarni birgalikda amalga oshirish imkonini beradi.
EHMlarning ikkinchi avlodi nafaqat muxandislik
va ilmiy vazifalarni, shuningdek, keladigan
hamda chiqadigan katta hajmdagi axborotlari bilan farqlanuvchi iqtisodiy, axborot masalalarini
hal etishda ham qo’llanila boshlandi. Ularning nisbatan takomillashgan
element bazasi sezilarli
darajada prosessorning tezroq harakatlanishiga va xotira hajmini oshirishga, EHM o’lchami
qisqarib energiya sarfning kamayishiga imkon berdi. Bunga ko’p darajada axborotlarni bosib
chiqarish montajining qo’llanishi sabab bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: