Samarqand davlat arxitektura-qurilish


Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tenden-



Yüklə 0,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/110
tarix27.04.2023
ölçüsü0,97 Mb.
#103602
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110
Samarqand davlat arxitektura-qurilish

8.3. Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tenden-
siyasi va omillari
Milliy iqtisodiyotning bozor sharoitida faoliyat ko’rsatishiga o’tishi, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi yutuqlar avtomatlashtirilgan axborot tizimlarini
yaratish va rivojlantirishga jiddiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bular quyidagilarda o’z aksini topmoqda:
1. Ishlab chiqarish uchun SHK va kommunikatsiya tarmoqlari samarali va nisbatan arzon
hisoblash vositalari ommabop va qulay bo’lib qoldi. Jahon hamjamiyati qo’llab-quvvatlaydigan
global axborot tarkibiga kirish imkoni yuzaga keldi. Bozorga turli xil ishga mo’ljallangan texnik
vositalar va dasturiy ta’minotlar yetkazib berilmoqda. Ular keng foydalanuvchilar doirasining
ta’minotini ancha samarali ta’minlashi mumkin. Shuni takidlash joizki, SHKlar funksional
imkoniyatlari quyidagi foydalanuvchilar talablariga ko’proq mos keladi: rahbarlar(turli
darajadagi menejerlar), mutaxassislar va texnik xodimlar.
2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalar parkini SHKlar va ular bazasida yaratiladigan
axborot tarmoqlari hamda tizimlari rivojlanishi ularni qo’llashda bir qator quyidagi asosiy
tendensiyalarni ajratib ko’rsatish imkonini beradi:
- Foydalanuvchilarning SHKda ishlashi ularga axborotlarni avtomatik ravishda
qayta ishlash tizimida faol ishtirok etish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradi.
Eng oxiridagi foydalanuvchiga mo’ljallangan SHK o’z-o’zini o’rgatish (o’qitish) vositalari,
xatolardan himoyalanishning moslashuvchan vositalari, ayniqsa texnik-dasturiy vositalari
rivojlanadi;
- Axborotlarni saqlash va qidirish amallarining, turli foydalanuvchilar,
tizimlar va boshqaruv darajalari o’rtasida axborot almashish samaradorligiga bo’lgan talab
ortadi. Bu esa ma’lumotlar banki va SHK tarmog’idan foydalanish sharoitida axborotlarni qayta
ishlashning kompleks texnologiyasini ishlab chiqarishni talab qiladi.
3. Axborot tizimlari faoliyatining maqsadli yo’nalishi yuzaga keldi va o’zgardi. Tashkilot
ishlab chiqarish faoliyatining daromadligini kuchaytirishga ko’maklashish darajasi ularning
foydaliligi mezoni bo’lib qolmoqda.
4. Tatbiq etilayotgan axborot tizimlarini tegishli texnik vazifalar va foydalanishning aniq
shart-sharoitlariga mos ravishda sinab ko’rishga nisbatan qat’iy shartlar va talablar yuzaga keldi.
Bunday sinovlar davomida axborot tizimlarining buyurtmachi xodimi nisbatan ko’p va malakali
manfat ko’radi.
5. Boshqaruv faoliyatini avtomatlashtirishning muammo sohasi keskin kengayadi, boshqaruv
faoliyatini amalga oshirish darajasi, natijalarning aniqligi, ularni olish tezkorligiga bo’lgan talab


ortmoqda. Tashkilot ichidagi turli axborot tizimlarining intergralashuv tendensiyalari va turli
tashkilotlar axborot tizimlarining o’zaro foydali kommunikatsiya aloqasi barqarorlashmoqda.
6. Ko’pgina faoliyat yurituvchi tashkilotlarda yangi dasturiy ilovalarga bo’lgan ehtiyoj
ortmoqda. Yangi dasturiy ilovalarga bo’lgan talab va ularni amalga oshirish o’rtasidagi disbalans
to’xtovsiz o’sib bormoqda. Mavjud tizimlarni yangi sharoitlarga moslash yoki texnik vositalar,
operasion tizimlar bilan ishlash uchun modifikasiyalash harajatlarining o’sib borishi tufayli
ilovalar sonini oshirish oqsayapti. Bunday holatdan chiqib ketish uchun oxiridagi
foydalanuvchilarni shaxsiy tizim va ularning ilovalarini yaratishga jalb etish, ularga kuchli
asbob-uskuna vositalarini yetkazib berish lozim.
7. Avtomatlashtirilgan axborot tizimidagi asosiy bo’g’in baribir inson bo’lib qolaveradi.
Shuni qayd etish lozimki, hozirgi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatida tizimning
oxiridagi foydalanuvchi bilan loyihalovchi, operator, dasturchi, xizmat ko’rsatuv xodim o’rtasida
aniq tafovvut yo’q. Bugungi kunda interpretasiya uslubi orqali o’z dasturiy mo’ljallangan
mahsulotni – amaliy dasturlar paketini tezda ishlab chiqish imkonini beruvchi tayyor dastur
vositalari mavjud.
8. Texnik qarorlarning butun ahamiyatiga qaramasdan, AATning ahamiyati va qimmatini
loyihalashtirish ishtirokchilari ishlab chiqadigan noyob mahsulotlar belgilaydi. Ayni paytda
AATning uzoq vaqt va mustahkam ishlashi uchun undan foydalanish bo’yicha batafsil bayon
etilgan yo’riqnomaning bo’lishi hal etuvchi ahamiyatga ega bo’ladi.
9. AAT yaratishning asosiy shartlari quyidagilar sanaladi: harajatlarni qoplashni ta’minlovchi
samara manbaining mavjudligi; boshqaruv jarayonlari va obyektlarini avtomatlashtirishning
talab darajasini ta’minlash; obyektning belgilangan talablarga mos xolda AATni yaratishga
tayyorligi; AATni yaratish talabiga mos holda tashkiliy, ishlab chiqarish, texnologik tizimlarni
qayta qurish va modernizasiyalash, AATning texnik hujjatlarga mos holda texnik va dasturiy
vositalar bilan jamlanish kafolati, AATni talab darajasidagi malakali xodim bilan ta’minlash,
AATdan foydalanuvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash. AATni yaratish, ishlash va
rivojlanish natijalarini belgilovchi asosiy omillar quyidagicha:
- Xodimning axborotlarni qayta ishlashni avtomatlashtirish tizimida va boshqaruv qarorini qabul
qilishda faol ishtirok etishi;
- Axborot faoliyatining axborot biznesi sifatida talqin qilinishi;
- Aniq bir obyektda amalga oshiriladigan dasturiy-texnik, texnologik platformaning mavjudligi;
- Axborot tizimi va texnologiyasi sohasida foydalanuvchilar talablariga muvofiq ilmiy hamda
amaliy ishlanmalarni yaratish va tatbiq etish;
- Tashkiliy-funksional o’zaro harakat shartlarining shakllanishi va uning matematik, model,
tizim va dasturiy ta’minoti;
- Berilgan samaradorlik mezonlarini hisobga olgan holda boshqaruv sohasida aniq amaliy
vazifalarni qo’yish va hal etish.

Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin