Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish


Kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/19
tarix28.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

Kiberxavfsizlikni ta’minlashdagi asosiy prinsiplar – qonuniylik, shaxs va davlat 
manfaatlarini himoya qilish, sohaga yagona yondashuv, tizimni yaratishda (davlat 
xaridlarida) mahalliy ishlab chiqaruvchilarga ustuvorlik berish, xalqaro hamkorlik 
uchun ochiqlik hisoblanadi. (4-modda) 
Ushbu qonunda ham, boshqa ko‘plab hujjatlar kabi O‘zbekiston qo‘shilgan xalqaro 
shartnomalarda ko‘zda tutilgan boshqacha qoidalarda ustuvorlik berilgan. Ya’ni, 
xalqaro shartnomada «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi qonundan boshqacha qoida 
nazarda tutilgan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. (2-modda) 
Kiberxavfsizlik sohasidagi vakolatli organ – DXXga ko‘plab vakolatlar berilgan, 
xususan: 

sohaga doir normativ hujjatlar va dasturlar ishlab chiqish, ularning ijrosini nazorat 
qilish; 

kiberxavfsizlik hodisalari yuzasidan tezkor tadbirlar va tergov harakatlari olib 
borish, shuningdek ularning oldini olish, bartaraf qilish va oqibatlarini tugatish 
bo‘yicha texnik choralar ko‘rish; 

sohaga doir tadqiqotlar va monitoringlar o‘tkazish; 

muhim axborot infratuzilmalari obektlarining yagona reyestrini shakllantirish, 
ularning xavfsizligini ta’minlashga doir talablarni belgilash; 

axborotni kriptografik himoya qilish vositalarini ishlab chiqishga doir faoliyatni 
litsenziyalash; 

muhim axborot infratuzilma obektlariga kiberhujumlarga urinishlarning oldini olish; 

davlat boshqaruv organlari va mahalliy hokimliklarni kibertahdidlar haqida 
ogohlantirish

O‘zbekiston kibermakonida terrorchilik, ekstremistik va boshqa qonunga xilof 
faoliyat olib borilmasligi choralarini ko‘rish; 

kiberxavfsizlik sohasida kadrlarni tayyorlash va boshqa ko‘plab vakolatlarga ega. 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin