Zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/19
tarix28.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#103869
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
1-Mustaqil ish L. Dilmurodov Kiberhuquq va Kiberetika

Mehnat 
halqaro qonunchilik
. Mulkchilik shakllaridan qat`iy nazar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar va xususiy tadbirkorlar bilan mehnat shartnomasi 
(kontrakti) bo`yicha ishlayotgan barcha shaxslar mehnat munosabatlarini tartibga 
solib turuvchi huquq tarmog`i mehnat huquqi hisoblanadi. Mehnat huquqi mehnat 
munosabatlarining vujudga kelishi, amal qilishi va bekor qilinishini tartibga 
soladi, xodimlarning birgalikdagi mehnatlari rejimini belgilaydi, mehnat mezoni, 
mehnatni muhofaza etish qoidalari va mehnat nizolarini ko`rib chiqish tartibini 
o`rnatadi.
Mehnat huquqi mehnatni ijtimoiy-iqtisodiy tashkil etishdagi mehnat bo`yicha 
munosabatlarni tartibga soladi, ya`ni jamiyatda mavjud bo`lgan birgalikdagi mehnat 
jarayonidagi kishilar o`rtasidagi aloqani tartibga soladi.
Mehnat huquqining asosiy mazmunini mehnatga oid munosabatlar tashkil etadi. 
Mehnat huquqining sub`yektlari 2ga bo`linadi: 1) Asosiy sub`yektlar; 2) 
Qo`shimcha sub`yektlar. O`zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 14,15-
moddalariga binoan, xodim va ish beruvchi mehnat munosabatlarining asosiy 
sub`yektlaridir.Mehnat jamoasi kengashi, mehnat nizolari bo`yicha komissiyalar, 
kasaba uyushmalari, mehnat organlari, korxonalardagi huquqiy xizmatlar(huquqiy 
maslahat) va ishlab chiqarishning normal ishlashini ta`minlovchi boshqa tartibotlar 
qo`shimcha sub`yektlarni tashkil etadi.
Mehnat jarayonidagi ijtimoiy munosabatlarda asosan, ikki tomon: xodim va ish 
beruvchi ishtirok etadi. Xodim sifatida mehnat qilish huquqi va muomala 
layoqatiga ega bo`lgan, ya`ni muayyan yoshga yetgan, o`zining jismoniy va aqliy 
qobiliyatiga ko`ra yollanib ishlashi mumkin bo`lgan fuqaro sub`yekt bo`lib 
qatnashadi. Xodimning mehnat huquqi mavqei O`zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi, Mehnat Kodeksi (14,16,20,21,23-moddalar) va boshqa qonunlar 
bilan belgilanadi.
Mehnat munosabatlari sub`yekti sifatida ikkinchi tomondan ish beruvchilar, ya`ni 
fuqarolarni ishga yollashga, ular mehnatini qonun talablari asosida tashkil etishga, 
mehnatga haq to`lashga layoqatli bo`lgan tijorat, tijoratga aloqasiz tashkilotlar, 
muayyan hollarda ayrim fuqarolar qatnashdilar. Ish beruvchining yuridik 
mavqei O`zbekison Respublikasining Konstitutsiyasi, Fuqarolik Kodeksi, Mehnat 
Kodeksi, O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik va tadbirkorlik faoliyati 
erkinliklarining kafolatlari to`g`risida”gi qonuni va qonunchilik hujjatlariga ko`ra 
belgilanadi. Shu o`rinda ta`kidlash lozimki, yuridik shaxs tuzmagan holda 
tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi yakka tadbirkorlar faoliyati o`zlarining shaxsiy 


mehnatlari bilan tadbirkorlik faoliyati olib borishlari mumkin, ya`ni ular yollanma 
mehnatdan foydalanishlari mumkin emas va shu sababli mehnat huquqining 
sub`yekti bo`lolmaydilar.
Mehnat huquqining manbalari. Mehnat huquqining manbalari,bu-sohadagi huquqiy 
munosabatlarga tadbiq etiladigan qonunlar va boshqa qonun hujjatlaridan iborat. 
Shu sababli muayyan hayotiy vaziyatlarga mos keluvchi me`yoriy hujjatlarni tanlay 
bilish, ularni to`g`ri tadbiq etish ko`p jihatdan ushbu mavzuni to`liq o`zlashtirishga, 
talaba mehnat huquqiga oid me`yoriy-huquqiy hujjatlarning turlari, yuridik kuchi va 
ta`sir doirasini to`liq tushunib etganligiga bog`liqdir.
Mehnat huquqining tamoyillari. Ular ikkiga bo`linadi: a) umumhuquqiy; b) 
tarmoqlararo.Umumhuquqiy 
tamoyillar 
O`zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan. Tarmoqlararo tamoyillar esa 
mehnat, tadbirkorlik, ijtimoiy-ta`minot , ma`muriy va boshqa huquq sohalariga oid 
huquq me`yorlarida aks ettirilgan.

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin