«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
Muammo janrining oʻziga xosligini ochib berishda Navoiyning “Mufradot” asari
alohida ahamiyat kasb etadi. Muammoning yechilishiga chalgʻituvni yuzaga
keltirishda tabdil va tarkib umumiylikka tayanadi. Bunda muammoning yechilish
tarkibida maqsad soʻz boʻlmagan holda maʼnoning anglashinuvi, tabdilda esa
yechim sifatida topilgan soʻz, (aslida)harfning mutloq olinmasdan boshqa
mutanosib harflarga almashtirilishiga eʼtiborda boʻlishlik anglashiladi. Bundan
tashqari muammo janri tarkibida raqamli uslub ham mavjud boʻlib, mavjud
muammoning yechimi harflargina sanalmay, maʼlum raqamlarga ham ishorat
boʻlishi mumkin.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Alisher Navoiyning “Mufradot” asari
muammo janrining yaxlit va toʻliq tarkibda bugungi kunga qadar yetib kelishida
asosiy manba sanalib, ushbu janrning ifodalanish shakllari, mavjud muammoning
yechilish unsurlarining oʻziga xosligi bugungi kunda ham ahamiyatlidir.
“Mufradot” asari orqali muammo janrining sintaktik tuzilishi, imkoniyatlari va
qolaversa, janrning oʻziga xosligini jahon adabiyoti muammo janrlariga
mutanosib keluvchi vositalar bilan taqqoslab oʻrganish yuksak ahamiyat kasb
etadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.Qarshiyeva Shohsanam Abdurashidovna “Alisher Navoiy muammolarida shakl
va mazmun masalasi”. Maqola. “The innovator in science – 2022”
2.Yorqinoy Nasriddinova Andijon davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi
“Mufradot”ning fransuzcha talqini
3. www.talab.uz
.
Dostları ilə paylaş: |