18
«Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar: nazariy va amaliy
izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
“MUFRADOT”- MUAMMO JANRİGA BAGʻİSHLANGAN ASAR
Axanova Nazokat Axmedovna
Ajiniyoz nomidagi NDPI Turkiy tillar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyot sirtqi
ta’lim yoʻnalishi 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7543496
ANNOTATSIYA: Ushbu maqola Alisher Navoiyning muammo janriga bag ‘ishlab
yaratilgan “Mufradot’’ asarining o‘ziga xos xususiyatlari hamda ushbu janrning
ifoda shakllari haqida bo ‘lib, yechimning topilishi, harfiy san’atlarning
janrda
tutgan o‘rni haqida fikr yuritilgan.
KALIT SO‘ZLAR: Strukturaviy birlik, tamsiya talmeh, tabdil, yechim
Maʼlumki, bugungi Oʻzbek adabiyoti tarixiy shakllanish bosqichlarini
boshdan kechirgan. Bu borada mumtoz adabiyotimiz
vakillarining jumladan-
Alisher Navoiy hazratlarining oʻrni beqiyosdir, deyish mumkin.Mumtoz adabiyot
namunalarini bugungi kunda ham keng jamoatchilik eʼtiborida boʻlib kelayotgan
ekanligi oʻtgan davr ijodiy salohiyatining yuksak ekanligini bildiradi. “Alisher
Navoiy qoldirgan ulkan adabiy ilmiymerosnafaqato‘zbekadabiyoti, balki,
jahonadabiyotivama’naviy-ma’rifiytaraqqiyotiningkattabirasosinitashkilqiladi”
1
.
Alisher Navoiy qalamiga mansub “Mufradot” asari janrlardan muammo janriga
baʼishlangan asar sanalib, bugungi kunda ham ijtimoiy ham adabiy-ilmiy
jarayonda keng tahsinlarga sazovor boʻlmoqda. A.Navoiy “Mufradot”
asarining
davr va xususiylik, umumiylik tamoyillariga muatanosib yaratilishi adabiyot
sohasi vakillari olamida oʻchmas iz yangʻligʻ jaranglaydi. “Mufradot” asari oʻz
davrining gʻoyat serjilva janrlaridan sanalga muammo janriga atalgan boʻlib, unda
oʻsha davr sheʼriyatini
mukammal tushunish, muammo yaratishning adabiy
qonuniyatlari, muammo janriga xos boʻlgan badiiy sanʼatning turlari va
qolaversa, muammoning yechilish qonuniyatlari yuzasidan nazariy qarashlar oʻz
tasdigʻini topgan. “Mufradot” asari shunchaki umumiy
bir janrga asoslangan
asargina hisoblanib qolmasdan, jahon adabiyotiga muammo janriga muvofiq
keluvchi sanʼatlar bilan oʻxshash
taraflari, farqli jihatlari hamda yaratilish
uslubining turli komponentlardan iborat ekanligi bilan ajralib turadi. Bunda jahon
adabiyotining yashiringan imzo, Anogramma, akrostix
va boshqa nomlar bilan
yuritiluvchi harfiy oʻyinlar sanʼatining tutgan oʻrni haqida turli nazariy qarashlar
yuritilgan. Alisher Navoiyning muammo janriga bagʻishlangan “Mufradot“ asarida
muammoning yechimi sifatida koʻp hollarda arab alifbosiga asoslangan eski
1
Qarshiyeva Shohsanam Abdurashidovna “Alisher Navoiy muammolarida shakl va mazmun masalasi”. Maqola. “The
innovator in science – 2022”