Omon MATJON
104
O‘g‘ri-qaroqchini arzanda tutgan,
Qo‘rqoq qozilardan hazar etgan kim?!
Kunimiz shu-da, deb, har ko‘yda qolgan,
Ko‘ngan, rozilardan hazar etgan kim?!
Kim u, haqsizlikka otilgan g‘azab,
Bu – Mashrab, Mashrab!
Ho‘-ho‘,
kim yiqildi fitnadan nogoh,
Lekin qo‘lidagi haq jomi butun?!
Imoni butundir, sevgisi butun,
Ko‘ngli
butunlarga salomi butun,
O‘lsa ham ketmagan bizlarni tashlab,
Bu – Mashrab, Mashrab!
Ko‘zlar mo‘miyoviy, kim u, mehribon,
Mingbuloq olovi ustida paydo?!
Kim u, Haj yo‘lida
yurtdoshlar bilan
Umidlari kabi kiygan oq rido?!
Kim u, ishq ahlini kuylar ko‘z yoshlab,
Bu – Mashrab, Mashrab!
Necha bor elangay yerda jismlar,
Necha bir evrilgay zamin-u zamon.
Necha o‘zgargaydir rubobda simlar,
Ammo
abadiy nur, abadiy isyon –
Tangriga ham suyuk tashlayolgan gap,
Bu – Mashrab, Mashrab!
www.ziyouz.com kutubxonasi
MAQSUDAM
105
Hali ko‘p uxlarsan, ogoh bo‘l, yurak,
Axiran uyqudir olamning kori.
To ko‘mib
ketmasin yana ming-ming yil
Maydalab yog‘uvchi g‘aflat g‘ubori.
Yur, yur, shamolingdan tumanlar tarqab,
Ey, Mashrab, Mashrab!
Kel, bugun, ey, shoir, gumroh to‘polon,
Turli guruhlardan nifoqni ko‘tar!
Umgani ohista tiklanayotgan
Xalqing-la bu ozod bayroqni ko‘tar!
Suvrating
bir sharaf, ruhing bir sharaf,
Ey, Mashrab, Mashrab!
Dostları ilə paylaş: